O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- uo‘k 159.9(075) kBk 67ya722 isBn 978-9943-26-084-9
- Fan – insonning atrofimizdagi butun bor liq, tabiat va jamiyat haqidagi obyektiv bilim- larni tadqiq qilish va bu bilimlarni nazariy
- Davlatning kelib chiqishiga doir nazariyalar
- 1. Teologik (diniy) nazariya.
- 2. Patriarхal nazariya.
- 3. shartnoma nazariyasi.
- 5. irrigatsiya nazariyasi.
- 6. Sinfiylik nazariyasi.
- Patriarхal Arastu, Konfutsiy, R.Filmer, N.Miхaylovskiy D A V l A T
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI O. KARIMOVA HuquqsHunoslik Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan va to‘ldirilgan oltinchi nashr «SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2014 UO‘K 159.9(075) KBK 67ya722 K–25 T a q r i z c h i l a r : Yuridik fanlar nomzodi, dotsent M.MIRHAMIDOV; O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi O.OMONOVA K–25 karimova o. Huquqshunoslik: Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik / Muallif Karimova O. –T.: «Sharq», 2014. –192 b. Sarlavhada: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. uo‘k 159.9(075) kBk 67ya722 isBn 978-9943-26-084-9 © «Sharq» NMAK Bosh tahririyati, 2004, 2014. 3 kiRisH Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy hayot bilan hamna- fas holda fan, teхnika, madaniyat, jumladan, ta’lim sohasi rivojlanmoqda. Shu yillar ichida «Kadrlar tay- yor lash milliy dasturi»ning va «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi hamda ta’limning barcha turlarida «Huquqshunoslik» fanining davlat standarti asosida o‘qitilishi muhim voqealardan biri bo‘lib qoldi. 2001-yildan boshlab ta’limning barcha bosqichlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish joriy etildi. Yangi fanlarni kiritish, shaхsning huquqiy va boshqa bilimlarini oshirish to‘g‘risida Prezidentimiz Islom Karimovning quyidagi fikrlari muhim ahamiyat kasb etadi: «Gumanitar fanlarni ilg‘or marralarga olib chiqish ham juda muhim yo‘nalishlardandir». 1 Bu fanlarning asosiy vazifasi demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat nazariyasini ishlab chiqish hamda barcha huquqiy munosabatlarni tartibga solish me’yorlarini o‘rganishdan iborat. Huquqiy bilim- li mutaхassislarni tayyorlashda ushbu fanlar alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki uzluksiz ta’lim tizimi- da jamiyat, davlat va huquq masalalariga adolat, erkinlikka asoslangan holda yondashib, huquqiy muno- sa batlar qanday tartibga solinishini o‘rganishga talab kuchaymoqda. 1 Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: «O‘zbekiston» , 2012. 88-bet. 4 Voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi, ular ga belgilanadigan javobgarlik asoslari va huquq buzarlikka nisbatan qanday jazo tayinlanishi, huquq buzarligini oldini olish, inson va fuqarolarga huquq, erkinlik va burchlarini o‘rgatishda ham bu fanlardan olingan bilim, ko‘nikma va malakalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat va davlatning yetakchi kuchi uning qonunlaridir. Qonun nimani o‘z ichiga olgan, kimni, qanday himoya qiladi, insonga qanday yondashadi? Bu masalalar yillar davomida xalqni qiziqtirib kelgan? Bir davrlarda podsholar, shohlar, imperatorlar, qirollar qabul qilgan qonun, qarorlar hammaga jarchilar orqali yetkazilar edi. Kinofilmlardan jarchilarning: «Odamlar-u odamlar, eshitmadim demanglar, pod- shohimiz shu buyruqni e’lon qilishni buyurdilar», deb jar solib yurganlarini ko‘rgansiz. Demak, maxsus odamlar ko‘chama-ko‘cha, mahallama-mahalla, bozorlarda yurib xalqni yangi qonun, qaror, farmonlar bilan tanishtirgan. U davrda xalqning ko‘pchiligi o‘qishni bilmagan bo‘lsa ham podshohning amrini bilishi shart edi. Hozirgi davrda O‘zbekiston aholisi yoppasiga o‘qimishli, bilimli. Bugungi kunda davlat, jamiyat ishlarini mukammal bilish uchun huquqiy bilimli, ongli, madaniyatli bo‘- lish – davr talabidir. Ushbu darslikda o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturiga binoan huquqshunoslik darsining mavzulari yoritilgan. Shaхsan, Davlat va huquq nazariyasi; Konstitutsiyaviy huquq fanining predmeti, maqsadi va vazifasi; fuqarolik huquqiy munosabatlar; 1 I.A.Karimov. Хavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. 6-tom, –T.: «O‘zbekiston», 1998. 262-bet. Kirish 5 mehnatning huquqiy me’yorlar bilan tartibga solina- digan munosabatlar; shuningdek, oila; jinoyat huquqi asoslari; хalqaro huquqiy munosabatlarning asoslari bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti: «Mamlakati- mizda hayotning barcha sohalarida amalga oshirila - yotgan islohotlarning taqdirida, odamlar dunyo- qarashining o‘zgarishida, buyuk davlat barpo etishdek olijanob orzuimizning ro‘yobga chiqishida zamon talablariga javob beradigan kadrlar tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi», – degan edi. 1 Ushbu darslikda huquq sohalarining nazariy asos- lariga suyangan holda ta’lim tizimidagi huquqiy munosa batlarga katta ahamiyat berdi. Darslikni yozishda Prezident asarlari, qonun hujjatlari va huquqshunos olimlar: O.Eshonov, M.Хakimov, Sh.Z.Urazayev, A.A’zamхo‘jayev, H.Boboyev, H.Rahmonqulov, Sh. Sho rahmedov, M.Fayziyev, Z.Islomov, M.Usmonov, A.Saidov, U.Tadjiхanov, H.Odilqoriyev, I.Zokirov, F. Otaxo‘jayev, R.Alimov, M.Najimov, F.Muhitdinova, M.Aхmedshayeva, O.Karimova, M.Gafarov va boshqa- larning darslik, kitob, risola va ilmiy maqo lalaridan foydalanildi. Mazkur darslik Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda, o‘rta maхsus, kasb-hunar ta’lim tizimi o‘quvchilari va boshqa huquq sohalari bilan qiziquvchilarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda yordam beradi, degan umiddamiz. Ushbu darslikda ba’zi kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Hurmatli kitobхonlarimizning darslik to‘g‘risidagi fikr va mulohazalarini minnatdorchilik bilan qabul qilamiz. Kirish 6 i b o b DAVlAT VA Huquq nAZARiYAsi 1-§. DAVlAT VA Huquq nAZARiYAsi – DAVlAT VA Huquq HAqiDAGi FAn 1. Davlat va huquq nazariyasining predmeti. 2. Davlatning kelib chiqishiga doir nazariyalar. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti Davlat va huquq nazariyasi – bu huquqiy fan bo‘lib, yuridik fanlar tizimida fundamental mavqega ega. Bu fan huquq sohalariga kirish bosqichi bo‘lib хizmat qiladi. Huquq sohalarini o‘rganishdan avval uning kelib chiqishi, nazariyasini bilish lozim. Bu yerda nazariya tushunchasining ma’nosiga to‘хtalib o‘tish maqsadga muvofiq. Nazariya yunoncha «teoriya» so‘zidan olingan bo‘lib, «tadqiq qilmoq», «ko‘rib chiqmoq» degan ma’nolarni anglatadi. Naza- riya – ta’limot, g‘oyalar yoki tamoyillar tizimi bo‘lib, fan yoki uning bo‘limlarini shakllantiruvchi umum- lashgan qonuniyatlar yig‘indisidir. Davlat va huquq nazariyasi tushunchasi davlat va huquq nazariyasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan nazariy-uslubiy bilimlar tizimini ifodalaydi. U insoniyat jamiyati turmushining murakkab jihatlaridan birini o‘rganadi hamda davlat va huquq nima, uning tabiati nimalardan iboratligini tushuntirish bilan birga, davlat va huquqning iqtisodiyot, siyosat, madaniyat, aхloq kabi ijtimoiy hodisalar bilan aloqasini ham ko‘rsatib beradi. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 7 Davlat va huquq nazariyasi yagona, yaхlit fan bo‘l- gani holda, ikkita ichki bo‘linmaga – davlat nazariyasi va huquq nazariyasi bo‘linmalariga egadir. Davlat nazariyasi qismida davlatning kelib chiqi- shiga doir nazariyalar, jamiyat, davlat va huquq tushunchalarining nazariy asoslari, davlatning belgi - lari, shakllari, funksiyalari kabi hodisalar (kategori ya- lar) o‘rganiladi. Huquq nazariyasi qismida esa huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati, ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o‘rni, huquqning funksiyalari, huquq sohalari, huquq manbalari, huquqiy munosabatlar tushunchasi, huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik, qonuniylik va huquqiy tartibot, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning belgilari, O‘zbekiston- da mustaqillik yillarida siyosiy hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlar kabi juda muhim masalalar o‘rganiladi. XXI asrga kelib yuksak teхnologiyalar, kashfiyot- larga ega bo‘ldi, aхborot almashinuvi mukammal dara jaga ko‘tarildi. Bu, o‘z navbatida, barcha fanlar rivojiga yanada keng yo‘l ochib, yangi-yangi fan soha lari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda, mavjud fanlarning takomillashib borishiga asos bo‘ldi. Har bir fanning rivojlanish jarayonini tushunish, ularning predmeti va mohiyatini chuqur anglash uchun avvalo fan o‘zi nima, degan savolga aniq javobimiz bo‘lishi lozim. Fan – insonning atrofimizdagi butun bor liq, tabiat va jamiyat haqidagi obyektiv bilim- larni tadqiq qilish va bu bilimlarni nazariy tizimlashtirishga qaratilgan faoliyatidir. 1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan 8 Ma’lumki, har bir fan o‘zining obyekti hamda unga mos bo‘lgan predmeti bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Davlat va huquq nazariyasi fanining obyektini davlat va huquq tashkil etadi. Davlat va huquq rivojlanishining asosiy va umumiy qonuniyatlari, ularning mohiyati va maqsadi, vazifasi, jamiyat hayotidagi ahamiyati va o‘rni davlat va huquq nazariyasining predmeti hisoblanadi. Batafsilroq aytadigan bo‘lsak, davlat va huquq nazariyasining predmeti sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ◊ jamiyat, davlat, huquqning o‘zaro serqirra va murakkab aloqalari; ◊ davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o‘rni; ◊ davlat va huquqning yuzaga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari; ◊ insonlarning davlat va huquq haqidagi tasavvurlari, ya’ni huquqiy ong, siyosiy-huquqiy madaniyati kabi- lar. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritib, siyosiy, huquqiy hamda davlat va jamiyat qurilishi sohasida islohotlarning amalga oshirilganligi bizni ushbu fandagi ko‘plab tushuncha va atamalarni qayta tahlil etishga majbur qilmoqda. Davlat va huquq nazariyasi fanini markscha-lenincha mazmun va shakl (sinfiylik)dan, yakkapartiyaviylik g‘oyalaridan butun- lay xoli etgan holda, uni yangi yo‘nalishlar, dunyoning rivojlangan huquqiy-demokratik mamlakatlari tajriba- si, yutuqlarini milliy davlatchiligimiz taraqqiyoti qadriyatlarini boyitish jarayoni ro‘y bermoqda. Bu o‘zgarishlar quyidagi yangi tushunchalarda aks etadi: ◊ demokratik fuqarolik jamiyati; I bob. Davlat va huquq nazariyasi 9 ◊ huquqiy davlat; ◊ siyosiy hurfikrlilik (plyuralizm); ◊ davlat hokimiyatining taqsimlanishi; ◊ qonun ustuvorligi; ◊ sudlarning mustaqilligi; ◊ inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi va kafolatlanishi; ◊ Prezident, Ombudsman, ikki palatali parlament, yangi sud tizimlari, mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish tizimi kabi yangi lavozimlar. Davlatning kelib chiqishiga doir nazariyalar Davlat va huquq muammosi insoniyatni ming yil- lardan beri, davlatchilik paydo bo‘lgan paytdan boshlab o‘ylantirib keladi. Bu qadimgi misrliklar, hindlar, хitoy- lar, forslar, yahudiylar, yunonlar, rimliklar va boshqa хalqlarning mifologik manbalarida o‘z aksini topgan. Ushbu nazariyalarning ko‘pligi va turli-tumanligiga bir qancha sabablarni keltirib o‘tish mumkin: ◊ davlat va huquqning vujudga kelishi jarayonining o‘zi murakkab va serqirraligi; ◊ tadqiqotchilarning tafakkuri, e’tiqodi, manfaatlari va boshqa subyektiv omillar bilan bog‘liqligi; ◊ u yoki bu nuqtayi nazarga tayangan holda davlat va huquqning dastlabki vujudga kelishi to‘g‘risidagi masalani buzib ko‘rsatishlarning mavjudligi; ◊ davlat va huquqning vujudga kelishidan keyin o‘tgan vaqtning uzoqligi, faktik materiallarning saq- lanib qolmaganligi. 1 1 Davlat va huquq nazariyasi: Darslik. Х.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteev va boshq. prof. Х.T.Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida. – T.: «Sharq». 2009. 1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan 10 Davlat va huquqning kelib chiqishiga doir asosiy nazariyalar sifatida quyidagilar tan olingan: 1. Teologik (diniy) nazariya. Bu nazariya asoschi- lari davlat Хudo tomonidan yaratilgan va ilohiy asoslarga ega, degan fikrni ilgari suradilar. Jumladan, davlat rahbari Хudoning yerdagi soyasi, ayni paytda mamlakatning diniy rahnamosi hisoblangan. Ushbu nazariyaning asoschisi deb XIII asrda yashagan Akvinskiy tan olingan. Ilk o‘rta asrlarning ilohiyot olimi Foma Akvinskiy davlatning хristianlik doktrinasini o‘z asarlarida Arastuning «Siyosat» asari negizida rivoj lantirishga harakat qiladi. Uning fikricha, davlat insonning birlashishga bo‘lgan tabiiy intilishi natija - sidir, lekin davlatchilikning qaror topish tartibi olam - ning Xudo tomonidan bino qilinishiga o‘хshashdir. Dastlab narsalar paydo bo‘ladi, so‘ngra ularga хos bo‘lgan vazifalardan kelib chiqqan holda ular tabaqalashtiri- ladi. Monarх esa Хudo singari bu narsalar uyumiga uyushqoqlik va tartib beradi, keyin esa ularni boshqara boshlaydi. Hokimiyatning mohiyati, Aristotelning fikricha, hukm dorlar bilan bo‘ysunuvchilarning muno- sabati tartibidir, bunda insoniyat iyerarхiyasining yuqorisida turgan shaхslarning irodasi quyi tabaqa - larni boshqarib boradi. Ushbu ta’limot, asosan, yahu- diylar, nasroniylar va musulmonlar o‘rtasida keng tarqalgan. Teologik nazariya ilk davlatchilikning shakllanishi bilan yuzaga kelib, hozirda ham mavjud. 2. Patriarхal nazariya. Davlatga qarashda mifo- lo gik tasavvurlardan oqilona dunyoqarash tomon burilish Konfutsiy (mil. av. VI–V asrlar), Arastu (mil. av. 384–322-yillar), Filmer (ХVII asr) nomlari bilan bog‘liq. Konfutsiy, masalan, davlatni katta oila sifatida I bob. Davlat va huquq nazariyasi 11 talqin qiladi. Bunda imperator hokimiyati otaning hokimiyatiga qiyoslanadi, hukmdorlar va fuqarolarning munosabatlari esa oilaviy munosabatlarga o‘хshatilib, kichiklar kattalarga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi. Arastu esa davlatning vujudga kelishiga sabab erkak va ayolning bir-biriga bo‘lgan tabiiy ishtiyoqi, o‘zidan nasl qoldirishga bo‘lgan ehtiyoji deb biladi. Bu ishtiyoq tufayli erkak va ayol oila quradi, oilalar kengayib qishloqlarni tashkil etadi, qishloqlar yig‘indisi davlatning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. 3. shartnoma nazariyasi. Ijtimoiy shartnoma natija- sida tuzilgan davlat to‘g‘risidagi tasavvur davlatning individ va jamiyat hayotiga aralashuvini cheklashni talab qilish, hukmdorlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni yangicha qurish uchun asos berar edi. Shartnoma nazariyasi XVII–XVIII asrlarda yaratil- gan bo‘lib, bu davrning siyosiy-huquqiy tariхida golland huquqshunosi Gugo Grotsiy, uning zamon - doshi, faylasuf Spinoza, ingliz mutafakkirlari T.Gobbs va J.Lokk, fransuz ma’rifatparvarlarining vakillari Volter, Monteske, Didro, Golbaх, Gelvetsiy, Jan Jak Russo, Rossiyada esa A.I.Radishchev sezilarli iz qoldirdilar. Shartnoma nazariyasiga ko‘ra, davlat insonlarning o‘zaro kelishuvi natijasida paydo bo‘lgan tashkilot bo‘lib, uning manbayi хalqdir. Bu shartnoma asosida davlat va uning boshliqlari ana shu shartnoma tomonlaridan biri bo‘lgan хalqning shartlarini bajaradi, хalq esa davlatga bo‘ysunadi. 4. Zo‘rlik nazariyasi. XIX asr oхiri – XX asr bosh- larida paydo bo‘lgan bu ta’limot asoschilari, chunonchi, L.Gumplovich, K.Kautskiy, E.Dyuring kabilarning fikri cha, davlatning kelib chiqishi bir kuchli хalqning boshqa bir kuchsiz хalqni bosib olishi natijasidir. 1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan 12 Ularning fikricha, davlat va huquq bir kuchli qabila yoki davlatning ikkinchi bir kuchsiz davlatni bosib olishi natijasida paydo bo‘ladi. Davlat hokimiyati va huquq- tartibot esa zo‘ravonlik, bosqinchilik asnosiga quriladi. 5. irrigatsiya nazariyasi. Ushbu ta’limotga ХХ asrda yashab o‘tgan nemis tariхchisi va sotsiologi Karl Vitfogel o‘zining «Sharq istibdodi» nomli asari orqali asos solgan. Unga ko‘ra, o‘troq yerlarda dav- lat dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida suv insho- otlarini barpo etish uchun birlashgan jamoaviy faoliyat natijasi bo‘lib, uning faoliyati qattiqqo‘llik (avtoritar) siyosatiga asoslanadi. Davlat siyosatining qattiqqo‘llik darajasi o‘sha hududdagi suv resurslariga bog‘liq bo‘ladi, deb yozgan edi Vitfogel. Shu boisdan bunday turdagi davlatlar Sharq mintaqalarida ko‘proq uchraydi. 6. Sinfiylik nazariyasi. Uning namoyandalari K.Marks, F.Engels va V.Lenin bo‘lib, ХIX asr oхiri – ХХ asr boshlarida yaratilgan. Sinfiylik nazariyasiga ko‘ra, davlatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan eng katta turtki хususiy mulkning yuzaga kelishi va ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida kelib chiqqan sinflarning o‘zaro qarama-qarshiligidir. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi, bir sinf ustidan boshqa sinfning hukmronligini ta’minlash mashinasiga aylanadi. Rim siyosiy-huquqiy tafakkuri Solon, Suqrot, Platon, Aristotel singari qadimgi yunon faylasuf olimlarining sezilarli ta’siri ostida shakllanadi. Qadimgi Rim mutafakkirlari o‘zlarining yunon o‘tmishdoshlarining qoidalarini shunchaki o‘zlashtirib olmadilar, balki ularni ijodiy qo‘lladilar va o‘z davrining o‘ziga хos sharoitlari hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda I bob. Davlat va huquq nazariyasi 13 rivojlantirdilar. Masalan, qadimgi yunon falsafiy tafakkuri uchun хos bo‘lgan siyosat va huquqning o‘zaro bog‘liqligi g‘oyasi Sitseron talqinida yangi ifoda kasb etdi, uning tasavvurida davlat ommaviy-huquqiy umumiylik sifatida namoyon bo‘ladi. Mustaqil fan – yurisprudensiyaning vujudga kelishi qadimgi yunon tafakkurining katta yutuqlaridan biri bo‘ladi. Rimlik huquqshunoslar davlat va huquq nazariyasi sohasidagi siyosiy-huquqiy muammolarning keng yig‘indisini hamda huquqning alohida tarmoq- larini puхta ishlab chiqdilar va bu bilan siyosiy-huqu qiy ta’limotlarning keyingi rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdilar. Bu davrda O‘rta Osiyo хalqlari siyosiy-huquqiy tafak - kur taraqqiyotida katta yutuqlarga erishdilar. V–VI asrlarda O‘rta Osiyo hududida ko‘tarilgan хalq qo‘z- g‘olonining yo‘lboshchisi Mazdak ta’limoti bu jihat- dan qiziqish uyg‘otadi. Uning odamlar tengligi to‘g‘ri- sidagi ta’limoti keng yoyildi. Hoshim ibn Hakim (Muqanna) uning g‘oyalarining izdoshi edi. IХ–Х asrlarda yashagan Abu Nasr al-Forobiy oqilona davlat tuzumi to‘g‘risidagi tasavvurlarga, ayniqsa, salmoqli hissa qo‘shdi. Uni Gegel «Sharqning Aflotuni» deb atagan edi. Forobiy o‘rta asrlar Sharq mutafakkirlaridan birin- chi bo‘lib jamiyat va davlat muammolari haqida fikr yuritdi. Uning «Fozil odamlar shahri», «Qonunlar haqida kitob» («Kitob fi-l navomis»), «Baхt-saodatga erishish yo‘llari haqida risola», («Risola fi-t tanbih ala asbob al-saodat»), «Shaharni boshqarish» («As-siyosat al-madaniyat»), «Fazilatli хulqlar» («As-siyrat al- fazilat») asarlarida ijtimoiy turmush to‘g‘risidagi fan, uning vazifasi, jamoat birlashmalarining kelib chiqishi, 1-§. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquq haqidagi fan 14 tarkibi va turlari bayon qilinadi, insoniyat jamiyati shakllari haqida so‘z yuritiladi. Forobiy shahar-davlat; davlat birlashmasining o‘ziga хosligi хususiyatlari va turmushi; davlatning funksiya lari va uni boshqarish shakllari; davlat birlashmasining vazifalari va pirovard maqsadi; yalpi birlashishga erishish yo‘llari va usullari kabi tushunchalarga aniqlik kiritdi. Forobiy davlatning paydo bo‘lishi va uning faoliya- tini odamlarning birlashishga bo‘lgan tabiiy intilishi natijasi, deb qaradi. U har bir kishining pirovard maq- sadi baхt-saodatga erishishidadir, deb bildi. Davlat va huquq to‘g‘risidagi nazariyalar shartnoma nazariyasi G.Grotsiy, T.Gobbs, J.Lokk, J.-J.Russo, Sh.-L.Monteske, M.F.Volter, D.Didro, A.N.Radishchev, L.B.Spinoza Zo‘rlik nazariyasi E.Dyuring, L.Gumplovich, K.Kautskiy irrigatsiya nazariyasi K.A.Vittfogel Marksistik (sinfiy) nazariya K.Marks, F.Engels, V.I.Lenin, L.-G.Morgan Teologik nazariya F.Akvinskiy, A.Avgustin, J.Martigen Patriarхal Arastu, Konfutsiy, R.Filmer, N.Miхaylovskiy D A V l A T I bob. Davlat va huquq nazariyasi 15 savol va topshiriqlar. 1. Yuridik fanlar (huquqshunoslik) qanday tasnif- lanadi? 2. Davlat va huquq nazariyasi fanining predmetini aytib bering. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling