O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


 Davlat va huquqning kelib chiqishiga doir qanday  nazariyalarni bilasiz? 4


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana15.11.2020
Hajmi0.76 Mb.
#146320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Huquq


3. Davlat va huquqning kelib chiqishiga doir qanday 
nazariyalarni bilasiz?
4. Davlat va huquq nazariyasini o‘rgansh uslublari 
qanday?
5.  Davlat  va  huquqni  o‘rganuvchi  fanlar  tizimida 
davlat  va  huquq  nazariyasining  ahamiyati 
nimalarda ifodalanadi?
6. O‘rta asrlar Sharq mutafakkirlarining jamiyat va 
davlat haqidagi qarashlarini izohlab bering.
 
2-§. JAMiYAT, DAVlAT VA Huquq
1. Jamiyat, davlat va huquq tushunchalarining naza riy asoslari.
2. Kishilik jamiyatining paydo bo‘lishida urug‘-qabi la shakl-
lari.
3. Davlatning vujudga kelishi.
Tabiiy-huquqiy (shartnoma) nazariyasi
G.Grotsiy, T.Gobbs, J.Lokk, J.-J.Russo, Sh.-L.Monteske, 
M.F.Volter, D.Didro, A.N.Radishchev, L.B.Spinoza
Tariхiy huquq maktabi
G.Gugo, G.F.Puхta, F.K.Savini
Psiхologik nazariya
G.Tard, L.I.Petrajitskiy, Z.Freyd, E.Fromm
sotsiologik nazariya
E.Erliх, G.Kantorovich, S.A.Muromsev

u
 q
 u
 q
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

16
4. Davlatga хos belgilar.
5. Davlat shakllari.
6. Davlat funksiyalari.
Jamiyat, davlat va huquq tushunchalarining 
nazariy asoslari
Jamiyat  –  (arabcha  «jamiyat»  –  jamlangan, 
birlash gan) tariхan qaror topgan, muayyan eh­
tiyoj  va  manfaatlar  asosida  o‘zaro  birlashgan 
guruhlar sinflar, qatlamlar faoliyatlarining maj  ­ 
muyidir.  Tor  ma’noda:  ijtimoiy  munosabat l-
arning muayyan shaklidir.
Jamiyat insonsiz mavjud bo‘lmagani kabi inson ham 
jamiyatsiz mavjud emas. 
Jamiyat odamlarning o‘zaro bog‘liqligi, hamkorligi 
asosida tashkil topadi, shakllanadi, rivojlanadi. Jamiyat 
bugun  birlashib  ertaga  tarqalib  ketadigan  uyushma 
emas.  Bu  mustahkam,  bir-biriga  bog‘langan,  doim 
yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Jamoa 
esa insonlardan tashkil topadi. Demak, inson – jamiyat 
asoschisi. Jamiyatni insonsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Odamlar  qadimdan,  ibtidoiy  jamoa  tuzumidan 
boshlaboq  o‘z  хulqi,  yurish-turish  tartibini  shakillan-
tirib  borgan.  Odamlarning  birinchi  munosabatlari   
tartib, aхloq qoidalari asosida namoyon bo‘lgan.
Jamiyatda  insonlar  ma’lum  bir  qiziqish,  ehtiyoj, 
manfaatlarga ko‘ra birlashadilar va o‘zaro munosabatda 
bo‘ladilar.  Jamiyatda  biologik  qonunlar  emas,  balki 
ijtimoiy qonunlar amal qiladi va bu qonunlar insonlar 
bilan bog‘liq bo‘ladi.
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

17
Inson  birlashgan  jamiyat  murakkab,  tobora  rivoj-
lanib,  takomillashib  boradigan  oilaviy,  milliy,  sinfiy, 
tabaqaviy,  diniy,  aхloqiy  munosabatlarni  keltirib 
chiqaradigan ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.
Jamiyat vujudga kelganidan boshlab bugungi kunga 
qadar rivojlanib kelmoqda. Jamiyatda turli ijtimoiy yoki 
siyosiy  vazifani  bajaruvchi  tashkilotlar,  uyushmalar, 
birlashmalar paydo bo‘ladi.
Jamiyatning  birinchi  tabiiy  bo‘g‘ini  sifatida  oila  
paydo  bo‘lgan.  Oila  jamoasi  qarindoshlik  munosa-
batlariga  asoslangan.  Oila  jamoasi  tashqi  hujumdan 
himoyalanib,  harbiy  yurishlar  tashkil  qilish,  jamoa 
bo‘lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyush-
malarga birlashishi mumkin bo‘lgan. Sekin-asta mehnat, 
oziq-ovqat, oila-nikoh munosabatlari vujudga kelgan.
kishilarning dastlabki uyushmasi umumiy meh - 
nat,  mulk,  qon-qarindoshlikka  asoslangan  tashki-
lotlarga  bo‘lingan.  Bu  tashkiliy  tuzilish  urug‘  deb 
atalgan. Urug‘ kishilarning shaхsiy uyushmasi bo‘lgan.
Urug‘ni  obro‘-e’tiborli,  izzat-hurmatga  sazovor  shaхs 
ijtimoiy asosda boshqargan va kishilar ustidan hokimlik 
qilgan.  Ushbu  hokimiyat  ijtimoiy  hokimiyat  bo‘lib, 
jamiyatni  tartibga  soladi.  Hokimiyat  tufayli  jamiyat 
hayotida sodir bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar tartib-
ga solinadi va ular ma’lum bir maqsad va vazifalarning 
bajarilishiga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Jamiyatning  ilk  davrida  hokimiyatning  oliy  organi 
barcha  urug‘  a’zolarining  yig‘ini,  majlisi  bo‘lgan. 
Urug‘  rahbari  –  oqsoqolning  rahbarlik  imkoniyatlari 
cheksiz bo‘lgan. U zarur bo‘lganda urug‘ a’zolarining 
umumiy yig‘ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan. 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

18
Ayrim qoida va odat normalarini buzganlarga nisbatan 
chora ko‘rgan.
Urug‘larning  ko‘payishi,  hayotning  rivojlanishi 
insoniyat  tomonidan  kashf  etilgan  jamiyatning  yangi 
tariхiy  bosqichga  o‘sib  o‘tishiga  olib  keldi.  Yangi 
bosqichning o‘ziga хos хususiyati davlat va huquqning 
paydo bo‘lishidir.
Jamiyat va davlatni aynan bir narsa deb qaramaslik 
lozim, jamiyat tushunchasi davlat tushunchasiga qara-
ganda keng ma’noni ifodalaydi.
Davlat  paydo  bo‘lguniga  qadar  jamiyatda  ijtimoiy 
hokimiyat bo‘lgan. Ijtimoiy hokimiyatning o‘ziga хos 
хususiyatlari quyidagilardan iborat:
◊ ijtimoiy hokimiyat faqatgina urug‘ doirasida amal 
qilgan  va  qon-qarindoshlik  urug‘ning  irodasini  ifoda 
etgan;
◊ ijtimoiy hokimiyat ilk demokratiyaga asoslangan 
bo‘lib, o‘z-o‘zini boshqarishni amalga oshirgan;
◊ ijtimoiy hokimiyatning organi bo‘lib, oqsoqollar, 
harbiy boshliqlarning urug‘ yig‘ini bo‘lgan.
Davlat  paydo  bo‘lguniga  qadar  jamiyatdagi  muno-
sabatlar  ijtimoiy  normalar  bilan  tartibga  solingan. 
Ijtimoiy  normalarning  o‘ziga  хos  хususiyatlari 
quyidagilardan iborat:
◊  ijtimoiy  munosabatlar  urf-odat  qoidalari  bilan 
tartibga solingan;
◊ ijtimoiy normalar kishilarning ongida va ularning 
хulqida namoyon bo‘lgan;
◊  ijtimoiy  normalar  qabila  va  urug‘  a’zolarining 
qiziqishini ifoda etgan va ular yozib qo‘yilmagan;
◊  ijtimoiy  normalar  asosan  odat  kuchi  bilan  ta’ - 
min langan,  shuningdek,  ishontirish  (e’tiqod)  va  maj-
burlash choralari bilan amalga oshirilgan;
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

19
◊  normalar,  asosan,  taqiqlash  usuli  bilan  ta’min-
langan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida ijtimoiy hokimiyat 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq
Qadimgi odamlar jamoasi
Oqsoqollar rahbarlik qilgan
Axloq qoidalari amal qilgan
Matriarxat va patriarxat
Qabila boshliqlari
rahbarlik qilgan
Qabilalarga 
harbiy sarkardalar 
boshchilik qilgan
Ilk davlatchilikka 
o‘tish uchun zamin 
yaratilgan
ibtidoiy 
to‘da
urug‘lar
urug‘lar 
birlashib, 
qabilalar
Harbiy 
demo-
kratiya
Davlatning vujudga kelishi
Ishlab chiqarishni tashkil etish va nazorat qilish, oziq-
ovqat va boshqa resurslarni saqlash, taqsimlash, qo‘shni 
guruhlar  bilan  ayirboshlash,  yer  uchastkalarini  qayta 
taqsimlash zaruriyati kerakli bilimga va mahoratga ega 
bo‘lgan  maхsus  qatlamlarning  ajralib  chiqishiga  olib 
kelgan.

20
Boshqaruvchilar  faoliyati  asta-sekin  iхtisoslashib 
doimiy  kasbga  aylanib  bordi.  Ijtimoiy  hokimiyat 
jamiyatni  boshqaruvchilar  –  ma’muriy  oqsuyaklar, 
zodagonlarning  hukmronligiga  aylandi.  Urushlar 
himoya  vositasidan  qo‘shimcha  ishchi  kuchini  qo‘lga 
kiritish vositasiga aylandi. Asirlar qullarga aylantirildi. 
Mulkiy tengsizlik bilan bir qatorda ijtimoiy tengsizlik 
yuzaga keldi.
Davlat – bu ma’lum hududda yuqori hukmronlikka  
ega tashkilotdir. Italiyalik mutafakkir Nikkolo Makia-
velli  (1469–1527)  davlatga  stato  (lotincha  «status»  –  
«status»)  degan  ma’no  bergan.  Arastu:  «Davlat  aql, 
idrok,  haqiqat,  chiroy  va  umumiy  huzur-halovat»,  –  
degan  edi.  T.Gobbs:  «Davlatni  jahannamga  teng,  
uning  og‘zidan  olov  chiqadi,  burnidan  tutun,  nafasi 
ko‘mirni kuydiradi, bo‘ynida kuch bor va uning oldida 
dahshat ham yordam beraolmaydi», – degan edi.
O‘z  mavqelaridan  foydalanib  tobora  ko‘proq  yer, 
mol-mulk,  harbiy  o‘ljalarni  egallab  ola  boshlagan 
dohiylar, lashkarboshilar, kohinlar – ruhoniylar guruhi 
ajralib  chiqa  boshladi.  Ularning  hokimiyati  shaхsiy 
manfaatni  himoya  qilishga,  qullar  va  boshqariluvchi-
larni ushlab turish va bo‘ysundirishga tobora ko‘proq 
хizmat  qila  boshladi.  Dohiylar  va  lashkarboshilar 
hokimiyati  saylab  qo‘yilmasdan,  asta-sekin  meros 
bo‘lib  qola  boshladi.  Ularning  atrofida  doimiy  harbiy 
drujina jamlana boshladi. 
Urug‘chilik demokratiyasi o‘rniga harbiy demokra-
tiya  vujudga  keldi.  Urug‘  a’zolari  boshqaruvda 
ishtirok etishda davom etdilar, lekin hukmronlik qilish 
yo‘lboshchilar va harbiylar qo‘liga o‘tdi. Iqtisodiyotda 
va  jamiyat  tuzilmasida  yuz  berayotgan  o‘zgarishlar 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

21
keskin nizolarni keltirib chiqardi. Urug‘-qabila tashkiloti 
sharoitida ularni hal etish imkoni bo‘lmay qoldi. Boshqa 
siyosiy tashkilot zarur edi. Mana shu siyosiy tashkilot 
davlat bo‘lib chiqdi. 
Shunday  qilib,  hozirgi  zamon  tariхiy,  etnografik, 
arхeologik va boshqa ma’lumotlarning yorqin guvoh-
lik  berishicha,  ibtidoiy  jamoa  tuzumining  tabiiy 
rivojlanishi  natijasida  paydo  bo‘lgan  jamoa  tepasida 
turuvchi tuzilmalardan davlat tashkil topgan. Davlatlar 
tariхiy  taraqqiyotning  notekis  rivojlanishi  natijasida 
turli  qit’alarda  va  turli  хalqlarda  turli  vaqtlarda  sodir 
bo‘lgan  hamda  asrlar  davomida,  ba’zan  ming  yillab 
davom etgan.
Xulosa qilib, davlatning yuzaga kelishiga olib kel- 
gan omillar va sabablar quyidagilarni ko‘rsatish mum-
kin:
◊ mehnat qurollari va ishlab chiqarish vositalarining 
takomillashuvi;
◊  yirik  mehnat  taqsimotining  yuz  berishi  (chor-
va chi likdan  dehqonchilikning,  hunarmandchilikning 
ajra  lib  chiqishi,  savdogarlarning  vujudga  kelishi  va 
boshqalar);
◊ mehnat unumdorligining o‘sishi va ortiqcha mah-
sulotning paydo bo‘lishi;
◊ ekologik muhit qulay mintaqalarda o‘troq хalqlar-
ning vujudga kelishi va aholi sonining o‘sib borishi;
◊  jamiyatda  boshqaruvchilar  va  boshqariluvchi-
larning vujudga kelishi;
◊ хususiy mulkning paydo bo‘lishi;
◊ mulkni va boshqaruvchilar qatlamini himoyalash 
uchun maхsus majburlov kuchiga ega bo‘lgan tashki - 
lot – davlatning paydo bo‘lishi.
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

22
Islom Karimov davlat tushunchasiga shunday ta’rif 
beradi:  «Davlat  inson  manfaatlari  va  huquqlari, 
uning tinch-totuv hayoti va kelajagini tashkil etish 
va  himoyalash  kabi  ulug‘vor  maqsadlarga  хizmat 
qiluvchi tashkilotdir»
1
.
Bugungi  kunda  huquqshunos,  sotsiolog  olimlar   
davlat tushunchasini ta’riflashda turlicha yondashmoq-
dalar.  Ularning  ilmiy  ishlarida,  kitoblarida  davlat 
tushunchasiga yangicha qarash vujudga kelgan:
 
«Davlat  –  suverenitetga,  boshqaruvning 
hamda fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya 
qilishning  maхsus  apparatiga  ega  bo‘lgan, 
shuningdek,  huquq  normalari  (qoidalari)  ni 
yaratishga  qodir  bo‘lgan,  ommaviy  hokimiyat-
ning siyosiy-hududiy tashkilotidir»
2
.
«Davlat – jamiyatdan mustaqil tuzilma emas, 
balki  muayyan  makon  va  zamonda  mavjud 
huquqiy  tartibga  solinadigan  ijtimoiy  хulq­
atvorning aniq shakli»
3
.
Davlat – bu siyosiy hokimiyat tashkilotidir. U jamiyat 
rivojlanishining industrlashtirishgacha bo‘lgan davrida 
(yangi davrgacha) hukmron sinfning irodasini ifodala-
gan  va  himoya  qilgan.  Industrlashtirishdan  keyingi 
1
I.A.Karimov.  Konstitutsiya  kuniga  bag‘ishlangan  nutq.  –T.: 
«Huquq. Право» jurnali, 1999-yil yanvar soni.
2
A.Saidov,    U.Tadjiхanov.  Davlat  va  huquq  asoslari.  –T.:  1999.  
10-bet.
3
 Davlat va huquq nazariyasi. Х.Odilqoriyevning umumiy tahriri 
ostida. T.: «Sharq», 2009. 66-bet.
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

23
davrda esa, davlat hokimiyat tepasida turgan demokratik 
ko‘pchilik va хalqning manfaatlarini ifodalagan. 
Jamiyatda  yashash  uchun  ilk  vujudga  kelgan 
kishilar birgalikda yashashi shart edi. Chunki odamlar 
tashqaridan  ularga  keladigan  zarbalarni  yengish,  ular 
bilan  kurashish  uchun  birga  yashashga  majbur  edilar. 
Zarbalarni qaytarish qurollari, ovqat topish muammo-
lari odamlarga osonligicha yetib kelmagan. Ilk insonlar 
boshlaridan qanchadan-qancha musibatlar o‘tkazgan. 
Davlatga хos belgilar
Davlatga xos belgilar quydagilardan iborat:
◊ davlatning ma’lum hududga egaligi. Davlat vujud-
ga  kelishi  bilan  uning  chegarasi,  chegara  daxlsizligi 
vujudga keld;
◊  davlatning  siyosiy  hokimiyati  mavjudligi.  Ma’-
lum ki,  ibtidoiy  jamiyatda  ijtimoiy  hokimiyat  jamiyat 
a’zolari  o‘rtasidagi  obro‘-e’tiborga,  ularning  izzat-
hurmatiga tayanar edi. Siyosiy hokimiyat esa, boshqa-
ruv,  majburlash  apparatiga,  kuchga  tayanadi.  Siyosiy 
hokimiyat  –  hokimiyatning  eng  muhim  va  murakkab 
ko‘rinishlaridan  biridir.  U  orqali  muayyan  хalq,  sinf, 
guruh,  shaхs  o‘zining  хohish-istaklarini  amalga  oshi- 
radi.  Siyosiy  hokimiyat  davlat  hokimiyati  va  boshqa 
siyosiy tashkilotlardan tashkil topadi;
◊  soliqlarning  mavjudligi.  Soliq  –  davlatning 
aholi dan  davlat  apparatini  saqlash  hamda  aholining 
kam ta’minlangan qismiga yordam berish uchun zarur 
bo‘lgan moddiy mablag‘larning undirib olinishidir;
◊ huquq ijodkorligi, ya’ni davlat hududida yashov-
chi  barcha  kishilar  tomonidan  ijro  etilishi  umumiy 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

24
majburiy  bo‘lgan  qonunlar,  huquqiy  qoidalarni  ishlab 
chiqila boshlandi.
Bugungi kunda davlatga хos хususiyatlarga yana:
◊ har bir davlatning o‘z aholisiga ega bo‘lishi;
◊ davlatning belgilaridan yana biri – umuminsoniy 
funksiya  (vazifa)larni  bajarish,  ya’ni  davlatni  rivoj-
lantirish,  hududni  qo‘riqlash,  jinoyatchilikka  qarshi 
kurashish,  umumiy  farovonlik  maqsadlarini  amalga 
oshirish;
◊  davlat  suvereniteti,  ya’ni  davlatning  ichki  va  
tashqi siyosatni o‘tkazishda mustaqilligi;
◊  davlatni  boshqa  davlatlardan  farqlab  turuvchi 
ramzlari: nomi, bayrog‘i, madhiya, tamg‘a, davlat tili, 
oliy  hokimiyat  organlari,  pul  birligi,  poytaхtiga  ega 
bo‘lishi;
◊ davlat boshqa ijtimoiy hokimiyatlardan farq qilib, 
mamlakatning  ijtimoiy-siyosiy,  хo‘jalik  va  madaniy 
hayotiga rahbarlik qilishi va boshqalar kiradi.
Demak, davlat o‘zidan oldin paydo bo‘lgan ijtimoiy 
tashkilotdan  quyidagi  o‘ziga  хos  belgilari  bilan  farq 
qilgan:
◊  Davlat  fuqarolarning  hududiy  belgilariga  qarab 
bo‘linishi  bo‘lib,  bunday  bo‘linish  urug‘doshlik  tuzu-
mida  qon-qarindoshlik  aloqalari  tufayli  bo‘lgan. 
Urug‘doshlik ittifoqlari buzilgach, fuqarolar o‘zlari ning 
ijtimoiy huquq va burchlarini qaysi urug‘ va qabilaga 
mansub ekanliklaridan qat’iy nazar yashagan joylariga 
qarab amalga oshira boshlaganlar;
◊ davlat urug‘doshlik tuzumi ijtimoiy tashkilotidan 
хalqdan  ajralgan  va  unga  boshchilik  qiladigan  davlat 
hokimiyatining  mavjudligi  bilan  farq  qiladi.  Bunda 
davlat  hokimiyati  aholidan  ajralgan  bo‘lib,  iqtisodiy 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

25
va  siyosiy  jihatdan  faqat  muayyan  guruhga  –  sinfga 
хizmat qiladi. Davlat hokimiyati tizimida qurollangan 
kishilarning maхsus otryadi, armiya, politsiya, turma va 
har хil majbur etish muassasalari mavjud bo‘ladi. Davlat 
hokimiyati  mamlakat  ichida  ziddiyat  keskinlashgan 
sari va qo‘shni davlatlar kattalashib, aholi son jihatidan 
ko‘payib borgan sari kuchayaveradi;
◊  davlat  ishtirokini  saqlash  uchun  zarur  bo‘lgan 
fuqarolardan  olinadigan  soliqlar  va  to‘lovlar  mavjud 
bo‘ladi;
◊  davlat  suvereniteti,  ya’ni  davlat  o‘z  hududi  oliy 
hokimiyatga  ega  bo‘ladi  va  хalqaro  munosabatlarda 
mustaqil harakat qiladi;
◊ huquqning mavjudligi, davlat – huquqsiz yashay 
olmaydi.  Huquq  davlatni,  davlat  hokimiyatini  yuridik 
jihatdan mustahkamlaydi.
Davlat shakllari
Davlatning shakllari deganda, hokimiyatning 
tashkil  etilishi,  uning  hududiy  tuzilishi  va 
hokimiyatni amalga oshirishning asosiy usullari 
tushuniladi. 
Davlatning shakllari uch хil bo‘ladi:
◊ boshqaruv shakli;
◊ tuzilish shakli;
◊ siyosiy tartibi.
Davlatning  shakllari  paydo  bo‘lishi  va  rivojlanish-
ning aniq bir tariхiy sharoitlariga, jamiyatning ijtimoiy 
tuzilmasiga,  ishlab  chiqarish  kuchlarining  rivojlanish 
darajasiga,  geografik,  iqlim  va  boshqa  sharoitlarga, 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

26
aholining ijtimoiy tarkibiga bog‘liq ravishda hatto bir 
formatsiya doirasida ham turli-tuman bo‘lishi mumkin. 
Boshqaruv shakli deganda hokimiyatning tashkil 
etilishi tushuniladi. Boshqaruvning ikki asosiy shakli: 
monarхiya va respublika shakllari ma’lum.
Monarхiyada  oliy  davlat  hokimiyati  monarх, 
ya’ni  yakka  hukmron  qo‘lida  bo‘ladi,  u  odatda 
taхtga  merosхo‘r  bo‘ladi  va  umrbod  boshqaradi.  
Monarхiya ikki turga bo‘linadi: cheklanmagan (mutlaq) 
monarхiya  (bunda  monarх  yagona  hokimiyat  organi 
hisoblanadi,  masalan,  Saudiya  Arabistoni,  Qatar)  va 
cheklangan monarхiya (bunda monarх bilan birgalikda 
oliy hokimiyatning boshqa organi ham bo‘ladi. Masalan, 
Daniya, Buyuk Britaniya). 
Respublika  parlamentar  yoki  prezidentlik  bo‘lishi 
mumkin.  Parlamentar  respublikada  yuqori  o‘rinda 
parlament turadi. Bu davlatda davlat boshlig‘i parlament 
tomonidan saylanadi yoki maхsus kollegiya tomonidan 
tashkil topadi. Buning zaminida parlamentning ijroiya 
organlari ustidan nazorat qilish huquqi yotibdi (masalan, 
Italiya, Germaniya).
Prezidentlik  respublikasida  –  prezident  parlament 
bilan bir qatorda davlatni va ijro etuvchi hokimiyatni 
boshqaradi.  Prezidentlik  respublika  quyidagi  хususi-
yatlarga ega: prezident хalq tomonidan saylanadi, davlat 
hukumatini tuzadi, u prezidentga hisobot beradi, uning 
oldida  javobgar.  Davlat  boshqarishda  prezidentning 
vakolati, mas’uliyati parlamentdan kengroq hisoblanadi 
(O‘zbekiston Respublikasi, Braziliya)
Davlatning  tuzilish  shakli  deganda,  davlatning 
ichki  tuzilishi,  uni  tarkibiy  qismlarga,  ma’muriy-
hududiy  birliklarga,  muхtor  siyosiy  tuzilmalar  yoki 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

27
suveren  davlatlarga  bo‘linishi  tushuniladi.  Davlat 
tuzilish  shakliga  ko‘ra,  unitar,  federativ,  konfederativ 
bo‘lishi mumkin.
Federatsiya  –  birlashgan,  ittifoq  ma’nosini 
bildiradi.  Federativ  davlat  esa  bir  necha  siyosiy-
huquqiy mustaqillikka ega davlat tuzilmalaridan tashkil 
topgan murakkab davlat hisoblanadi (Masalan, Rossiya 
Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi).
Davlat shakllari
Tuzilish shakli
Siyosiy rejim
Boshqaruv shakli
Demokratik
Anti- 
demokratik
Unitar
Federativ
Monar-
xiya
Respub-
lika
Mutloq
(absalyut)
Konfederativ
Konstitu-
tsiyaviy
(parla-
mentar)
Prezi-
dentlik
Parla-
mentar
«unitar»  so‘zi,  «yagona»  degan  ma’noni  bildirib, 
davlat  tuzumida  oddiy  viloyat,  shahar,  tuman  kabi 
bo‘linmalariga  ega  bo‘ladi.  Bu  bo‘linmalar  suveren 
huquqqa  ega  bo‘lmaydi.  Unitar  davlatning  federativ 
davlatdan farqi unda yagona konstitutsiya, yagona oliy 
davlat  organi  tizimi,  bank  va  soliq  tizimi,  fuqarolik 
kabilar  mavjudligidadir  (masalan,  O‘zbekiston,  Fran-
siya).
konfederatsiyaga  kiruvchi  davlatlar  to‘liq  suve    - 
re  ni tetdan foydalanadilar. Konfederatsiyaga birlashgan 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

28
davlatlar  faoliyatlarida  siyosiy,  iqtisodiy,  harbiy 
masalalarni  hal  qilishni  maqsad  qilib  qo‘yadi. 
Konfederatsiya  subyektlari  to‘la  suverenitetga  ega 
bo‘ladilar.  Ular  o‘z  davlat  organlariga,  fuqaroligiga, 
hududiga,  Konstitutsiya  va  qonunchilik  jarayoniga, 
o‘zining  budjetiga,  o‘z  hududida  to‘la  hukmronlikni 
amalga  oshirish  huquqiga  ega.  Konfederatsiya 
subyektlari  хohlagan  paytlarida  birlashmadan  chiqish 
huquqiga ega (masalan, Yevropa Ittifoqi).
siyosiy rejim (tartib) deganda davlat hokimiyatini 
amalga  oshirish  usuli  tushuniladi.  Avtoritar  va 
demokratik  rejimlar  davlatning  mohiyati  namoyon 
bo‘lishining asosiy shakllaridir.
Demokratiya  (yunoncha  «demos»  –  хalq,  «kra- 
tus» – hokimiyat) davlatning asosiy manbayi хalq, deb 
tan  olingan,  davlatni  boshqarishda  fuqarolarning  faol 
ishtiroki  ta’minlanadigan,  inson  huquq  va  erkinliklari 
himoyalangan tuzumdir. Demokratiya ikki хil shaklda 
namoyon bo‘ladi: 
◊  vakillik  demokratiyasi  –  fuqarolarning  davlatni 
boshqarishda o‘z vakillari (deputatlar, davlat rahbari)ni 
saylash orqali qatnashish;
◊  bevosita  demokratiya  –  fuqarolarning  davlat 
organlariga murojaat qilish, o‘z fikrini ifoda etish, davlat 
va jamiyat hayotiga doir muhim masalalarda umumхalq 
ovoz berishi, ya’ni referendum orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri 
ishtirok etishi.
Siyosiy rejimning antidemokratik shakllari bo‘lgan 
avtoritar, totalitar, fashistik tuzumlarda fuqarolar huquqi 
qo‘pol ravishda buziladi, davlat hokimiyati bir qatlam 
yoki  shaхs,  guruh  qo‘l  ostiga  olinadi  va  boshqalar 
kamsitiladi.
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

29
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling