Daryo yotqiziqlari va vaqtinchalik oqar suvlar yotqiziqlari
Download 164.99 Kb.
|
Daryo suvlarining geologik ishi, allyuvial yotqiziqlarning hosil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daryo suvlarining geologik ishi, allyuvial yotqiziqlarning hosil bo‘lishi, relef turlari va shakllari
- Daryoning rivojlanish bosqichlari
- Foydalanilgan adabiyotlar
DARYO YOTQIZIQLARI VA VAQTINCHALIK OQAR SUVLAR YOTQIZIQLARI Reja: Daryo suvlarining geologik ishi, allyuvial yotqiziqlarning hosil bo‘lishi, rel'ef turlari va shakllari Daryoning rivojlanish bosqichlari Daryo suvlarining geologik ishi, allyuvial yotqiziqlarning hosil bo‘lishi, rel'ef turlari va shakllari Doimiy oqar daryo suvlari ham o‘zanda vaqtincha oqadigan suvlar bajaradigan ishlarni bajaradi. Daryo suvlari to‘xtamasdan, uzoq vaqt davomida harakatda bo‘ladi. Shu xususiyati bilan vaqtinchalik oqar suvlardan farqlanadi. Vaqtinchalik oqar suvlar ayrim vaqtlardagina - kuchli yomg‘ir yog‘ganda va qorlar eriganda harakatga kelib, ma'lum ishni bajaradi. Yer yuzasiga tushayotgan atmosfera yog‘inlari rel'efning nishabligi bo‘yicha pastlik tomon harakatlanib – jilg‘a, soy, jar va balkalardan chiqib, o‘zaro qo‘shilib, doimiy oqar suvlar – daryo suvlarini hosil qiladi. Yer yuzasida yomg‘ir va qor suvlari hamda ularga qo‘shilgan mayda suv jilg‘alarini o‘z ichiga olgan maydon daryo suvining yig‘ilish havzasi deb ataladi. Daryo o‘zanlarini to‘ldirib oqayotgan suvlar juda katta geologik ishni bajaradi: 1) tog‘ jinslarini yemiradi – daryo eroziyasi sodir bo‘ladi; 2) yemirilgan mahsulotlar ko‘chirilib, oqizib ketiladi – transportirovka bo‘ladi; 3) yemirilgan materiallar cho‘kadi – akkumulyasiya yuzaga keladi. Daryoning erozion faoliyati. Tog‘ jinslariga suvning dinamik ta'siri natijasida eroziya amalga oshadi. Bundan tashqari, daryo suvi oqimi oqizib kelayotgan zarralar, jins bo‘laklari tog‘ jinslarini tirnab parchalaydi, bir vaqtning o‘zida bo‘laklarning o‘zi ham maydalanadi va ular daryo tubini ham yemiradi. Shuningdek, daryo suvlari tog‘ jinslarini eritadi. Eroziya mahsulotlarini ko‘chirib, oqizib ketish har xil usulda: erigan holda; muallaq holda; zarralarni daryo tubida yumalatish va sakratish bilan amalga oshiriladi. Daryo suvi nuragan materiallarning 25-30% ni eritma holida, chang-gilli va mayin qum zarrachalarini muallaq holida oqizadi. Materiallarning oqizib ketilishi suvning oqim tezligiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha kechadi: 0,3 m/s gacha bo‘lganda mayin qumlarni, 0,6 m/s – yirik qumlarni, 1,0 m/s – mayda toshlarni, 1,2 m/s – kattaligi tuxumdekkacha bo‘lgan toshlarni, 2,0 m/s – 10 sm gacha bo‘lgan toshlarni, 2,4 m/s – 20 sm gacha bo‘lgan toshlarni oqizib ketaoladi. Suv oqizadigan tog‘ jinslari bo‘lagining o‘lchami, daryo oqimi tezligining oltinchi darajasiga proporsionaldir, u esa o‘z navbatida o‘zanning ko‘ndalang qiyaligiga proporsionaldir. Shuning uchun tog‘ daryolari diametri bir necha metr bo‘lgan xarsang toshlarni yumalatib, oqizadi. Ma'lum sharoitlarda (daryo o‘zanlari qiyaligi juda kichik bo‘lganda) suvlar tarkibidagi bo‘lakchalar va zarrachalar cho‘kadi va yotqiziqlar hosil qiladi. Bunday yotqiziqlar allyuvial yotqiziqlar deb ataladi. Daryo suvlarining erozion va akkumulyativ faoliyati suv massasiga, oqim tezligi va harakatlanish yo‘siniga, o‘zanning nishabligiga, uning tor yoki kengligiga, toshqin suvlar hajmiga, o‘zandagi va qirg‘oqdagi jinslarning mustahkamligiga va boshqalarga bog‘liq. Eroziya natijasida tub jinslar o‘yilib, chuqur daralar yoki daryo vodiysi hosil bo‘ladi. Vodiy kesimining holati, daryo suvining erozion faoliyatiga - eroziya bazisiga bog‘liq. Eroziya bazisi deb daryo kelib quyiladigan dengiz, ko‘l yoki boshqa suv havzasining sathi tushuniladi. Yuvilish doimo suv havzasi sathigacha davom etadi. Masalan, Amudaryoning Orol dengiziga quyilish joyi uning asosiy eroziya bazisidir. Shuningdek, mahalliy eroziya bazisi ham keng tarqalgan. Ularga oqimning bo‘ylama kesimining ilon izi ko‘rinishida egilib-bukilib oqishi misol bo‘laoladi. Tog‘lik va tog‘oldi maydonlaridagi suvi oqib chiqadigan ko‘llar suvi sathi ularga quyiladigan daryolar uchun mahalliy eroziya bazisi hisoblanadi. Eroziya natijasida suv oqizib ketgan material yonbag‘irlik etagida yotqiziladi. Agar ushbu material quruqlikda yotqizilsa, rel'efning qiya holatidagi akkumulyativ shakli – yoyilma konusi shakllanadi, agar dengiz yoki ko‘lga yotqizilsa, suvning quyilish joyida del'ta hosil bo‘ladi. Daryo vodiysining o‘yilib chuqurlashishi uch bosqichda sodir bo‘ladi. Birinchi bosqichda daryoning tubi katta nishablikka, oqimi esa katta tezlikka ega bo‘ladi, bunday holatda o‘zan tubi eroziyasi jadal rivojlanadi. Oldin chuqurligi 0,5-1 m, kengligi 1-2 m li ariqchalar, keyinchalik esa suv o‘zanni o‘yishi, yemirishi va o‘pirishi natijasida uzunligi bir necha kilometr, eni 10-30 m, chuqurligi 20-30 m ga yetadigan jarliklar hosil bo‘ladi. Suv tarkibidagi zarralarning ko‘pgina qismi dengiz havzasiga oqib boradi. Bu bosqichda tog‘ daryolari, ya'ni yosh daryolar rivojlanadi. O‘zan maksimal chuqurlikka yaqinlashgan sari, daryo o‘zining oxirgi rivojlanish bosqichiga o‘ta boshlaydi. Daryoning katta qismining nishabligi kichik bo‘ladi, suv oqimi tezligi pasayadi. Asta-sekin o‘zanning muvozanati paydo bo‘la boshlaydi. Bundan keyin daryo tubi eroziyasi yon eroziya bilan almashinadi, daryo o‘zining qirg‘oqlarini yemira boshlaydi. Vodiylar keng, sokin qiyali bo‘ladi. Chaqiq materiallarning asosiy qismi o‘zanga cho‘kadi, daryo sayozlanadi. Daryoning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi yer po‘stining tektonik harakati natijasida buziladi, chunki bunday harakatlar ta'sirida daryoning eroziya bazisi yoki boshlanish qismi joylashgan maydonlarning balandligi o‘zgaradi. Eroziya bazisining pastga tushishi yoki boshlanish qismining ko‘tarilishi, daryo tubi eroziyasining qayta tiklanishiga olib keladi. Vodiylar yana chuqurlashadi va daryoning rivojlanish bosqichlari qaytariladi. Eroziya bazisining ko‘tarilishi yoki daryoning boshlanish qismining pasayishi oqim tezligini susaytiradi, vodiylarda yotqiziqlar akkumulyasiyasi kuchayadi. Daryo tez “qariy” boshlaydi. Daryo vodiysining tuzilishi. Daryo vodiylari tuzilishi, shakli, o‘lchami bo‘yicha xilma-xildir. Buni uning ko‘ndalang kesmida yaqqol ko‘rish mumkin. Vodiylar simmetrik va asimmetrik bo‘ladi (6.9-rasm). Asimmetrik vodiylar Yerning aylanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqimi meridional yo‘nalishda bo‘lgan tekislikda oquvchi daryolarga (yoki uning ma'lum qismiga) xosdir. Topografik xaritalarda daryo vodiysining asimmetriyasi va suv ayirg‘ichi aniq ifodalanishi kerak. Buning uchun gorizontallar va maxsus shartli belgilardan foydalaniladi. (1-ilova, 37). Daryo vodiylari quyidagi elementlardan iborat: vodiy tubi, o‘zani, poymasi (qayiri) va terrasalar (6.10-rasm). Vodiy tubi ikki yonbag‘irlar tagida joylashgan vodiyning eng past qismidan iborat. O‘zan - vodiyning suv oqimi joylashgan qismi. Oqimning ko‘ndalang kesimi uning ochiq qismi deyiladi. Xulosa: Daryoning rivojlanish bosqichlarining ketma-ketligi yer po‘stining tektonik harakati natijasida buziladi, chunki bunday harakatlar ta'sirida daryoning eroziya bazisi yoki boshlanish qismi joylashgan maydonlarning balandligi o‘zgaradi. Eroziya bazisining pastga tushishi yoki boshlanish qismining ko‘tarilishi, daryo tubi eroziyasining qayta tiklanishiga olib keladi. Vodiylar yana chuqurlashadi va daryoning rivojlanish bosqichlari qaytariladi. Eroziya bazisining ko‘tarilishi yoki daryoning boshlanish qismining pasayishi oqim tezligini susaytiradi, vodiylarda yotqiziqlar akkumulyasiyasi kuchayadi. Daryo tez “qariy” boshlaydi. Daryo vodiysining tuzilishi. Daryo vodiylari tuzilishi, shakli, o‘lchami bo‘yicha xilma-xildir. Buni uning ko‘ndalang kesmida yaqqol ko‘rish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya T., «Ukituvchi» 1971 yil. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat nashriyoti,T., 1960. «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958. Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo «Vo`sshaya shkola», M-1980. Download 164.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling