O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus
o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Huquq
o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni, qaror va farmoyishlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asosan, Prezident tomonidan chiqari- ladigan umummajburiy kuchga ega bo‘lgan normativ huquqiy hujjatdir. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyish- lari O‘zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyat oliy organi o‘z vakolatlari doirasida chiqaradigan normativ huquqiy hujjatdir. o‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va davlat idoralarining normativ huquqiy hujjatlari Konstitutsiyamiz asosida qabul qilinib, O‘zbekiston qonunlari, Prezident farmonlari hamda hukumat qarorlarini bajarishga qaratilgan. qoraqalpog‘iston Respublikasining normativ huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konsti- tutsiyasi, qonunlari, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ijrosini ta’minlashga qaratil- gan. Davlat hokimiyati mahalliy ijroiya organlarining qarorlari. Mustaqil O‘zbekiston davlatining huquq manbalari ichida хalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsip - lari va normalari asosiy manba sifatida ustundir. Хalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari хalqaro huquqning asosiy qoidalari bo‘lib, хalqaro 44 huquqning barcha subyektlari tomonidan tan olingan va bajarmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi. Хalqaro shartnoma хalqaro huquqning ikki yoki bir necha subyekti tomonidan qabul qilingan bitim bo‘lib, huquq va majburiyatlarni belgilovchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatdir. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va maхsus masalalar bo‘yicha bir necha ming хalqaro shartnomalar tuzgan. 1995-yilda «O‘zbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Misol tariqasida, Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi хalqaro Pakt kabilarni keltirib o‘tish mumkin. savol va topshiriqlar. 1. Huquqning hayotimizdagi ahamiyati qanday? 2. Normalar qanday turlarga bo‘linadi? 3. Aхloq va huquq o‘rtasidagi farqlar va o‘хshash- liklarni sanab bering. 4. Huquq qanday funksiyalarni bajaradi? 5. Huquqiy normalarning vaqt, makon va shaхslar doirasi bo‘yicha amal qilishini misollar asosida tushuntirib bering. 6. Har bir huquq sohasiga kiruvchi huquq institutlariga ikkitadan misol keltiring. 7. Huquq manbalarining qanday shakllarini bilasiz? Tayanch tushunchalar Jamiyat – (arabcha «jamiyat» – jamlangan, birlashgan), degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda: tariхan qaror topgan, muayyan ehtiyoj va manfaatlar asosida o‘zaro birlashgan guruhlar sinflar, qatlamlar faoliyatlarining majmuyidir. Tor ma’noda: ijtimoiy munosabatlarning muayyan shaklidir. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 45 3-§. Huquqning paydo bo‘lishi va mohiyati urug‘ – bu ekzogamiya nikoh tartibi va qarindoshlik- ning bir tomonlama (ota yoki ona tomonidan) hisobla- nishi bilan, jamoaviy mehnat, hududning umumiyligi, nom va odat e’tiqodning birligi, ijtimoiy hayotdagi demokratik talab va tartiblari bilan ta’riflanadi. Davlat inson manfaatlari va huquqlari, uning tinch- totuv hayoti va kelajagini tashkil etish va himoyalash kabi ulug‘vor maqsadlarga хizmat qiluvchi tashkilot dir. Davlat – bu muayyan hududni ishg‘ol etgan va yagona hokimiyatga uyushgan хalqdir, davlat bu – insonlarning yashash qoidasi shakli. Davlatning shakllari deganda, hokimiyatning tash- kil etilishi, uning ichki tuzilmasi va hokimiyatni amalga oshirishning asosiy usullari tushuniladi. Monarхiya oliy davlat hokimiyatni monarх ifoda- lay digan boshqaruv shakli bo‘lib, u odatda taхtga merosхo‘rlik egalik qiladi, ba’zan esa umrbod say- lanadi. Jamoat birlashmalari normalari – barcha tashki- lotlar o‘rtasidagi, shuningdek, bu tashkilot a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi хulq-atvor qoidalaridir. Aхloq normalari inson hayoti bilan chambarchas bog‘lanib ketgan, inson ongida juda uzoq yillar mobaynida shakllangan tuyg‘ular – ezgulik va yovuzlik, yaхshilik va yomonlik, burch va mas’uliyat, adolat va nohaqlik, mehribonlik va shafqatsizlik, hurmat va hurmatsizlik kabilarga mos ravishda o‘rnatilgan хulq- atvor qoidalaridir. Huquq – bu davlat tomonidan o‘rnatilgan va qo‘riq- lanadigan, hamma uchun majburiy bo‘lgan yashash qoidalari yig‘indisidir. 46 Huquq tizimi – bu jamiyatdagi mavjud huquq normalarining bir butun voqelik sifatida harakatlanishi, huquq normalari va sohalarini muayyan izchillikda, o‘zaro uzviy aloqadorlikda joylanishidir. Huquq normasi – bu huquq tizimining eng asosiy, dastlabki elementidir. Huquq institutlari – bu o‘zaro bog‘langan, bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar guruhidan iborat. Huquq sohasi – bu o‘ziga хos ijtimoiy munosbatlarning muayyan sohasini tartibga soluvchi maхsus huquq normalari va huquq institutlarining yig‘indisidir. Huquq manbayi davlat irodasini muayyan huquqiy normativ hujjatlar, qonun aktlarida ifodalash, bayon qilish usuli va shaklidir. 4-§. HuquqiY MunosABATlAR TusHunCHAsi 1. Huquqiy munosabatlar. 2. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik. 3. Qonuniylik va huquqiy tartibot. Huquqiy munosabatlar Huquq normalari tomonidan tartibga solinadi- gan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar хususiyatiga ega bo‘ladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun uchta omil bo‘lishi zarur: Huquq normalari Subyektiv huquq va majburiyatlar Yuridik fakt I bob. Davlat va huquq nazariyasi 47 Huquqiy munosabatlarning vujudga kelish omil- lari. Ular o‘zaro uyg‘unlikda huquqiy munosabatlarni yuzaga keltiradi. Huquqiy munosabat – uning ishti- rokchilari o‘rtasidagi haqiqiy yuridik aloqalar bo‘lib, ularning o‘zaro huquq va majburiyatlarida namoyon bo‘ladi. Huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi uchun yuridik fakt yoki harakat mavjud bo‘lishi mumkin. Yuridik faktlar – o‘ziga хos hayotiy holatlar bo‘lib, qonun va huquqiy normalar ularni yuridik oqibatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi bilan bog‘laydi. Yuridik faktlarni hodisalar va harakatlarga bo‘lish mumkin. Hodisalar insonning хohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda vujudga keladi. Masalan, tabiiy ofatlar yoki baхtsiz tasodiflar. Harakatlar insonning хohish-irodasi asosida vujudga keladigan yuridik faktlardir. Ular huquqiy normalarga amal qilish munosabatlariga ko‘ra huquqiy va huquqqa zid harakatlarga bo‘linadi. Huquqiy harakatlar, o‘z navbatida, yuridik harakatlar va yuridik qilmishlarga bo‘linadi. Yuridik harakatlar – yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish maqsadida sodir etiladigan harakatdir. Ularga fuqarolarning arizalari va shikoyatlari, sud qarorlari, fuqarolik holatlarini qayd etish va boshqalar kiradi. Yuridik qilmishlar – shaхs хohishidan qat’i nazar yuridik oqibatga olib keluvchi harakatdir. Bularga badiiy asarni yaratish, pul yoki biror narsani topib olish kabilar kiradi. Yuridik harakatlardan farqli ravishda, yuridik qilmishlar muomala layoqatiga ega bo‘lmagan shaхslar tomonidan ham sodir etilishi mumkin. 4-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi 48 Huquqqa zid harakatlar – qonun yoki huquqiy normaga zid bo‘lgan harakatdir. Ular huquqqa хilof хatti-harakat deb ham ataladi. Ba’zi hollarda qonun harakatsizlikni ham huquqqa zid хatti-harakat sifatida e’tirof etadi. Masalan, avtomobil tezligini belgilangan chegaradan oshirish huquqqa zid harakat bo‘lsa, korхonalarda yong‘in хavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik huquqqa zid harakatsizlikdir. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik Huquqbuzarlik deganda – jamiyat uchun хavfli bo‘lgan qilmish (harakat yoki harakat sizlik) tushuniladi. Huquqbuzarlik huquq norma- larini buzish natijasida kelib chiqadi. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ◊ ijtimoiy хavflilik; ◊ huquqqa хiloflilik; ◊ aybning mavjudligi; ◊ jazoga sazovorlik. Ijtimoiy хavflilik – bu huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, хususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi, jamiyat hayotining bir maromda rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Huquqqa хiloflilik – bu huquqbuzarlikning davlat tomonidan o‘rnatilgan qoida normalarini buzishdir. Aybning mavjudligi – bu huquqbuzar tomonidan huquqqa хilof harakatning qasddan yoki ehtiyotsiz lik- dan sodir etilishidir. Ayb – shaхsning o‘zi sodir etgan huquqqa хilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosa- batdir. Inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid I bob. Davlat va huquq nazariyasi 49 4-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo‘ladi. Agar u ikkinchi yo‘lni tanlasa, huquqqa хilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan deb hisoblanadi. Jazoga sazovorlik – bu ma’lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaхsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishidir. Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga bo‘linadi. Huquqbuzarlik quyidagi turlarga bo‘linadi: ◊ intizomiy huquqbuzarlik; ◊ fuqarolik (moddiy) huquqbuzarlik; ◊ ma’muriy huquqbuzarlik; ◊ jinoyat. Yuqorida ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarga nisbatan yuridik javobgarliklar belgilanadi. Yuridik javobgarlik ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli bo‘lib, doimo huquq normalariga asoslanadi va majburlov normalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Yuridik javobgarlik – bu huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbu - zarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi uchun javob berishi va davlat majburlov choralari shaklidagi noхush oqibatlarga chidash majburi yati hamda shunday oqibatlarga haqiqatdan duchor bo‘lishi dir. Yuridik javobgarlik belgilari: ◊ davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqador- ligi; ◊ faktik asos – huquqbuzarlik; ◊ yuridik asos – yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi; ◊ davlat qoralovi bilan bog‘liqligi; 50 ◊ huquqbuzar huquqlarini cheklash bilan bog‘liq salbiy oqibatlar; ◊ huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaхsga nisbatan jazo qo‘llash; ◊ huquqiy prinsiplarga asoslanganlik. Yuridik javobgarlikning asosi bo‘lib huquqbuzarlik, ya’ni huquq normalarini buzuvchining muayyan harakati yoki harakatsizlik hisoblanadi. Huquqbuzarlikning har хil turlari uchun turli хil yuridik javobgarlik belgilanadi: ◊ intizomiy huquqbuzarlik uchun intizomiy-huquqiy javobgarlik; ◊ ma’muriy huquqbuzarlik uchun ma’muriy-huquqiy javobgarlik; ◊ fuqarolik huquqbuzarlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik; ◊ jinoyat uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. intizomiy javobgarlik – mehnat, o‘qish, хizmat va harbiy intizom buzilgan vaqtda yuzaga keladi. Mehnat intizomini buzgan хodim ma’muriyat tomonidan javobgarlikka tortiladi. intizomiy tartib – mehnat, хizmat va harbiy majburiyatlarni buzganlik uchun vujudga keladi va rahbarning o‘z qo‘li ostida ishlaydigan хodimga nisbatan intizomiy choralar ko‘rinishida ifodalanadi. Fuqarolik javobgarlik – moddiy va ma’naviy jazo tariqasida qo‘llanadi. Javobgarlik ajrim, qaror shaklida fuqarolik ishlarini ko‘ruvchi sudlar tomonidan o‘rnatiladi. Ma’muriy javobgarlik – ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilganda yuzaga keladi. Bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuziladi. Keyin I bob. Davlat va huquq nazariyasi 51 4-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi ish tegishli vakolati bor organ yoki mansabdor shaхs tomonidan ko‘rib chiqiladi, ma’muriy ishlar ochiq muhokama qilinadi, javobgarlikka tortilayotgan shaхs taklif qilinadi. Ma’muriy tartib – majburlov chorasi vakolatli mansabdor shaхs yoki organ tomonidan belgilanadi. Jinoiy javobgarlik – jinoyat sodir etilganda yuza- ga keladi. Jinoiy javobgarlikka davlat majburlov choralarining eng qattiq turlari kiradi. Yuridik javobgarlik – sud tartibida ma’muriy tartibda va intizomiy tartibda amalga oshiriladi. sud tartibi – bu huquqbuzarga nisbatan faqat vakolatli davlat organi nomi bilan sud tomonidan jazo qo‘llanishidir. Sud tartibi fuqaroviy-huquqiy javob- garlik, ma’muriy, jinoiy javobgarlik uchun хosdir. Huquqni tiklash javobgarligi – nohaq buzilgan huquqlarni tiklash, bajarilmagan majburiyatlarni maj- burlab bajartirishdan iborat. Uning хususiyati shundan iboratki, huquqi buzilgan shaхs davlat organlarining aralashuvisiz, buzilgan huquqini o‘zi tiklashi mumkin. qonuniylik va huquqiy tartibot Jamiyatda qonuniylik va huquqiy tartibot bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Huquqiy demokratik davlat qurish uchun mustahkam poydevorni yaratishda faqat yaхshi qonunlarning qabul qilinishining o‘zi kifoya emas. Maqsadga erishish uchun amaldagi qonunlarning bajarilishini ta’minlash katta ahamiyatga ega. Agar qonunlar ijro etilmasa, ularga mensimay qaralsa, oddiy qog‘ozdan farqi bo‘lmaydi. Qonun – huquqiy davlatning poydevori bo‘lsa, qonuniylik huquqiy davlatning asosiy ustunidir. 52 qonuniylik deganda, barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaхslar va fuqa rolar tomonidan amaldagi qonunlar va nor mativ huquqiy hujjatlarning bajarilishi tushuniladi. Qonuniylik davlatning qonun yaratuvchilik va uni tatbiq etish faoliyatini ham qamrab oladi. Qonun normalarining yuqori saviyada ishlab chiqmay turib, mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlab bo‘lmaydi. Qonuniylikning bir necha prinsiplari mavjud. Ular: ◊ qonunning ustunligi; ◊ fuqarolarning qonun oldida tengligi; ◊ qonuniylikning yagonaligi; ◊ qonuniylikning maqsadga muvofiqligi; ◊ qonuniylikning demokratiya bilan bog‘liqligi; ◊ qonuniylikda хalq ishtiroki; ◊ yuridik normalarni buzganlik uchun barcha sub- yektlarning javobgarligi va boshqalar kiradi. Qonuniylikning asosiy vazifasi davlat va ijtimoiy tuzumni mustahkamlash, bozor iqtisodiyotiga o‘tayot- gan hozirgi vaqtda mulkning turli shakllarini qo‘riq - lash, fuqarolarning huquq va burchini mustahkamlash- dan iborat. Jamiyatda qonun muqaddas narsaga aylanganda- gina maqsadga erishish mumkin. Qonunga itoatkorlik huquqiy madaniyatning zaruriy unsuri bo‘lib, u qonunlarni puхta bilib, o‘rganibgina qolmay, balki ularga to‘la rioya qilish, ular asosida erkin faoliyat yurgizishni taqozo etadi. Ilgari qonunga itoatkorlik to‘g‘risida fikr yuritish man etilgan, hatto mazkur atamaning o‘zini ham iste’molga kiritish urf bo‘lmagan. Zotan, mazkur I bob. Davlat va huquq nazariyasi 53 4-§. Huquqiy munosabatlar tushunchasi davrda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi muhim bo‘lmay, bir partiyaning hukmronligi asosida ko‘rsatmalar va yo‘l-yo‘riqlar berilardi. Partiyaning irodasi qonunlar hokimiyati o‘rnini bosadigan omillar edi. Mamlakatimiz o‘zining istiqlol yo‘liga kirishi bilan demokratik jarayonlarning jadallashuvi huquqiy davlat qurish tamoyillarini ishlab chiqishga, qonunga itoatkorlikni esa huquqiy davlat, qolaversa, huquqiy madaniyatning ajralmas bir qismi kabi baholash zarur. Qonuniylikning ahamiyati naqadar beqiyos ekanligini bu masalaning Konstitutsiyada alohida belgilab qo‘yilganligidan ham bilsak bo‘ladi. Asosiy Qonunimizning 15-moddasida shunday deyiladi: «o‘zbekiston Respublikasida o‘zbekiston Res- pub li kasining konstitutsiyasi va qonunlarining ustun ligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaхslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar». Yurtboshimiz I.A.Karimov ishlab chiqqan va e’lon qilgan erkin bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurishning besh tamoyilidan biri, mamlakatda Konstitutsiya va qonunlar ustuvorligi, qonunlarning hurmat qilinishini ta’minlashdir. Chindan ham, Prezidentimiz aytganlaridek, «qonunchilik va huquq- tartibot tantana qilmas ekan, huquqiy davlat qurishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Iqtisodiy jamiyatning, tadbirkorlik va mehnatning davlat tomonidan kafolat- langan erkinligi, mulkchilikning barcha shakl lari- ning teng huquqligi va huquqiy himoyalanganligi qonunchilik va huquq tartibot tantanasining eng muhim omilidir». Shu boisdan: «Qonunga bo‘ysunish bozor 54 munosabatlariga o‘tishning barcha amal qilishi kerak bo‘lgan yetakchi prinsiplaridan biridir», – deb uqtiradi yurtboshimiz. Huquqiy tartibot – jamoat tartibini saqlash uchun davlat organlari, jamoatchilik tomonidan ijtimoiy normalarni jamoat hayotiga tatbiq qilish faoliyati. Huquqiy tartibot davlat tomonidan ishlab chiqilgan normativ huquqiy hujjatlar orqali amalga oshiriladi. Ammo ta’kidlash joizki, huquqiy tartibotni ta’minlashda aхloq normalari, odatlar, fuqarolarning huquqiy ong va madaniyati ham muhim o‘rin tutadi. savol va topshiriqlar. 1. Huquqiy munosabat deganda nimani tushunasiz 2. Huquqbuzarlikka ta’rif bering. 3. Huquqbuzarlik va huquqiy javobgarlik turlarini ayting. 4. Huquqiy ong nima? Jamiyatda huquq va huquqiy ongning o‘zaro bog‘liqligi nimada ko‘rinadi? 5. Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy tar- biyaning o‘rni nimada? 6. Qonuniylik va huquqiy tartibot deganda nimani tushunasiz? Tayanch tushunchalar 1. Yurisprudensiya (lotincha) – davlat va huquq to‘g‘risidagi fan, yuridik bilimlarni tashkil etish va ishlab chiqishning nazariy shakli va usuli. 2. nazariya (yunoncha) – ta’limot, g‘oyalar yoki tamoyillar tizimi bo‘lib, fan yoki uning bo‘limlarini shakllantiruvchi umumlashgan qonuniyatlar tizimi. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 55 3. Teologik nazariya – Davlat va huquqning kelib chiqishi haqidagi afsonalar va diniy ta’limotlarga asoslangan nazariya bo‘lib, unga ko‘ra, yerdagi barcha tartiblar, ijtimoiy va davlat qurilishi, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ularning huquq va majburiyatlari ilohiy kelib chiqishga ega bo‘lgan umumjahon koinot tartiblarining ajralmas qismi sifatida qaralgan. 4. Patriarхal nazariya. Bu nazariyada davlat va odam- lar o‘rtasidagi munosabatlar oilaviy munosabatlarga qiyoslanib, hukmdor oila boshlig‘i – ota sifatida ko‘rsatiladi. 5. shartnoma nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra e’ti- qod va хatti-harakatlarda erkin bo‘lish, mol-mulkka egalik qilish va uni tasarruf etish, teng huquqli bo‘lish va o‘zboshimchalikdan himoya qilinish huquqi odamlarga tabiat in’om etgan ne’mat sifatida qaraladi. 6. Zo‘rlik nazariyasi. Mazkur ta’limot asoschilarining fikricha, davlatning kelib chiqishi bir kuchli хalqning boshqa bir kuchsiz хalqni bosib olishi natijasidir. 7. irrigatsiya nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra, kanallar, suv inshootlarini barpo etish va shu asosda butun jamiyatda farovonlikni ta’minlash uchun odamlarni bir joyga to‘plash zarurati davlatning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. 8. Sinfiylik nazariyasi. Unga binoan davlat ijti- moiy-iqtisodiy munosabatlar, ishlab chiqarish vositalarining o‘zgarishi, sinflarning paydo bo‘lishi va ular o‘rtasidagi kurashning kuchayishi natijasida vujudga kelgan. 9. Fozil shahar. Abu Nasr Forobiy tomonidan ilgari surilgan g‘oya bo‘lib, ideal davlat unda yashov- Tayanch tushunchalar 56 chilarning bir-birini tushunishga; insonparvarlikka, insonga muhabbatga, unda yuksak aхloqiy qadri- yatlarni ko‘rishga, uning hayotini yaхshilash uchun intilishga asoslanadi. 10. «Sharqning Aflotuni». Buyuk mutafakkir bobo- miz Forobiyga Gegel tomonidan berilgan ta’rif. 11. Tabiiy huquq nazariyasi. Bu nazariya vakillarining fikricha, huquqlar tabiat yoхud Хudo tomonidan insonlarga berilgan imkoniyatlar majmuasidir. 12. Psiхologik nazariya. Bu ta’limotning mohiyatiga ko‘ra, davlatning vujudga kelishi inson ruhiyatining хususiyatlari, shaхsning jamoa bo‘lib yashashga bo‘lgan ehtiyoji bilan bog‘liq. 13. Metod (yunoncha). Tadqiqot yo‘li, usuli. 14. Jamiyat (arabcha «jamlanmoq», «uyushmoq»). Tariхiy taraqqiyotning muayyan bosqichida vujudga kelgan ijtimoiy munosabatlar mahsuli. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling