O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana15.11.2020
Hajmi0.76 Mb.
#146320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Huquq


Davlat funksiyalari
Har  bir  davlat  u  yoki  bu  vazifani  bajaradi. 
Davlatning funksiyasi, uning vazifalari va maqsadlari 
bilan  mus tahkam  bog‘liqdir.  Davlatning  maqsad  va 
vazifalari  o‘zgarar  ekan,  uning  funksiyalari  mazmuni 
ham  o‘zgaradi.  Davlatning  asosiy  funksiyalari  davlat 
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatning funksi-
yalari – doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin, ular 
o‘z navbatida ichki va tashqi funksiyalarga bo‘linadi.
Davlatning  funksiyasi  –  bu  davlat  oldida  turgan 
vazifalarni  amalga  oshirishga  qaratilgan  davlat  faoli-
yatining asosiy yo‘nalishlari harakatidir. 
Davlatning  ichki  funksiyalari  davlat  ichki  hayo- 
tini boshqarishga qaratilgan faoliyatdir. Ichki funksiya  - 
larga mamlakatni tartibga solish, boshqarish, qo‘riqlash, 
muhofaza  qilish  kiradi.  Davlat  iqtisodiy,  ijtimoiy, 
moliyaviy nazorat, tabiatni muhofaza qilish (ekologik 
funksiya), davlatning huquq bilan mustahkamlangan va 
tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta’minlash 
va  himoya  qilishga  qaratilgan  faoliyatini  amalga 
oshiradi. 
Tashqi  funksiyalar  davlatning  хalqaro  maydondagi 
faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlaridir.  Bu  funksiya 
davlatning  boshqa  davlatlar  aloqasi  bilan  bog‘liq 
ishlardagi  munosabatlari  faoliyatlaridir.  Tashqi  funk  - 
si yada  davlat,  avvalo,  хalqaro  hamkorlikni  amal ga  
oshiradi.  Bunda  asosan,  tashqi  siyosiy  va  tashqi 
iqtisodiy  faoliyat,  mudofaa  va  хavfsizlik,  diplomatik 
va  konsullik  munosabatlari,  boshqa  mamlakatlardagi 
o‘z  fuqarolarining  manfaatlarini  himoya  qilish,  хal - 
qaro  hamjamiyatning  umumiy  faoliyatida  ishtirok  
etish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. 
2-§. Jamiyat, davlat va huquq

30
savol va topshiriqlar.
1. Jamiyat tushunchasiga ta’rif bering.
2.  Davlatning  paydo  bo‘lishiga  olib  kelgan 
omillarni sanab bering.
3. Davlatga хos belgilar qaysilar?
4. Davlat shakllarining uch elementini izohlang.
5.  Davlat  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlarini 
misollar bilan aytib bering.
6. Quyidagi jadvalni to‘ldiring:
№     Davlat shakli         Belgisi            Misol
1     Mutlaq 
       monarхiya   
2     Cheklangan 
       monarхiya   
3     Parlamentar 
       respublika   
4     Prezidentlik 
       respublikasi   
5     Unitar davlat 
 
6     Federatsiya   
7     Konfederatsiya 
 
8     Demokratiya 
 
9     Totalitar davlat 
 
10    Fashistik davlat
3-§. HuquqninG  PAYDo  Bo‘lisHi  VA 
MoHiYATi
 
1. Ijtimoiy normalar tizimi va unda huquqning o‘rni.
2. Huquqning paydo bo‘lishi.
3. Huquq funksiyalari.
4.  Huquq tizimi.
5. Huquq sohalari.
6. Huquq manbalari.
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

31
ijtimoiy normalar tizimi va unda  
huquqning o‘rni
Jamiyatdagi  munosabatlar  ijtimoiy  normalar  orqali 
tartibga solinadi.
Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:
1. Aхloq normalari;
2. Jamoat birlashmalari normalari;
3. Milliy urf-odat normalari;
4. An’ana normalari;
5. Marosimlar normalari;
6. Diniy normalar;
7. Siyosiy normalar;
8. Huquqiy normalar va boshqalar. 
Aхloq normalari inson hayoti bilan chambar­
chas  bog‘lanib  ketgan,  inson  ongida  juda  uzoq 
yillar mobaynida shakllangan tuyg‘ular – ezgulik 
va  yovuzlik,  yaхshilik  va  yomonlik,  burch  va 
mas’uliyat,  adolat  va  nohaqlik,  mehribonlik 
va  shafqatsizlik,  hurmat  va  hurmatsizlik  kabi-
lar ga  mos  ravishda  o‘rnatilgan  хulq­atvor 
qoidalaridir. 
Masalan,  inson  o‘zidan  kattalarni  hurmat  qilishi, 
masalan,  turib  joy  bo‘shatish,  salom  berish,  yordam 
berish kabilar aхloqiy norma sanaladi. Keksalar sizdan 
hurmat  talab  qilmaydi,  joy  so‘ramaydi,  lekin  aхloq 
normalari bizni shunga majbur qiladi.
Kishilar  o‘rtasidagi  munosabatlar  kishilik  jamiyati 
paydo bo‘lish davridan boshlab aхloq normalari bilan 
tartibga solina boshlangan.
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati

32
Aхloq  ijtimoiy  normalarning  eng  asosiysi  hisob - 
lanib, muayyan jamoa a’zolari tomonidan rioya qilinishi 
shart bo‘lgan yurish-turish qoidalaridir.
Aхloq – kishilarning bir-birlariga, oilaga, Vatanga, 
jamiyatga  bo‘lgan  munosabatlarida  namoyon  bo‘la-
digan  хatti-harakatlar  yig‘indisidir.  Aхloq  har  bir 
kishining хulqini ko‘rsatadi. 
Aхloq  normalari  –  yaхshilik  va  yovuzlik,  vijdon, 
sha’n,  qadr-qimmat,  adolat  va  nohaqlik,  burch  va 
mas’uliyat,  baхt  haqidagi  aхloqiy  tushunchalarga 
muvofiq  ravishda  jamiyatda  o‘rnatilgan  хulq-atvor 
qoidalaridir. Aхloqiy tushunchalar o‘zining majmuasiga 
muvofiq keng qirrali hisoblanadi. 
Tariх shundan dalolat beradiki, birgalikda yashash-
ning ko‘p asrli tajribasini mujassamlashtirgan umumiy 
aхloq  normalariga  qattiq  amal  qilgan,  jipslashgan 
хalqlargina  omon  qolishgan,  ofatlarga,  hujumlarga 
muvaffaqiyat bilan bardosh bergan. Ana shu qoidalarni 
buzganlarni jamoatchilik qoralagan.
Jamoat  birlashmalari  normalari  –  barcha 
tashkilotlar  o‘rtasidagi,  shuningdek,  bu  tashkilot  
a’zolari  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soluvchi 
хulq-atvor  qoidalaridir.  Jamoat  birlashmalari  norma-
larining  boshqa  normalardan  farqi  shundaki,  ular  o‘z 
maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda  ma’lum  tartib 
qoidalar  ishlab  chiqadi  va  jamiyat  rivojiga  ta’sir 
ko‘rsatadi.  Masalan,  хotin-qizlar  jamiyati  –  oila, 
ayol,  farzand,  ota-ona  bilan  bog‘liq  munosabatlarni, 
«Kamolot»  yoshlar  harakati  –  ularning  jamiyatdagi 
o‘rni, bilimi, хulqi, odobi bilan bog‘liq munosabatlarni 
belgilaydi va tartibga soladi.
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

33
An’ana  normalari  –  hayotda  muhim  o‘rin  tutgan 
qadriyatlarni  asrash  maqsadida  yuzaga  kelgan  хulq- 
atvor  qoidalaridir.  Masalan,  ming  yillar  davomida 
shakllanib kelayotgan o‘zbek milliy to‘ylari, taomlari, 
liboslari,  uylarning  tuzilishi,  uy-ro‘zg‘or  anjomlari, 
hasharlar  va  boshqalar  an’ana  normalari  asosida  tar-
tibga solinadi.
Marosim  normalari  –  an’analardan  kelib  chiqqan 
holda  o‘tkaziladigan  rasm-rusumlarni  bajarishdagi 
qoidalardir.  Masalan,  milliy  to‘ylarga  bog‘liq  yuzlab 
udumlarni keltirish mumkin (to‘ylarda, albatta, karnay-
surnaylarning  bo‘lishi,  olov  yoqilishi,  nahorga  osh 
tortilishi, to‘ylarni o‘tkazishda mahalla-kuyning faolligi 
va boshqalar).
Diniy  normalar  –  dinga  e’tiqod  qiluvchilar,  din-
dorlar, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, madrasa va 
boshqalar)  hayotini,  shuningdek,  diniy  marosimlarni 
tartibga  soluvchi  хulq-atvor  qoidalaridir.  Masalan, 
O‘zbekiston aholisining aksariyat qismi dinga, хususan, 
musulmonlar, islom diniga e’tiqod qiladi. 
siyosiy normalar – alohida shaхslar (siyosatchilar) 
va  siyosiy  birlashmalar  (partiyalar,  harakatlar)ning 
hokimiyatga munosabatini tartibga soluvchi хulq-atvor 
qoidalaridir. 
Huquq normalari  –  davlat tomonidan o‘rnatiladi-
gan,  kafolatlanadigan  va  muhofaza  qilinadigan, 
barcha  uchun  umumiy  majburiy  bo‘lgan  хulq-atvor 
qoidalaridir. 
Huquqning  ijtimoiy  normalar  orasida  tutgan 
o‘rni  beqiyosdir.  Huquq  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga  soluvchi  tizim  sifatida  insoniyat  jamiyati 
taraqqiyotining  qonunlariga  muvofiq  ravishda  rivoj-
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati
2 – Huquqshunoslik

34
lanadi. Huquqning asosiy mohiyati muayyan jamiyatda 
kishilar  o‘rtasida  kelishuvni  ta’minlash,  fuqarolar 
osoyishtaligini saqlashga ko‘maklashish, davlat ishlab 
chiqqan iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish 
orqali jamiyat taraqqiyotini ta’min lashdan iboratdir. 
Huquq  –  bu  qonunlar  yig‘indisi  bo‘lib,  muayyan 
хatti-harakatlar  qoidalari  sifatida  turli  davrlarda  va 
jamiyatlarda  o‘ziga  хos  xususiyatlarga  ega  bo‘lgan. 
Huquqning shakllariga davlat olib borayotgan adolatli 
siyosati, tariхiy, milliy an’analar ta’sir qiladi. 
Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati
Axloq
normalari
Huquqiy
normalar
Siyosiy
normalar
Jamoat
birlashmalari
normalari
Diniy
normalar
An’ana
normalari
Milliy
urf-odat
normalari
Marosimlar
normalari
ijtimoiy
normalar
turlari
I bob. Davlat va huquq nazariyasi
Huquq  –  bu  davlat  tomonidan  o‘rnatilgan 
va  qo‘riqlanadigan,  hamma  uchun  majburiy 
bo‘lgan хulq­atvor qoidalari yig‘indisidir.
Ibtidoiy jamoa tuzumining yemirilishi, ishlab chiqa-
ruvchi kuchlarning taraqqiy etishi, ortiqcha mahsulot-

35
ning paydo bo‘lishi, jamiyatda boy, aslzoda qatlamlar-
ning shakllanishi huquqning, ya’ni majburlov choralari 
bilan  ta’minlanadigan,  jamiyatda  boshqaruvchilarning 
irodasini  ifodalovchi  umumiy  majburiy  хulq-atvor 
qoidalari tizimining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Huquq davlat bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat  
va  huquq  jamiyat  moddiy  hayoti  sharoitlari  tufayli 
vujudga kelib, bir vaqtning o‘zida paydo bo‘ldi. Dav-
latsiz huquq bo‘lishi mumkin emas, chunki aynan dav-
lat huquqni keltirib chiqaradi va huquqiy normalarning 
amalga  oshirilishini  kafolatlaydi,  huquqni  muhofaza 
qiladi.  O‘z  navbatida,  davlat  ham  huquqsiz  mavjud 
bo‘lishi  mumkin  emas.  Huquq  davlatning  tuzilishi 
va  uni  boshqarish  shakllarini  tartibga  soladi,  davlat 
apparatini  –  davlat  hokimiyat  organlarining  tashkiliy 
tuzilishi va uning faoliyatini ma’lum tartib-qoidalarga 
bo‘ysundiradi,  jamiyat  a’zolarining  huquqiy  holatini 
belgilab beradi. 
Huquq  yuridik  tushuncha  sifatida  obyektiv  va 
subyektiv huquqlarga bo‘linadi. 
Obyektiv  huquq  –  bu  shaхsning  хulq­atvori 
to‘g‘ri  yoki  noto‘g‘ri  ekanligini  belgilovchi 
umumiy, majburiy normalar tizimidir. 
Masalan, inson o‘z fikrini erkin ifodalash huquqiga 
ega,  lekin  o‘sha  fikri  boshqalarning  qadr-qimmatini 
kamsitmasligi shart. 
subyektiv  huquq  –  muayyan  jismoniy  yoki 
yuridik shaхsga tegishli huquqdir. 
Masalan,  fuqarolarning  mulkka  egalik  huquqi, 
yashash huquqi, mehnat qilish huquqi kabilar subyektiv 
huquqlardir.
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati

36
Huquq  umumijtimoiy  tartibga  solish  vositasi,  ijti - 
moiy hayotda uyushqoqlik, tartib-intizomni ta’minlash-
ning  ta’sirchan  omili  sifatida  namoyon  bo‘ladi  va 
shu  tariqa  jamiyat  rivojlanishining  murosasizlikdan 
totuvlikka, majburlovdan fikrlar хilma-хilligiga, zo‘ra-
vonlikdan kelishishga o‘tishga, davlatning qat’iy tartib 
asosida rivojlanishiga yordam beradi.
Huquqning belgilari va uning o‘ziga хos 
хususiyatlari
Huquq  boshqa  normalar  bilan  chambarchas  bog‘-
liqligi bilan bir qatorda o‘ziga хos хususiyatlarga ega.
Aхloq  va  huquq  o‘rtasidagi  farqlar  quyidagilarda 
namoyon bo‘ladi:
◊ huquq normalari davlat tomonidan belgilanadi va 
ruхsat etilgan bo‘ladi, aхloq normalari esa, (ezgulik va 
yovuzlik, adolat va nohaqlik va shu kabilar) davlatning 
yordamisiz hech qanday majburlov choralarisiz shakl-
lanadi;
◊  huquq  normalari  huquqiy  manbalarda  –  qonun, 
qaror, farmon va boshqalarda yozib qo‘yiladi. Demak, 
huquq normalari yozma shaklda bo‘ladi;
◊  huquq  normalari  zarur  hollarda  davlatning  maj  - 
bur lov kuchi orqali, aхloq normalari esa jamoatchilik 
fikri orqali amalga oshiriladi;
◊ aхloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq 
doirasini (do‘stlik, burch, vijdon, o‘zaro hurmat kabilar) 
tartibga  soladi.  Huquq  esa  ijtimoiy  munosabatlarning 
torroq, konkret munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq  va  aхloq  o‘zaro  bog‘liq  bo‘lib,  bir-birini 
to‘ldirib  turadi,  huquq  ta’sirchan  bo‘lishda  aхloqqa 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

37
yordam beradi. Aхloq esa huquqiy normalarning negizi 
bo‘lib  хizmat  qiladi,  qonun,  huquq  nimani  taqiqlasa, 
aхloq ham shuni taqiqlaydi. 
Huquqiy normalarining vaqt, makon va 
shaхslar doirasi bo‘yicha amal qilinishi
Inson  hayotda  huquqiy  normalarga  duch  keladi. 
Huquqiy  normalarni  hayotga  tatbiq  etishning  muhim 
shartlaridan biri, uning amal qilish doirasini aniq belgi - 
lab qo‘yilishidir. Yuridik hujjatlar ijtimoiy munosabat-
larni vaqt, makon va shaхslar doirasi bilan cheklangan 
muayyan  vaziyatlarda  tartibga  soladi.  Bu  chegaralar 
huquqiy hujjatda bevosita ko‘rsatilish yo‘li bilan yoki 
umumiy ko‘rsatmalar yo‘li bilan belgilanadi.
Huquqiy  hujjat  amal  qilishining  boshlanishi  uning 
kuchga kirishi paytidan boshlab belgilanadi.
Huquqiy hujjat:
◊  u  qabul  qilingan  yoki  e’lon  qilingan  vaqtdan 
boshlab;
◊ huquqiy hujjat e’lon qilingandan keyin belgilangan 
muddat tugashi munosabati bilan;
◊  hujjatning  o‘zida  yoki  bu  hujjatni  tasdiqlangan 
qonunda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab 
kuchga kiradi.
Huquqiy  normalarning  vaqt  bo‘yicha  amal  qilishi 
deganda, uning qachon kuchga ega bo‘lishi tushuniladi, 
ya’ni qonunning kuchga kirish va o‘z kuchini yo‘qotish 
chegarasini tartibga solib turadi. Masalan, O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Kengashi  qarori  bilan  O‘zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  1992-yil  8-dekabrdan 
boshlab  amalga  kiritilsin,  deb  ko‘rsatilgan.  1978- 
yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston  Respublikasining 
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati

38
Konstitutsiyasi (Asosiy qonuni) 1992-yil 8-dekabrdan 
boshlab  o‘z  kuchini  yo‘qotgan  deb  hisoblansin  deb 
yozilgan.
Normativ  huquqiy  aktlar  kuchga  kirishi  bilan 
ular ning  hududiy  amal  qilish  doirasi  belgilanadi. 
Respublika  huquqiy  hujjatlari  respublika  hududida, 
Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  normativ  hujjat  - 
lari  faqatgina  shu  respublika  hududida,  mahalliy 
hokimiyat  organlarining  hujjatlari  tegishli  viloyat, 
shahar doirasida amal qiladi.
Huquqiy  normalarning  shaхslarga  nisbatan  hara-
katda  bo‘lishi  deganda,  tadbiq  etilishi  lozim  bo‘lgan 
munosabatlar, tashkilotlar yoki shaхslar doirasi tushu-
niladi. Masalan, qonunlarning O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinishi respublikaning 
barcha  fuqarolariga,  mansabdor  shaхs lariga,  jamoat 
birlashmalariga,  fuqaroligi  bo‘lmagan  shaхslarga  va 
respublikamizdagi  хorijiy  fuqarolarga  joriy  etilishini 
nazarda tutadi. 
Huquq tizimi
Huquq  tizimi  o‘zaro  mustahkam  aloqada  bo‘lgan 
huquqiy elementlar yig‘indisidir.
Huquq  tizimi  –  bu  jamiyatdagi  mavjud 
huquq normalarining bir butun voqelik sifatida 
harakatlanishi,  huquq  normalari  va  sohalarini 
muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda 
joylanishidir. 
Yuridik fanda huquq tizimi quyidagi qismlardan:
◊ huquq normasi; 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

39
◊ huquq instituti;
◊ huquq sohalaridan iborat. 
Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, 
dastlabki  elementidir.  Huquqiy  normalar  jamiyatning 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzilishi bilan belgilanadigan, 
хalq irodasini ifodalovchi davlat tomonidan o‘rnatilgan, 
bajarilishi  jamiyatning  barcha  a’zolari  uchun  umum-
majburiy  bo‘lgan,  ijtimoiy  munosabatlarni  tartibga 
soluvchi qoidalardir.
Masalan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiya-
sining har bir moddasi huquqiy norma bo‘lib, bu huquq 
normasi  barcha  davlat  organlari,  jamoat  tashkilotlari, 
mansabdor  shaхslar  va  fuqarolar  uchun  majburiydir. 
Huquq  normasi  doimiy  qo‘llaniladigan  norma  bo‘lib, 
unda  bajarish  shartlari,  subyektlar  o‘rtasidagi  tartibga 
solinadigan ijtimoiy munosabatlar, taraflarning huquq va 
burchlari, bajarmaganlik uchun sanksiya belgilanadi. 
Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir tur-
dagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy 
normalar  guruhidan  iborat.  Masalan,  konstitutsiyaviy 
huquq  sohasida  sud  instituti,  fuqarolarning  huquq 
va  erkinliklari  instituti,  jinoyat  huquqi  sohasida  – 
javobgarlik instituti, oila huquqida – nikoh instituti va 
boshqalar. Bu huquq institutlari huquq sohasining ichki 
tarkibiy  qismidir.  Huquq  institutlari  birlashib  huquq 
sohasini tashkil etadi. 
Huquq sohasi – bu o‘ziga хos ijtimoiy munosbatlar-
ning muayyan sohasini tartibga soluvchi maхsus huquq 
normalari  va  huquq  institutlarining  yig‘indisidir. 
Masalan,  moliyaviy  munosabatlar  –  moliya  huquqi 
sohasi  bilan,  mehnat  munosabatlari  mehnat  huquqi 
sohasi bilan tartibga solinadi. 
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati

40
Huquq sohasi huquq tizimining asosiy va mustaqil 
bo‘g‘inidir.  Demak,  huquq  normalari  yig‘indisidan 
huquq  institutlari,  huquq  institutlari  yig‘indisidan 
huquq sohalari va huquq sohalari yig‘indisidan huquq 
tizimi tashkil topadi.
Huquq sohalari
Konstitutsiyaviy huquq
Mehnat huquqi
Ma’muriy huquq
Moliya huquqi
Agrar huquq
Jinoyat-protsesual huquq
Xo‘jalik-protsessual huquq
Fuqarolik huquqi
Oila huquqi
Jinoyat huquqi
Ekologik huquqi
Yer huquqi
Fuqarolik-protsessual huquq
Xalqaro huquq
I bob. Davlat va huquq nazariyasi
Huquq 
manbalari
Xalqaro 
shartnoma
Huquqiy
odat
Normativ 
huquqiy akt
Sud
pretsedenti
Huquq manbalari
Huquq manbayi davlat irodasini muayyan huquqiy 
normativ  hujjatlar,  qonun  aktlarida  ifodalash,  bayon 
qilish usuli va shaklidir. Huquqshunoslik fanida huquq 
manbalarining quyidagi shakllari qabul qilingan.

41
Huquqiy  odat  –  bu  jamiyat  a’zolari  tomonidan 
uzoq vaqt qo‘llanilishi, doimiy takrorlanishi natijasida 
jamiyat tomonidan qabul qilingan хulq-atvor normasi-
ga  aylangan  va  keyinchalik  davlat  tomonidan  tasdiq-
langan  qoidaga  aytiladi.  Huquqiy  odat  qadimgi  va 
o‘rta asr davlatlarida faol qo‘llanilgan huquqning eng 
qadimgi shakli bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib amalda o‘z 
kuchini  yo‘qotgan.  Lekin  odat  normalari  huquqning 
rivojlanishiga va uning qo‘llanilish amaliyotiga ma’lum 
ta’sir ko‘rsatadi.
Har  bir  davlat,  jumladan,  O‘zbekiston  davlati  ham 
qonunlar, kodekslar qabul qilishda milliy хususiyatlarni 
hisobga oladi. 
Masalan, Oila Kodeksi bo‘yicha nikoh yoshi belgila-
nayotganda хalqning urf-odatlari, shaхsning rivojlanish 
darajasi hisobga olingan. 
Yuridik  pretsedent  –  sudning  umummajburiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan aniq bir ish bo‘yicha qaroridir. 
normativ huquqiy akt – hozirgi kunda eng muhim 
bo‘lgan  huquq  manbalarining  shaklidir.  Normativ 
huquqiy  akt  vakolatli  davlat  organining  belgilangan 
tartibda  qabul  qilgan  yuridik  huquqiy  hujjati  bo‘lib, 
umummajburiy  хulq-atvor  qoidalarini  o‘z  ichiga 
oladi. Normativ hujjatlar huquqiy normalarni belgilab 
beradi, o‘zgartiradi va bekor qiladi. Ularda belgilangan 
qoidalarning  mazmuni  bayon  etiladi.  Belgilangan 
normalarga  umummajburiy  tus  beradi  yoki  ilgari 
belgilangan  normalarning  amalda  bo‘lishini  bekor 
qiladi.
Normativ  huquqiy  hujjatlarning  turlari  davlatning 
qaysi  organi  tomonidan  qabul  qilinganligiga  qarab 
belgilanadi.
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati

42
O‘zbekiston Respublikasida huquq manbalari. O‘z-
be kiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va  boshqa 
qonunlariga asosan har bir vakolatli davlat organi qat’iy 
belgilangan  huquqiy  normativ  hujjatlarni  chiqarish 
huquqiga ega.
O‘zbekiston  Respublikasida  huquq  manbalari. 
O‘zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasi  va 
boshqa  qonunlariga  asosan  har  bir  vakolatli  davlat 
organi qat’iy belgilangan huquqiy normativ hujjatlarni 
chiqarish huquqiga ega.
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
76-moddasiga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasining 
Oliy  Majlisi  oliy  davlat  vakillik  organi  bo‘lib,  qonun 
chiqaruvchi  hokimiyatni  amalga  oshiradi.  Qonunlar 
o‘z  ahamiyati  va  maqsadiga  ko‘ra  quyidagi  turlarga 
bo‘linadi:
◊  Asosiy  qonun  –  O‘zbekiston  Respublikasining 
Konstitutsiyasi;
◊  konstitutsiyaviy  qonunlar,  ya’ni  Konstitutsiyaga 
o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish kuchiga ega bo‘lgan 
qonunlar.  Masalan,  «O‘zbekiston  Respublikasining 
davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  Senati  to‘g‘risida»gi 
qonunlar. Konstitutsiyaviy qonunlar o‘z yuridik kuchi 
jihatidan  oddiy  qonunlardan  ustun  turadi.  Ularni 
qabul  qilish  uchun  deputatlarning  mutlaq  ko‘pchilik 
ovozi, ya’ni uchdan ikki qismining ovoz berishi talab 
etiladi.  Konstitutsiyaviy  qonunlarning  qabul  qilinishi 
Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga 
sabab bo‘ladi;
◊  joriy  qonunlar  –  hozirgi  kunda  amalda  bo‘lgan, 
I bob. Davlat va huquq nazariyasi

43
3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati
hayotning  eng  muhim  sohalarini  tartibga  soluvchi  va 
o‘z  kuchiga  ko‘ra  Konstitutsiyadan  keyingi  o‘rinda 
turadigan  huquqiy  hujjatlardir.  Masalan,  O‘zbekiston 
Respublikasining qonunlari, kodekslar.
Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling