Dastgohlar tuzilishining shartli


Download 0.95 Mb.
bet1/2
Sana17.02.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1207201
  1   2
Bog'liq
csdvwe






Reja:
1. DASTGOHLAR TUZILISHINING SHARTLI BELGILARI.
2. KONSTRUKTIV ELEMENTLARI
3. ASOSIY VA YORDAMCHI QISMLARI.

DASTGOHLAR TUZILISHINING SHARTLI BELGILARI. KONSTRUKTIV ELEMENTLARI. ASOSIY VA YORDAMCHI QISMLARI.

Aylanadigan jismlar shaklidagi (silindrsimon, konussimon, sharsimon va boshqa sirti murakkab) detallar tokarlik dastgohlarida ishlov berib tayyorlanadi.


Mamlakatimiz sanoatida markazli, lobovoy va markazsiz tokarlik dastgohlari ishlab chiqariladi.
Markazli dastgohlarda diametri nisbatan kichik uzun detallar yasaladi. Bunda zagotovkani oldingi va ketingi babkalarning mar-kazlari orasiga mahkamlab qо‘yiladi.
Lobovoy dastgohlarda anchagina katta yassi detallar tayyorlanadi va ularni oldingi babkaning planshaybasiga о‘rnatiladi; bunday dastgohda ketingi babka bо‘lmaydi.
Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohining asosiy uzellari 1-rasmda Tasvirlangan: 1 - asos; 2- elektrodvigatel; 3- stanina; 4- tasmali uzatmaning tо‘sig‘i; 5- magaitli ishga tushirgan; 6- alohida yoritgich; 7- oldingi babka; 8- planshaybali shpindel; 9- tirgak; 10- ketingi babka; 11- shaffof himoya ekrani.



1-rasm.STD-120 m modelidagi yog‘ochga ishlov berish tokarlik dastgohining tuzilishi.



2-rasm. Oldingibabkaningtuzilishi.

Корвет-71 (Россия )JET(Швейцария)

Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohi1


Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohining asosiy qismi yо‘naltirgachli stanina bо‘lib, u ikkita tayanch panjalarga о‘rnatiladi. Staninaga oldingi va ketingi babka xamda tutgichli g‘aladon joylashgan. Ishchi msxanizmlar himoya ekrani bilan о‘ralgan qirqish zonasini (ish maydonini) hosil qiladi.
Staninaning tayanch panjalari maxsus yog‘och asosga mustahkamlangan, uning chap tomonida dastgohning elektrodvigateldan iborat elektromexanik yuritmasi bо‘lib, u ikki pogonali shkivga, shkiv esa tokarlik dastgohining oldingi babkasidagi shpindelga mustahkamlanadi.
Oldingi babka (2-rasm): korpus 1, shpindel 2, ikki pogonali shkiv 3, ponasimon tasma 4, sharchali podshipnik 5, qotirgich bolt 6 dan tuzilgan. Shpindelning oldingi uchiga zagotovkani mahkamlash uchun turli moslamalar burab qо‘yiladi (3-rasm, a -trezubets, b - patron).
Oldingi babka zagotovkaning mustaxkamlanishi va aylanma harakatini ta’minlash uchun xizmat qiladi.



3-rasm. Zagotovkani mustahkamlash moslamalari: a - trezubets; b - patron.




Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling