Dastur, ilm-fanning dolzarb muammolari, hamda iqtisodiyotimizni yanada
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
05 09 07 Гидравлика ва муҳандислик гидрологияси 2
KIRISH Dastur, ilm-fanning dolzarb muammolari, hamda iqtisodiyotimizni yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish, ishlab-chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish, rivojlanishning innovatsion harakterda bо‘lishi ta’minlash maqsadida О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha harakatlar strategiyasi tо‘g‘risida”gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son, “О‘zbekiston Respublikasi suv xо‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mо‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 2020 yil 10 iyundagi PF-6024-son, “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 2020 yil 29 oktabrdagi PF- 6097-sonli Farmonlari va “Qishloq va suv xо‘jaligi tarmoqlari uchun muhandis- texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 2017 yil 24 maydagi PQ–3003-son, “Oliy va о‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2019 yil 11 iyuldagi PQ–4391-sonli qarorlarida belgilangan va shu bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi VM-304-sonli qarorida belgilangan vazifalar asosida tuzilgan. 1. Ixtisoslik fanlarining maqsad va vazifalari Maqsadi: gidrotexnik inshootlar, gidromeliorativ tizimlar gidravlikasi va ularni hisoblash uslublarining hamda daryo о‘zanida, suv omborlarida yuzaga keladigan jarayonlar va ularni bashoratlash qonuniyatlari va hisoblash uslublarining nazariy va amaliy asoslari, ilmiy-tadqiqot ishlari bо‘yicha kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir. Vazifasi: bо‘lajak oliy malakali kadrlarga gidrotexnik inshootlar va gidromeliorativ tizimlarning iqtisodiy, ekologik qulay konstruksiyalarining gidravlik hisobini takomillashtirish, loyihalash, qurish, ishlatish va ta’mirlash, suv о‘lchash va taqsimlash inshootlarini, texnika va texnologiyalarni takomillashtirish va ulardan foydalanish yо‘nalishlarida ilmiy izlanishlar olib borish turlari va uslubiyotlarini о‘rgatishdan iborat. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling