Daryo minogsining tuzilishi. Teri qoplagichlari oq skeleti bosh skeleti. To`garak og`izlilar sinfi


Download 19.66 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi19.66 Kb.
#1155094
Bog'liq
Daryo minogasining tuzlishi


Daryo minogsining tuzilishi. Teri qoplagichlari oq skeleti bosh skeleti . To`garak og`izlilar sinfi
REJA
1.To`garak og`izlilar sinfining umumiy tavsifi.
2.To`garak og`izliklar sinfi misolida daryo minogasining tashqi va ichki tuzilishi.
3.To`garak og`izlilarning sistematikasi.
4.To`garak og`izlilarning kelib chiqishi va evolyusiyasi.
Minogalar (Petromyzoniformes) — toʻgarak ogizlilar sinfiga mansub umurtqali hayvonlar turkumi (boshqa sistemaga koʻra, kenja sinfi). Gavdasining uz. 15—100 sm, vazni 3 kg gacha, skeleti togʻaydan iborat. Burun teshigi bitta, boshining yuqori qismida joylashgan, halqumi bilan tutashmagan. Orka suzgichlari 1 yoki 2 ta. Jabra teshiklari tanasi ikki yonida 7 tadan joylashgan. Voronkasimon ogʻzini teri disk oʻrab turadi. Koʻzi rivojlangan. Qon aylanish sistemasi tutash. Yuragi 2 kamerali. 1 oila, 7 urugʻ, 20 dan ortiq turi moʻʼtadil iqlim suvlarida tarqalgan. Chuchuk suvlarda va dengizlarda yashaydi. Suv tubidagi in (chuqurcha)ga 800 tadan 200 mingtagacha tuxum qoʻyib, haloq boʻladi. Lichinkasi 3—4 yil daryoda yashaydi. Oʻtkinchi turlari koʻpayish davrida daryolarga koʻtariladi va 5—6 yil hayot kechiradi. Koʻpchilik turlari yirik baliklar (jumladan, losossimonlar)ning ektoparaziti. Tili va ogʻizoldi diskidagi muguz tishchalari yordamida baliq tanasiga yopishib olib, uning qonini soʻradi; muskullari va ichki organlarini yeydi. M. goʻshti isteʼmol qilinadi. Boltiq dengizi havzasida dengiz minogasi va dare minogasi, Kaspiy dengizi havzasida Kaspiy minogasi; Oq dengiz, Barens dengizi, Oxota, Yapon dengizlari havzalarida tinch okean minogasi tarqalgan. Balikchilikka ziyon keltiradi. Oziq-ovqat sifatida katta ahamiyatga ega emas. Oz miqdorda ovlanadi
Tayansh iboralar: jag`lari, juft suzgich qanotlarining yo`qligi, burun teshigi, jabrasi, daryo minogasining ovqat xazm qilish, nafas olish, qon aylanish, siydik- tanosil sistemasi, skeleti, nerv sistemasi, to`garak og`izlilarni kenja sinflarga bo’linishi, kelib chiqishi, qalkondorlar sefalaspi, pteraspi.
Umurtqali hayvonlarning primitiv gruppasi bo`lib, minoga va miksinlarni o`zi ichiga oladi. To`garak og`izlilarning gavdasi silindirsimon cho`ziq bo`ladi. Terisi yalong’och, shilimshik. Juft suzgich qanotlari bo`lmaydi. Og’zi jag`siz bo`lib, og`iz surg’ichining to’rida joylashadi. Burun teshigi bitta. Xordasi umrbod saqlanadi. Orqа miyasining yon tomonlarida juft tog`ay o`simtalari metamer xolda joylashadi. Bu o`simtalar umurtqalilarning ustki yoylarining kurtagidir.
To`garak og`izlilarning tuzilishini minoga misolida ko`rib chiqamiz.
Tashqi ko’rinishi. Gavdasi uzun ilonga o’xshaydi va uch qismga – bosh, tana va dumga bo`linadi. Boshning oldingi past qismida og`iz oldi voronkasi bor. Og`iz oldi voronkasida shox tishlari bo`ladi. Boshning ikki yon tomonida bir juft ko`zi bo`ladi. Ikki ko`zining orasida toq burun teshigi bor. Boshining ikki yon tomonida yettitadan jabra teshiklari bo`ladi. Orqа tomonida oldingi va keyingi toq orqа suzgich qanotlari hamda dumida toq dum suzgich qanotlari joylashadi. Dum suzgich qanoti birlamshi teng pallali protaserkal tipda bo`ladi. Gavdaning ostida, tana bilan dum quchilgan yerda orqа chiqaruv teshigi va siydik- tanosil o`rnashgan.
Teri qoplagichlar yumshoq bo`lib, unda tashqi skeletning asari ham yo`q. Terisida talaygina bir xujayrali bezlar bor. Skeleti asosan tog`aydan tashkil topgan. O’q skeleti bo`lib umrbod saqlanadigan xolda xizmat qiladi. Xordani va orqа miyani biriktiruvchi to’qimali parda o`rab turadi. Orqа miya kanalining tashqi devorida xordaning chetlari bo`ylab mayda tog`aylarning juft qatori bor. Bu tog`aylar umurtqalar murtagi xisoblanadi.
Bosh skeleti miya qutisi, og`iz oldi voronkasi skeleti va visseral apparat skeletidan iborat.
Miya qutisi bosh miyani ostidan, yonidan va qisman ustidan o`rab oladi. Miya qo`tisining engsa bo’limi taraqqiy etmagan. Miya qutisining tagida asosiy plastinka, oldingi tomonida xidlov kapsulasi, keyingi qismida eshituv kapsulasi joylashadi.
Og`iz oldi voronkasi skeleti faqat to`garak og`izlilarga xosdir. U voronka devorining yuqori va yon tomonlaridan tutib turadigan tog`aylardan tuzilgan.
Visseral skelet jabra qutisidan, stilesimon tog`aydan va ko`z osti yoyidan iborat. Jabra qutisining o`zi tog`ay panjaradan iborat. Jabra qutisiga yurak oldi tog`ayi tegib turadi.
Muskul sistemasi mioseptalar yordamida qator miomerlarga aniq ajralgan.
Nerv sistemasi juda sodda tuzilgan. Bosh miyaga nisbatan kichiq va miyacha uzunshok miyadan ajralmagan, bosh miyaning bo’limlari bitta gorizantal tekislikda joylashgan. Oldingi miya yarim sharlarining tagi targ`il tanadan tuzilgan, ustki yupqa epiteliy bilan qoplangan. Bosh miyadan 10 juft bosh miya nervlari chiqadi.
Orqа miyasi lentasimon shaklda bo`ladi. Orqа miya nervlarining orqа va qorin bo`toqlari boshqa umurtqalilarga qarshi ularoq bir- biri bilan qo`shilib, aralash nerv tanasi xosil qilmaydi.
Sezuv organlari past taraqqiy yetgan. Eshitish organi faqat ichki quloqdan tashkil topgan va unda ikkita yarim doira kanali bor. Ko`zida shox parda rivojlanmaydi. Xid bilish organi toq. Yon chiziq organi teri yo`zasiga joylashgan.
Ovqat xazm qilish organlari og`iz oldi voronkasidan boshlanadi. U og`iz bo’shlig’iga ochiladi. Og`iz bo`shlig`ida shox tishlar va til bo`ladi. Og`iz bo`shlig`idan faqat to`garak og`izlilarga xarakterli ikkita naypastda nafas nayi va ustida qizilo`ngach nayi ketadi. Qizilo`ngach ichakka va ichak anal teshigiga ochiladi. Ichakning ichida xazm qilish yo`zasini kengaytiruvshi spiral klapani bo`ladi. Ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshqozon osti bezi ichakning oldingi past tomonida jigar joylashadi. Oshqozon osti bezi ichakning butun devoriga tarqalgan.
Nafas olish organlari. Yaproqsiz tashqi jabra teshiklari jabra xaltachalariga ochiladi. Jabra xaltachalarining ichki tomonidan yaproqsiz ichki jabra yo’llari ochiladi. Ichki jabra yo’llari nafas nayiga chiqadi. To`garak og`izlilarning jabra xaltachalari va ularning yaproqlari baliqlardan farqli ravishda entodermadan rivojlanadi.
Nafas olishda suv tashqi jabra teshiklaridan jabra xaltachalariga va shu yo’l bilan orqаga qaytib tashqariga chiqib ketadi.
Qon aylanish sistemasi- lansetnikning qon aylanish sistemasi planida tuzilgan. Lekin minogalarda yurak bo’lmasa va yurak qorinchasidan iborat ikki kamerali yurak bor. Yurak qorinchasidan qorinl aortasi chiqadi. Uning har qaysi tomonidan qon olib keluvshi jabra arteriyalari chiqib, jabra oralik to`siqlaridagi jabra yaproqlariga keladi.
Oksidlangan qon olib ketuvshi jabra arteriyalari toq aorta ildiziga yig’iladi. Aorta ildizidan oldingi tomonga qarab gavdaning bosh tomonini qon bilan ta’minlovshi uyqu arteriyasi, keyingi tomonga qarab, butun gavdaning qolgan qismini arterial qon bilan ta’minlovchi orqа aortasi chiqadi. Gavdaning bosh tomonidan venoz qon bir juft kardinal venalarga yig’iladi. Bularning har qaysi mustaqil ravshda vena sinusiga quyiladi. Ichakdan venoz qon–jigar kopka venasiga yig’iladi. Bu yerdan venoz qon jigar venasi nomi bilan vena sinusiga quyiladi. Vena sinusi yurak bo’lmasiga, yurak bo’lmasi esa yurak qorinchasiga ochiladi.
Ayirish organi bir juft mezonefretik buyrakdan iborat. Bu buyrak gavda bo`shlig`ida joylashgan. Buyrakning oldingi chetida bosh buyrak qoldig’i bor. Siydik kanali bo`lib volf kanali xizmat qiladi va siydik tanosil teshigiga ochiladi.
Ko`payish organlari toq bo`ladi. Pishib yetilgan jinsiy xujayralar gavda bo’shlig’iga tushadi va siydik tanosil teshigi orqаli tashqariga chiqariladi, urug’lanish suvda o`tadi.
To`garak og`izlilarning sistematikasi
To`garak og`izlilarning sinfi 2 ta kenja sinfga bo`linadi.
1-kenja sinf- minogalar
Minogalar bitta minogasimonlar turkumini va minogalar oilasini o`z ichiga oladi. Bular dengiz va daryolarda erkin suzib yuradi, chala parazitlik qilib ovqatlanadi. Minogalar ko`pincha baliqlarning gavdasiga yopishib olib, uning qoni va go’shtini suradi. Ko`zlari yaxshi rivojlanmagan. Jabra teshiklari 7 juft bo`lib, har biri mustaqil ravishda tashqariga ochiladi.
Minogalarga vakil qilib, gavdasining uzunligi 1 m gacha boradigan dengiz minogasi, daryo minogalarini olamiz.
2-kenja sinf – miksinalar
Miksinalarning orqа suzgich qanoti yo`q, ko`zlari terisi ostiga yashiringan. Jabra teshiklari 15 juftgasha bo`ladi. Ichki qulog’ida faqat bitta yarim doirali kanali bo`ladi. Jabra teshiklari kanallar xolida borib, teri tagidan bir juft teshik bilan tashqariga ochiladi.
Bu belgilarning hammasi miksinalarning ovqatlanishiga asoslangan, ya’ni miksinlar baliqlarning gavdasi ichiga kirib oladi va ichki organlarini eydi. Shu sababli bular parazit hayvonlar deb ataladilar.
Axamiyati. Minogalar ovqatga ishlatiladi. Rossiyada minogalar, asosan, Volga daryosidan tutiladi. Miksinlar turga tushgan baliqlarni yeb qo’yadi va shu bilan baliqchilikka sezilarli darajada zarar yetkazadi.
Zoirova Vazira
Download 19.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling