Дастурий таминот


Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari


Download 0.62 Mb.
bet3/19
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1459092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta’minotning roli

Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.

SHAXSIY KOMPYUTERLARNING SISTEMAVIY DASTURIY TA’MINOTI


Sistemaviy dasturiy ta’minoti kompyuterning ishlashi uchun zarur programmalar bo’lib, u kompyuterning ishlashini boshqaradi, uning turli qurilmalari orasida muloqotni tashkil qiladi. Sistemaviy dasturiy ta’minot (SDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
— kompyuterning va kompyuterlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
— kompyuter va kompyuterlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Sistemaviy dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan — asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) — bu, komPyuTer ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to’plamidan iborat.
Ularga quyidagilar kiradi:
operasion tizim;
tarmoq operasion tizimi.
Yordamchi(xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompoterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Shunday qilib, sisTemaviy dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.


Operatsion tizim kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi sistema programmalarining yadrosi operatsion sistemalardir. Operatsion sistema foydalanuvchi va kompyuter orasida bevosita muloqot o’rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta'minlovchi programmalardir.


Hozirgi paytda turli operatsion sistemalar mavjud. Masalan: UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, MACINTOCH va boshqalar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi programmalar mavjud. Ular programma utilitlari deb atalib, yordamchi amallarni bajarib, kompyuter ishlashini qulaylovchi programmalardir.
Programmalar odatda magnit yuritgichlarda joylashgan bo’ladi. Ammo operatsion sistemalar va u bilan bog’liq programmalar ancha katta hajmga ega bo’lgani tufayli keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba'zi bir sistemali programmalar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy sistema programmalari (ular BIOS (Basa Input Output System)) deb ataladi va to’g’ridan-to’g’ri kompyuterning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo’ladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling