"Dasturchilik" bu kelajak kasbi Annotatsiya


Download 17.86 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi17.86 Kb.
#1134406
Bog'liq
Najatova Zuhra Damirovna


Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy unversiteti,
Xorijiy filologiya, Xorijiy til va adabiyot yo’nalishi
talabasi Najotova Zuhra Damir qizi
E-mail: najatovazuxra@gmail.com

"Dasturchilik" bu kelajak kasbi
Annotatsiya: Ushbu maqola Hozirda Axborot texnologiyalari kundan kunga jaddalashib borayotgan 21 asrning eng zamonaviy va serdaromad sohaga aylanayotgan Dasturlash kasbi, Uning turlari, Nafaqat O'zbekistonda balki butun dunyoda IT sohasining taraqqiyoti va hozirgi kunda unga bo'lgan talabning judayam yuqori choʻqqida ekanligi, nima uchun bu sohaga yuqori darajada e'tibor qaratilayotganligiga bagʻishlangan.


Kalit soʻzlar: Eng talabgor va zamonaviy kasblar, Grafik dizayn, Dasturlash, SMM menejerlik, 3D modeling,O'zbekistonda qaysi dasturlash tili kerakliroq, Eng mashhur dasturchilar.

Kirish qism


Hozirgi Yangiliklar dunyosi ya'ni zamonaviy texnologiyalar soat sayin jadallik bilan rivojlanayotgan asr hayotimizning har bir sohalariga oʻz taʼsirini koʻrsatmasdan qolmayabdi. Ayniqsa, bu zamonaviy mehnat bozorida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Zamonaviy kasblar bozori dinamik ravishda o'zgarib turishi va oʻsha bozorda paydo bo'ladigan ehtiyojlarga toʻlaqonli ravishda uygʻunlashib ketishi kerak. Agar eʼtibor etadigan boʻlsak, soʻnggi yillarda zamon talabi bilan yangicha va zamonaviy kasblar vujudga kelmoqda, insonlardan ularni qo'llash uchun yangi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishni talab qiladi. Bu ushbu ishni bajarish uchun zarur bo'lgan darajaga mos kelish zarurati bilan bog'liq.Kasbning roli zamonaviy jamiyat sifat o'zgarishlariga uchradi, endi u faqat manba emas barqaror daromad. Bu oʻz navbatida butun dunyoning taraqqiyoti tendentsiyasidir. Yangi yangi kashfiyotlar qilinmoqda, yanada ilg'or asboblar va jihozlar yaratilmoqda, ijtimoiy va siyosiy tizim o'zgarib bormoqda. Bu o'zgarishlar va innovatsiyalar mehnat bozoriga ham o'z ta'sirini sezilarli darajada koʻrsatadi. Shuning uchun, bunday o'zgarishlardan so'ng, ish va nomzodga qo'yiladigan talablar ham o'zgaradi. Endi abituriyentning kasbiy mahoratini tavsiflashda siz ko'pincha xushmuomalalik , stressga chidamlilik yoki analitik aql kabi soʻzlarni koʻrishingiz mumkin. 21-asr inson uchun o'z shartlarini belgilaydi. Mehnat bozoridagi zamonaviy kasblar ish jarayoniga yangicha yondashuvni talab qiladi. Rivojlangan kompyuter tarmog'i barcha chegaralarni yoʻq qilib tashladi. Endi siz bir mamlakatda istiqomat qilib turib, onlayn ya'ni masofaviy ishlab yaxshigina daromad topishingiz mumkin. Odamlar uyidan chiqmagan holda o'zi qiziqqan va ishtiyoqi baland boʻlgan kasb bilan shug'ullanishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, bajarilayotgan ishlar sifati va samaradorligi ham yuqori darajaga chiqadi va talabga javob bera oladi. Bunday bandlik dizaynerlar, dasturchilar, treyderlar, veb-ishlab chiquvchilar uchun juda mos keladi. 21-asr iste'mol asri, shuning uchun iste'mol jamiyati koʻplab zamonaviy kasblarni paydo boʻlishiga zamin yaratdi.
Download 17.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling