Дастурий таминот


Download 0.62 Mb.
bet4/19
Sana14.05.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1459092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Amaliy dasturiy ta’minotning roli

Operatsion sistema. Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixi. Sakkiz razradli shaxsiy kompyuterlar uchun yaratilgan birinchi operatsion sistema CP/M-80 (Control Programm for Microcomputers, ya'ni mikrokompyuterlar uchun boshqaruvchi programmalar) nom bilan tanilgan. Uning muallifi Digital Research kompaniyasining prezidenti Geri Kildell bo’lgan.
16 razradli yangi kompyuterlar yaratish g’oyasini programmalar yaratuvchi Microsoft kompaniyasining asoschisi va prezidenti, multimilliarder Bill Geyts ilgari surgan. U IBM firmasi bilan hamkorlikda ishlashga rozi bo’ladi.
Bill Geyts va Pol Allen BASIC programmalash tili uchun tarjimon programma yozishdi va u IBM firmasining MITS Altair kompyuteriga moslashtirildi. Shundan so’ng 16 razradli kompyuterlar uchun operatsion sistemalar yaratish jadallashdi va 1981 yilda shaxsiy kompyuterlar uchun birinchi yaratilgan CP/M operatsion sistemasining ko’p g’oyalarini o’zida mujassamlashtirgan MS DOS (Microsoft Disk Operation System - Maykrosoft diskli opreatsion sistemasi) operatsion sistemasi 1.08.1981 yil avgust oyida paydo bo’ldi.
MS DOS 64 K bayt xotiraga ega bo’lgan kompyuterlarga mo’ljallangan bo’lib, o’zi 8 K bayt xotirani egallar edi. o’sha paytda yetarli deb hisoblangan bunday kompyuter xotirasi hozirgi paytda bir “o’yinchoqqa” aylandi. Chunki hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlarining xotirasi bir necha Gegabaytlarga tenglashdi.
Har bir yangi paydo bulayotgan operasion tizim kompyuterning tezkor xotirasidan yanada yaxshi, unumliroq foydalana oladi na yanada quvvatli prosessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarni asosiy oPerasion tizimi MS DOS edi. Shu yillar ichida u MS DOS 22 Versiyasigacha bo’lgan rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi.
MS DOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o’rtasidagi «vositachi» bo’lib xizmat qildi. Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha ko’pgina ishlar ham MS DOS da bajarilar edi.
WINDOWS 95, WINDOWS NT, WINDOWS 98 lar grAfik interFeysli oPerasion tizimlar hisoblanadi, chunki ular foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlap, Belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradilar.
Hozirgi kunda bir qancha operasion tizimlar yaratilgan bo’lib, ulardan OS/2, Unix, Windows-95, 98, 2000(Me), Windows NT, WINDOWS XP, Oracle kabilar keng qo’llanilmoqda.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling