MARVARID
Daryodin oqib kelodi shoda-shoda marvarid,
Ro`paramda o`tirar qoshi qaro, barno yigit,
Qoshi qaro barno yigit.
Qoshi qaro, barno yigit, hargiz ololmaysan meni,
Kokilim qimmatbaho, tashlab ketolmaysan meni,
Tashlab ketolmaysan meni.
Tog`dagi barra giyohdek qoshlaringdan aylanay,
Bog`dagi barra giyohdek qoshlaringdan o`rgilay.
Yangi chiqqan maysadek kipriklaringdan aylanay,
Kipriklaringdan o`rgilay.
Silkinib turgan kiyikdek bo`ylaringdan aylanay,
Silkinib turgan kiyikdek bo`ylaringdan o`rgilay.
Oppoq-oppoq marvariddek tishlaringdan aylanay,
Tishlaringdan o`rgilay.
Oppoq-oppoq marvariddek tishlaringdan aylanay,
Tishlaringdan o`rgilay, o-o.
Do'stlaringiz bilan baham: |