Dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 57.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana04.11.2023
Hajmi57.84 Kb.
#1747481
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
boshlangich-sinf-oquvchilarini-pirls-xalqaro-baholash-dasturi-tizimiga-tayyorlash-jarayonini-takomillashtirish-masalalari

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 444 www.ares.uz 
KIRISH 
So„nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida 
ulkan iqtisodiy o„sish ko„rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali 
kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo„lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o„z-o„zidan 
o„quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o„qituvchilarning har 
tomonlama ta‟lim- tarbiyaga e‟tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta‟lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat 
xorijiy davlatlardagi kabi ta‟lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring 
qilish orqali ta‟lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg„or tajribalarni sohaga jalb qilish 
kerakligini anglatadi. Ta‟lim sifati va samaradorligini oshirish yo„lida xorijiy
ilg„or tajribalarni o„rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim 
ahamiyatga ega.

 
ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA 
 
Respublikamizda qo„yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta‟limi tizimida 
ta‟lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to„g„risida 
hukumat qarorining qabul qilinishi Ta‟lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasidek (IEA-International Association for the Evaluation of
Educational Achiyevement) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining
yo„lga qo„yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
IEA(Talim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi) tashkiloti 
tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarning aksariyati o„quvchilarning akademik 
faoliyatini bir yoki bir nechta fanlardan yoki fanlararo uyg„unlik asosida baholashni 
o„z ichiga oladi, bu esa dunyo bo„yicha umumiy va har bir mamlakat kesimida
ta‟lim jarayonlarini chuqur tahlil qilishga yordam beradi.
O„quvchilarning erishgan yutuqlarini o„rganishda barcha o„quvchilardan
emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o„quvchilardan
obyektiv testlarni o„tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari,
o„qituvchilar, o„quvchilar, hattoki ota-onalardan so„rovnomalar o„tkazilib,
maktabdagi ta‟lim sifatiga ta‟sir ko„rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari,
o„quvchilarning ta‟lim olishga oid qarashlari, o„qitish usullari hamda uy sharoitida
o„quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo„llab-quvvatlanayotganligiga
doir qimmatli ma‟lumotlar to„planadi.
Ushbu tadqiqotlar yuqori texnik va ilmiy talablar asosida o„tkaziladi. 
Shuningdek, o„rganilayotgan holatlarning xususiyatidan kelib chiqib, amaliy
tadqiqotlar bilan birga kuzatuv kabi samarali usullardan ham foydalaniladi.



Download 57.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling