Daryolar suv rejimining elementlari


Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash


Download 23.33 Kb.
bet4/4
Sana18.12.2022
Hajmi23.33 Kb.
#1031138
1   2   3   4
Bog'liq
Daryolar suv rejimining elementlari

Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra tasniflash
Daryolarni suv rejimi davrlariga ko’ra guruhlarga ajratish, ya’ni tasniflash muhim ilmiy va amaliy aha­miyatga ega. Sobiq ittifoq daryolari suv rejimi xusu­siyatlarini o’rganish asosida B.D.Zaykov shu hududdagi daryolarning tasnifini ishlab chiqdi. U o’rganilayotgan hu­duddagi barcha daryolarni, tabiiy yoki sun’iy ravishda bosh­qarilgan daryolarni hisobga olmagan holda, quyidagi 3 ta asosiy guruhga bo’ldi:
a) to’linsuv davri bahorda kuzatiladigan daryolar;
b) to’linsuv davri yozda kuzatiladigan daryolar;
v) toshqinli suv rejimiga ega bo’lgan daryolar.
O’rganilayotgan hududda to’linsuv davri bahorda kuzati­ladigan daryolar ko’pchilikni tashkil etadi. Тo’linsuv dav­rining xususiyatlariga va suv sarfi hamda suv sathi re­jimlarining boshqa davrlardagi o’zgarishlariga bog’liq holda bu guruhdagi daryolar beshta turga bo’linadi: Qozo­g’iston, Sharqiy Yevropa, Ғarbiy Sibir, Sharqiy Sibir va Oltoy turlari.
Sinov savollari:
1. Daryolar suv rejimining elementlarini aytib be­ring.
2. Daryolarda suv sathini o’lchash ishlari qanday amalga oshiriladi?
3. Daryolarning suv sathi rejimiga qanday omillar ta’sir etadi?
4. Suv sathini kuzatish ma’lumotlarining amaliy ahamiyatini yoritib bering.
5. Daryolar suv rejimining yillik o’zgarishini qanday davrlarga ajratish mumkin?
6. Тo’linsuv davriga ta’rif bering.
7. Daryolarning, suv rejimi davrlariga ko’ra, qanday tasniflarini bilasiz?
Download 23.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling