Dastlabki muzeylar tarixi
Download 493.13 Kb. Pdf ko'rish
|
dastlabki-muzeylar-tarixi
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1256 Museyon faoliyati bilan birgalikda hodimlar ta'minoti bilan maxsus tayinlangan kohin shug'ullanar edi. NATIJA Ptolomey museyoniga begonalarning kirishi mutlaqo ta'qiqlanar edi. Ilmiy izlanishlarga aralashishga hammaning ham salohiyati yetavermas edi. Taqdir charxpalagi bu ilmiy markazga Yunonistonni zabt etishga oshiqqan rimliklarni olib keldi. Dastlab ular «Yopiq eshiklar ortida »yaratilgan ilmiy izlanishlarni tom ma'noda davom ettirishga urinishdi. Bu yerni o'ziga hos «universitet»ga aylantirishdi. Ammo, davrlar o'tishi bilan yangi qarashlarga to'la xristianlik ta'limotlariga singib ketgan rimliklar «butparastlikka asoslangan» deb topilgan asarlarni yo'q qilishga kirishdilar. Shunday qilib bu ilmiy boyliklardan bizgacha deyarli hech nima yetib kelmadi. Ammo, Ptolomey museyoni bugungi kun muzeylari va ko'rgazmalari bilan uzviy bog'liq ekanligi endi bizga sir emas. Ayniqsa bunda zabt etilgan o’lkalardan talon-taroj qilingan boyliklar namoyish etiluvchi maxsus zallarning mavjud bo'lgani, ushbu muassasaning hozirgi galereyalar ajdodi ekaniga yana bir isbot bo'la oladi. Qolaversa, ko'rkam, serhasham va katta hajmga ega ajoyibotlarning kichik nusxalaridan iborat ko'rgazmalarning tarixi ham aynan Yunonlarga borib taqaladi. Manbalarga ko'ra, II asrda imperator Adrian o'zining xonadonlarida Misr haykallari nusxalari uchun maxsus galereyalar qurishni buyurgan, va tashkil etilgan ko'rgazmalar kishini hayratga solishi shubhasiz edi. Balki Misr ajoyibotlarining hajmi ularning aslini olib kelishga noqulaylik tug'dirgani bois ularning modellarini yaratishga buyruq berilgandir…Bunisi esa bizga qorong'u... Yunonlarning yorqin misollaridan so'ng keyingi davrlar bizga muzeylar haqida qimmatli faktlar hadya etmaydi. Faqatgina XV asrga kelib Lorenzo Medichi Florentsiyada Haykallar galereyasini tashkil etadi. Hukmdor o'z uyiga olimlarni, haykaltarosh va rassomlarni taklif qilib, kutubxona tashkil etadi. Hammasi huddi qadimgi Yunonistondagi kabi, davlat hisobidan amalga oshiriladi. Yunonlar «tajribasi ommalashishda» davom etdi. Keyinchalik Yevropada fransuz tilidan «qo'shni xona» deb tarjima qilinadigan “kabinetlar” tarqaladi. Ularda rimliklar singari olijanob odamlar qo'shnilarini har xil noyob mo''jizalar bilan ajablantiradilar. Odatda bu mo’jizalarning deyarli barchasi boshqa davlatlardan “olib kelingan” bo’lar edi. Shu o’rinda, V.I.Leninning Britaniya muzeyini " Angliya tomonidan mustamlaka mamlakatlaridan talon-taroj qilingan ulkan boyliklarning to'planishi" deb deya ta’riflanishi ham bejiz emas edi. Aynan Britaniya muzeyi 1759 yilda muzeylar tarixida birinchi bo’lib tomoshabinlar uchun “o’z eshiklarini ochgan” edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling