Dastlabki muzeylar tarixi
Download 493.13 Kb. Pdf ko'rish
|
dastlabki-muzeylar-tarixi
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1255 Uygʻonish davriga toʻgʻri keladi. Bu davrda xayvonot va oʻsimlik dunyosi namunalari, minerallar, geodeziya va astronomiya asboblari, etnografik ahamiyatga ega narsalar to'plangan. Tabiiy, ilmiy, etnografiya va tarixiy, badiiy, noyob narsalar jamlangan saroy toʻplamlari shuxrat qozongan. Dastlab muzey va ular haqidagi tavsiflar, shuningdek, muzeyshunoslik haqidagi nazariy asarlar ham shu davrda paydo boʻldi. Florensiya, Rim, Drezden va boshqa joylardagi antik davr yodgorliklari toʻplamlari shu davrga mansub. 17—18-asrlarda keyinchalik koʻplar davlat milliy muzeylari negizini tashkil qilgan tarixiy, arxeologik, tabiatshunoslik, sanʼatshunoslikka oid bo'lan shaxsiy toʻplamlar shakllandi. 4 MUHOKAMA Noyob buyumlar, san'at asarlari, bejirim va nafis go'zalliklar hamma davrlarda ham insoniyatni o'ziga rom etgani shubhasiz, albatta. Ammo yuqoridagi savolimizga aynan javob hali ochilgani yo'q. Ho'sh, bugun tarixni o'rganishning muhim va ajralmas bo'lagiga aylangan muzeylarning dastlabkisi qachon va qayerda tashkil etilgan? Butun dunyoda birinchi Museyon ya'ni ma'bud - yoki muzalar, ilhom parilarining uyi miloddan avvalgi 290 yilda paydo bo'lgan deb hisoblanadi. Makedoniyalik Aleksandrning sarkardalari va vorislaridan biri Ptolomey I dastlabki muzeyning tashkilotchisi sifatida e'tirof etiladi. Manbalarga ko'ra ungacha ham «muzalar uyi» ibodatxonalari mavjud bo'lgan bo'lishi mumkin, ammo Iskandariya ibodatxonasi muzeylar tarixining tamal toshini qo'yishda muhim ahamiyat kasb etadi deya hisoblanadi. Shu o'rinda ayrim muzalarning faoliyat turlariga e'tiboringizni qaratmoqchimiz: Kalliope - epik she'riyatga homiylik qiladi, Erato – muhabbat, Euterpe – lirika va shu bilan birga musiqa, Melpomene – fojia, Talia – komediya, Polygymnia - madhiyalar va pantomima, Terpsichore – raqslar, Clio – tarix, Uraniya – astronomiya, v.b. Guvohi bo'ldikki, ilhom parilarining faqatgina bir nechtasi ilm-fanga taaluqli. Qolgan ko’pchilik qismi esa san’at va madaniyat homiylari. Shu o'rinda qadimgi yunonlar hayotida san'atning tutgan roli qanchalik katta bo'lgani yana bir karra yodimizga tushadi va o’z - o’zidan Ptolomey museyonida ham san’at yuqori o’ringa qo’yilgandir, degan fikr tug’iladi. Ammo, bu unchalik ham haqiqatga yaqin emas. Ptolomey tomonidan yaratilgan muassasa aniq ilmiy faoliyat turlarini qo’llab – quvvatlovchi “ilmiy tashkilot” ga aylanadi. Ptolomey muzeyi yonida Botanika bog'i, hayvonot bog'i va hatto anatomik tadqiqotlar o'tkazilgan «ilmiy markaz» afsonaviy Iskandariya kutubxonasi bilan birlashtirilgan. Bu yerda faoliyat ko'rsatgan ilmiy hodimlardan sizga yaxshi tanishlari, albatta Arximed va Yevkliddir. Hodimlar bu yerda davlat homiyligi ostiga olingan. 4 https://present5.com/muzei-mira-muzej-v-perevode-s/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling