Dastur, ilm-fanning dolzarb muammolari, hamda iqtisodiyotimizni yanada


 Ixtisoslik fanlarining ishlab chiqarishdagi о‘rni


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana22.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1222102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
05 09 07 Гидравлика ва муҳандислик гидрологияси 2

2. Ixtisoslik fanlarining ishlab chiqarishdagi о‘rni 
Ixtisoslik fanlarining ishlab chiqarishdagi о‘rni gidrotexnik inshootlar
gidromeliorativ tizimlar gidravlik va gidrologik hisobini takomillashtirish va 
sug‘orish tarmoqlarini kompleks rekonstruksiya qilish, suv tejamkor texnika va 
texnologiyalar gidravlik hisobini takomillashtirish usullarini, gidromeliorativ 
tizimlarni va gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish 
texnologiyalarini tanlash va tadbiq qilish, suv resurslarini boshqarish va ulardan 
kompleks, samarali foydalanish masalalarini о‘rganish bilan belgilanadi.
 
Fan mazmuni 
Umumiy tushunchalar 
Gidravlika fanining mazmuni. Gidravlika fanining qisqacha tarixi va uning 
asoschilari. Fizik kattaliklarning о‘lchov birliklar tizimi. Xalqaro birlik tizimi. 


Suyuqlik va uning fizik xossalari. Ideal va real suyuqliklar. Real suyuqliklarning 
asosiy fizik xossalari. Qovushqoqlik. Suyuqlikka ta’sir etuvchi kuchlar. 
Gidrostatika 
Gidrostatik bosim va uning xossalari. Tinch holatdagi suyuqlikning asosiy 
differensial tenglamasi (L.Eyler tenglamasi). Gidrostatikaning asosiy tenglamasi. 
Tinch holatdagi suyuqlikning differensial tenglamasini integrallash. Faqat hajmiy 
kuchlardan biri – og‘irlik kuchi ta’sirida bо‘lgan tinch holatdagi suyuqlikdagi 
gidrostatik bosim. Bosimni о‘lchash asboblari. Manometrik va vakuummetrik 
bosim tushunchalari. Suv va simob bilan ishlaydigan asboblar. B.Paskal qonuni va 
uning amalda qо‘llanilishi. 
Gidrostatik bosim kuchining tekis sirt yuzasiga ta’siri. Gidrostatik bosim 
markazi. Bosim kuchining qо‘yilish nuqtasi. Suyuqlik bosimining idish tubiga 
ta’siri. Tо‘g‘ri tо‘rtburchakli devorga ta’sir etuvchi gidrostatik bosimni aniqlashda 
grafoanalitik usul. Gidrostatik bosim kuchining tekis tо‘g‘ri tо‘rtburchakli devorga 
ta’siri. Gidrostatik paradoks. Suyuqlikning silindrik yuzaga bosimi. Gidrostatik 
bosimning epyurasi. Suyuqlik bosim kuchini aniqlashda umumiy uslubiy 
kо‘rsatma. Suyuqlik bosim kuchining egri (notekis) yuzalarga ta’sirini aniqlashda 
amaliyotda uchraydigan holatlar.
Suyuqlikda jismlarning suzish qonuni. Arximed qonuni. Jismlarning chо‘kish 
chuqurligi va uni siqib chiqargan suv hajmi. Suyuqlikda suzayotgan jismning 
chayqalmaslik sharti. Metomarkaz. Suyuqlikda suzayotgan jismning muvozanat 
holati. Mustahkam va nomustahkam muvozanat. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling