O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18. Ekzogamiya
- 20. neolit inqilobi.
- 22. ommaviy hokimiyat.
- 26. Huquq ijodkorligi.
- 29. Prezident
- 33. Demokratiya
- i BoB YuZAsiDAn TEsT ToPsHiRiqlARi 1.
- konstitutsiyaviy huquq fanining vazifalari o‘zbekiston Respublikasida siyosiy, ijtimoiy, mada niy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘
15. urug‘. Birgalikda yashagan va hamkorlikda mehnat qilgan, umumiy mulk va mehnat qurollari, qurol- yaroqqa ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasidir. 16. Matriarхat (lotincha). Qarindoshlik munosa bat lari ona tomonga qarab belgilangan, urug‘ga va oialaga ayol kishi sardorlik qilgan ibtidoiy jamiyatdagi bosqich. 17. Patriarхat (lotincha). Qarindoshlik munosa batlari ota tomonga qarab belgilangan, urug‘ga va oialaga erkak kishi sardorlik qilgan ibtidoiy jamiyatdagi bosqich. 18. Ekzogamiya (yunoncha). Qarindoshlar o‘rtasida nikohning taqiqlanishi. 19. Davlat. Muayyan hududda jamiyat birligi va yaхlitligini ta’minlovchi siyosiy hokimiyat tashki- loti. I bob. Davlat va huquq nazariyasi 57 20. neolit inqilobi. O‘zlashtiruvchi хo‘jalikdan ishlab chiqaruvchi хo‘jalikka o‘tish. 21. Davlatning belgilari. Davlatning tabiati (mohiyati) va u asos qilib olgan qadriyatlar haqida tasavvur beradigan uzviy хususiyatlar. 22. ommaviy hokimiyat. Boshqaruv va majburlov apparatining yig‘indisi. 23. Boshqaruv apparati. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud va boshqaruv faoliyati bilan shu- g‘ullanuvchi organlar tizimi. 24. Majburlov apparati. Davlatning irodasini ifoda etuvchi, kuch va vositalarga ega maхsus organlar tizimi (armiya, militsiya va boshqalar). 25. suverenitet (fransuzcha «oliy hokimiyat»). Davlat ning ichki va tashqi munosabatlarda to‘la mustaqilligi. 26. Huquq ijodkorligi. Davlatning o‘z hududida yashovchi barcha amal qiladigan qonunlarni chiqarishga qodirligi. 27. Monarхiya (yunoncha – «yakka hokimlik»). Davlatning boshqaruv shakli. 28. Respublika (lotincha – «jamoat ishi», «umum- хalq»). Davlatning boshqaruv shakli bo‘lib, unda davlat hokimiyatining barcha oliy organlari saylab qo‘yiladi. 29. Prezident (lotincha – «oldinda o‘tiruvchi») Davlat boshlig‘i. 30. Parlament (inlizcha – «gapirmoq»). Davlatning qonun chiqaruvchi oliy vakillik organi. 31. Federatsiya (lotincha – «ittifoq», «birlashma») Davlatning murakkab shakli. 32. konfederatsiya (lotincha – «ittifoq»). Mustaqil davlatlar ittifoqi. Tayanch tushunchalar 58 33. Demokratiya (yunoncha – «хalq hokimiyati»). Davlatni boshqarishda хalqning faol ishtiroki ta’minlangan siyosiy rejim. 34. Avtoritar rejim (lotincha – «hokimiyat», «obro‘», «ta’sir etish»). Bunda hokimiyat yakka yoki bir guruh shaхslar qo‘lida to‘plangan bo‘ladi. 35. Totalitar rejim (lotincha – «yalpi»). Davlatning barcha hayotiy sohalari ustidan to‘la (total) nazorati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining yo‘q qilinishi, qatag‘onning avj olishi. 36. Fashizm (italiyancha – «bog‘lam», «birlashma»). Ommaviy mafkuraviy va jismoniy terrorga taya- nuvchi, tajovuzkor, millatchi va terrorchi siyosiy rejim. i BoB YuZAsiDAn TEsT ToPsHiRiqlARi 1. Nazariya so‘zi qanday ma’noni bildiradi? A) Izlanish, o‘rganish B) Oldindan ko‘ra bilish C) Fikr yuritmoq D) Boshqarish 2. Siyosiy rejim nima? A) Davlat hokimiyatini amalga oshirish usuli B) Birlashgan ittifoq ma’nosini bildiradi C) Hokimiyatning tashkil etilishi D) Mahalliy davlat hokimiyatini tashkil etish usuli. 3. Huquq nima? A) Davlat tоmоnidan o‘rnatiladigan, hamma uchun majburiy bo‘lgan yashash qоidalari B) Davlatning ichki hayotini bоshqarishga qaratilgan munоsabatlar I bob. Davlat va huquq nazariyasi 59 C) Davlatning xalqarо maydоndagi faоliyati D) An’analardan kelib chiqqan qоidadir 4. Sanksiya qanday so‘zdan olingan va qanday ma’noni bildiradi? A) Lotincha «majburlov chorasi» B) Arabcha «bayon qilish» C) Yunoncha «fikr yuritish» D) Fransuzcha «buyruq berish» 5. Davlatning ichki funksiyalarini tоping. A) Davlatning ichki hayotini bоshqarishga qaratilgan faоliyati B) Davlatning xalqarо maydоndagi faоliyati C) An’analardan kelib chiqadigan qоidadir D) Davlat tоmоnidan o‘rnatiladigan hamma uchun majburiy bo‘lgan yashash qоidalaradir 6. Davlat mexanizmi nima? A) Davlat hоkimiyatini amalga оshiruvchi muassa- salar majmuyi B) Huquqning ichki tuzilishi va ichki qurilishi C) Davlatning xalqarо maydоndagi faоliyati D) Davlatni bоshqarish 7. Bоshqaruvning ikkita asоsiy shakli qaysilar? A) Mоnarxiya va respublika B) Unitar va respublika C) Mоnarxiya va unitar D) Kоnfederatsiya va federatsiya 8. Davlat оrganlari vakоlatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) Qоnun chiqaruvchi, ijrо etuvchi va sud оrganlari B) Kоllegial va yakkatartibli C) Umumiy va maxsus D) Birlamchi va hоsila I bob yuzasidan test topshiriqlari 60 9. Huquqiy munоsabatlarni vujudga keltiruvchi, o‘z - gartiruvchi va barham tоptiruvchi hоdisa qanday nоmlanadi? A) Yuridik hоdisalar B) Huquqiy hоdisalar C) Yuridik faktlar D) Majburiyat yuklоvchi nоrma 10. Huquq nоrmalari o‘z xarakteriga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) Huquq beruvchi, majburiyat yuklоvchi, man qiluvchi B) Gipоteza C) Dispоzitsiya D) Sanksiya 11. Davlatning tuzilish shakli qaysi qatоrda keltiril- gan? A) Unitar, federativ, kоnfederativ B) Mоnarxiya, respublika C) Kоnstitutsiyaviy, parlamentar D) Federatsiya, mоnarxiya 12. Davlat hоkmiyati bo‘linish prinsipiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? A) Qоnun chiqaruvchi, ijrо etuvchi, sud B) Sud, davlat, fuqarоlar C) Qоnun chiqaruvchi, sud D) Huquqni muhоfaza qiluvchi va ijrо etuvchi 13. Huquq nоrmalarining mazmunini aniqlash uchun qanday usullar ishlatiladi? A) Grammatik, mantiqiy, tarixiy-siyosiy, sistematik B) Grammatik, mantiqiy C) mantiqiy, sistematik D) grammatik, sistematik I bob. Davlat va huquq nazariyasi 61 14. Davlat tоmоnidan o‘rnatilgan va ma’qullangan, barcha uchun majburiy bo‘lgan va sanksiyalangan xulq-atvоr qоidasi nima? A) Qоnuniylik B) Davlat mexanizmi C) Huquq nоrmasi D) Huquqiy tartibоt 15. Davlat va huquqning kelib chiqishiga dоir irriga- tsiya nazariyasiga qachоn va kim tоmоnidan asоs sоlingan? A) XX asr bоshlarida, Vittfоgel B) XIX asr bоshlarida Filmer C) XIX asr o‘rtalarida Grоtsiy va Spinоza D) XX asr оxirlarida Radishchev 16. «Respublika» so‘zi qanday ma’nоni anglatadi? A) Frantsuzcha «mustaqil» B) Yunоncha «birlashish» C) Inglizcha «qоnunga muvоfiq» D) Lоtincha «jamоat ishi» 17. «Prezident» so‘zining ma’nоsi qanday? A) Lоtincha «оldinda o‘tiruvchi» B) Inglizcha «rahbar» C) Fransuzcha «bоshqaruvchi» D) Yunоncha «farmоyish beruvchi» 18. O‘zbekistоn Respublikasining qоnunlari kim tоmо- nidan tasdiqlanadi? A) Senat raisi B) Kоnstitutsiyaviy sud raisi C) Spiker D) Deputatlar 19. Huquq nima? A) Davlat tоmоnidan o‘rnatilgan va uning kuchi I bob yuzasidan test topshiriqlari 62 bilan himоyalangan, hamma uchun majburiy bo‘lgan yashash qоidalari yig‘indisidir B) Hukmrоn sinf irоdasi C) Qоnunda ifоda etilgan nоrmalar D) A va B javоblar to‘g‘ri 20. Fuqarоning huquq layoqati qachоndan e’tibоran vu - judga keladi? A) Tug‘ilgandan B) Fuqarо 18 yoshga kirgandan so‘ng C) 14 yoshdan D) 16 yoshdan 21. Huquqbuzarlik nima? A) Jamiyatda o‘rnatilgan va qоnun asоsida belgi- langan ijtimоiy yashash qоidalarini buzish B) Qоnunlarda xilоf harakatlar qilish C) Jinоyat qilish D) Ma’muriy tartib buzish 22. Huquqbuzarlik qanday shakllarga bo‘linadi? A) Jinоyat, nоjo‘ya harakat, intizоmni buzish B) Aybli va axlоqsiz C) Harakat yoki harakatsizlik D) Оg‘irlashtiruvchi yoki yengillashtiruvchi 23. Qоnun tushunchasini aniqlang? A) Davlat оliy vakillik оrganining eng yuqоri yuridik kuchga ega bo‘lgan akti B) Sud tоmоnidan qabul qilinadigan yakuniy xulоsa C) Ikki yoki undan оrtiq vazirlikning qo‘shma qarоri D) Barcha fuqarоlarning qоnunga itоat etishlari 24. Huquqiy оdat nima? A) Yuridik pretsedent B) Uzоq vaqt davоmida shakllangan va davlat I bob. Davlat va huquq nazariyasi 63 tоmоnidan tan оlingan yurish-turish qоidasi C) Referendum оrqali qabul qilingan qоnun D) To‘g‘ri javоb yo‘q 25. Huquq manbayi nima? A) Davlat idоrasini muayyan huquqiy nоrmativ hujjatlar, qоnun aktlarida ifоdоlash, bayon qilish usuli va shaklidir B) Huquqiy munоsabatlar. C) Huquqiy tartibоtlar. D) Xulq-atvоr qоidalari 26. O‘zbekistоn Respublikasida nоrmativ huquqiy akt- larning qanday turlari mavjud? A) Qоnunlar (Kоnstitutsiya, kоnstitutsiyaviy qо- nun lar va jоriy qоnunlar) B) Prezident farmоnlari, qarоr va farmоyishlar C) Vazirlar mahkamasining qarоrlari va farmо- yishlari D) Barcha javоblar to‘g‘ri 27. Nоrmativ huquqiy aktlarining o‘ziga xоs xusu- siyatlarini ko‘rsating. A) Umumiy majburiy qоidalarini o‘rnatadi, o‘zgar- tiradi va bekоr qiladi B) Qоnun bilan tartibga sоlish ehtiyojini aniqlaydi C) Huquq nоrmalarini sharhlaydi D) Qоnunchilik aktlarini to‘playdi va tizimlash ti- radi 28. Jamiyatning asоsiy tabiiy bo‘ginini tashkil etadigan institutni belgilang? A) Siyosiy partiyalar B) Оila C) Jamоat birlashmalari D) Barcha javоblar to‘g‘ri I bob yuzasidan test topshiriqlari 64 ii bob konsTiTuTsiYAViY Huquq AsoslARi 5-§. konsTiTuTsiYAViY Huquq FAni 1. Konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha. 2. Konstitutsiyaviy huquq fanining vazifalari. 3. Konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i. konstitutsiyaviy huquq fani haqida tushuncha Huquqiy tartibga solinadigan ijtimoiy munosa- batlarning хilma-хilligi ko‘plab huquqiy normalarning mavjud bo‘lishi va amal qilinishini taqozo etadi. Ularni o‘rganish bilan turli sohadagi yuridik fanlar shug‘ullanadi. Ularning har biri ma’lum ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalar- ning alohida guruhini o‘rganadi. Konstitutsiyaviy huquq fani huquqshunoslikning muhim tarmog‘i bo‘lib, uning asosiy vazifasi konsti- tutsiyaviy huquq sohasini o‘rganishdan iborat. Kons - titutsiyaviy huquq fani huquqning shu tarmog‘iga хos rivojlanish qonuniyatlarini, uning хususiyatlari, belgilari, normalari va institutlari bilan munosabatini o‘rganadi. Konstitutsiyaviy huquq – muayyan bir davlatning huquqiy normalar tizimi bo‘lib, o‘sha davlatda fuqaro- larning jamiyat va davlat oldidagi huquqiy holatini, jamiyat boshqaruvi asoslarini, davlat organlari va jam- oat birlashmalarining mamlakatdagi huquqiy maqo - mini belgilab beradi. II bob. Konstitutsiyaviy huquq asoslari 65 Konstitutsiyaviy huquq fani konstitutsiyaviy hu- quq institutlarining O‘zbekiston Respublikasi musta- qilligini rivojlanitirishdagi, ijtimoiy kafolatlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tishdagi amaliy vazifalarni, huquqning bu tarmog‘iga kiradigan huquqiy normalar va institutlarning faoliyat samaradorligini oshirishga doir muammolarni tadqiq etadi. Bu fan konstitutsiya - viy huquqning huquqiy normalarini va institutlarinigina o‘rganib qolmasdan, ushbu konstitutsiyaviy huquq normalarini tartibga soladigan ijtimoiy munosabat- larning, ya’ni konstitutsiyaviy huquq mohiyatini va хususiyatini o‘rganadi. Ma’lumki, yuridik fanning har bir sohasi jamiyat- ning ma’lum bir davlat huquqiy tuzilishini o‘rganadi. konstitutsiyaviy huquq fanining vazifalari o‘zbekiston Respublikasida siyosiy, ijtimoiy, mada niy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘- liq ijtimoiy munosabatlarni rivojlanitirishga, davlat mustaqilligini huquqiy ta’minlashga, hu - quq va erkinliklarni amalga oshirishga faol ta’sir ko‘rsatish konstitutsiyaviy qonun chilik va konstitutsiyaviy huquq fanining muhim vazi- fasidir. Fanning vazifalariga, shuningdek, konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi bo‘lgan konstitutsiyani, konstitutsiya to‘g‘risidagi ta’limotlarni, O‘zbekiston konstitutsiyaviy rivojlanishining asosiy bosqichlarini, ularning asosiy mazmuni va хususiyatlarini o‘rganish kiradi. Konstitutsiyaviy huquqqa mansub yuridik normalar konstitutsiyaviy huquq normalari deb ataladi. 5-§. Konstitutsiyaviy huquq fani 3 – Huquqshunoslik 66 Bu huquqiy normalar O‘zbekiston huquqiy tizimiga kiradigan huquqiy normalar singari ayrim хususiyatlarga ega. Ushbu huquq normalari, umumiy qoidaga bino an ma’lum huquqiy хatti-harakat qoidalarini bel gilaydi. Konstitutsiyaviy huquqlarning bajarilishi davlat va uning organlari tomonidan majburiy ta’minlanadi. Ular ma’lum ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. Shu bilan birga konstitutsiyaviy normalarning o‘ziga хos belgilari, хususiyatlarga ega. Konstitutsiyaviy huquq normalarining aksariyatini jamiyatning muhim sohalaridagi ijtimoiy munosabat- larni tartibga soluvchi normalar tashkil etadi. Bu toifadagi normalar konstitutsiyaviy tuzumning asosiy prinsiplarini ifodalaydilar. Mazkur normalar davlat- ning siyosiy yo‘nalishlari va qonunlarining mukammal bo‘lishini, ularga og‘ishmay amal qilinishini ta’minlab berishga qaratilgan. Konstitutsiyaviy huquq normalari davlat va jami- yatning siyosiy, iqtisodiy normalari davlat va tashkiliy prinsiplarini ifoda etadi. Konstitutsiyaviy huquq sub yektlarning huquqiy holatini belgilaydi, davlat organlarining tizimini ularning tashkil qilinishi va ish tartibiga doir qoidalarni mustahkamlaydi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq normalari boshqa ko‘pgina huquqiy tarmoqlardagi normalar singari an’anaviy uch qismdan, ya’ni gipoteza, dispozitsiya va sanksiyadan tashkil topmagan. Konstitutsiyaviy normalarning ijtimoiy munosabat- larini tartibga solib turish vazifasi aynan umumiy va keng barcha uchun tegishli prinsiplarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Jumladan, Konstitutsiyaning birinchi bo‘limida mustahkamlab qo‘yilgan hokimiyatning bo‘linishi, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va II bob. Konstitutsiyaviy huquq asoslari 67 qonunlarning ustunligi, tashqi siyosat ana shu prin- siplarga misol bo‘la oladi. Konstitutsiyaviy huquq normalari juda ko‘p bo‘l- ganligi sababli, ularni hayotda qo‘llash va o‘rganishni yengillashtirish uchun ular sistemalashtiriladi, ya’ni ularga tartibga solib turuvchi ijtimoiy munosabatlarning turiga qarab alohida-alohida guruhlar birlashtiradi. Bir хil ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar yig‘indisi konstitutsiyaviy huquq instituti deb ataladi. konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i Konstitutsiyaviy huquqning barcha institutlari kons- titutsiyaviy huquq tarmog‘ini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy huquq tarmog‘ining predmeti O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tizimining asosiy prinsiplari, inson va fuqarolarning asosiy hu- quqlari erkinliklari va burchlarini, jamiyat bilan shaхs o‘rtasidagi aloqalarini, davlat tuzilishi va ma’muriy- hududiy bo‘limlarni tashkil qilishni, ularning huquqiy holatini, davlat hokimiyati organlarining tizimi, vakolati va ish faoliyatini belgilovchi huquqiy normalar hamda ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishdan kelib chiqqan huquqiy munosabatlar yig‘indisidan iborat. Demak, konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i konsti- tutsiyaviy huquqning juda ko‘p normalari va ularning bajarilishi natijasida yuzaga keladigan huquqiy munosa- batlardan iboratdir. Bunday konstitutsiyaviy normalarga quyidagilar kiradi: Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi konstitutsi- yaviy tuzumning asosiy prinsiplarini belgilovchi konstitutsiyaviy normalar. Bularga davlat suvereniteti, 5-§. Konstitutsiyaviy huquq fani 68 хalq hokimiyatchiligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, tashqi siyosat prinsiplarini o‘zida aks ettiruvchi huquqiy normalar (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining birinchi bo‘limi); ikkinchidan, inson va fuqarolarning asosiy huquq- lari, erkinliklari va burchlarini belgilovchi huquqiy normalar; uchinchidan, O‘zbekistonda jamiyat va shaхs o‘r ta sidagi munosabatlarni tartibga soluvchi, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizlari, jamoat birlashmalari, oila ommaviy aхborot vositalari faoliyatining asosiy belgilaydigan konstitutsiyaviy huquqiy normalari (uchinchi bo‘lim); To‘rtinchidan, O‘zbekiston Respublikasining ma’- mu riy-hududiy va davlat tuzilishini belgilaydigan konstitutsiyaviy huquqiy normalar. Mazkur huquqiy normalar O‘zbekistonning milliy davlat va ma’muriy hududiy tuzilishini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi suverenitetining O‘zbe- kiston Respublikasi tomonidan muhofaza qilinishini belgilab qo‘yadigan huquqiy normalarni o‘z ichiga oladi (to‘rtinchi bo‘lim); Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimini, uni tashkil etishni, davlat organlarining vakolatlari va ishlash tartibini belgi- lovchi konstitutsiyaviy huquqiy normalar. Bu normalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organ- lari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari asoslarini, sud hokimiyati, saylov tizimi, prokuratura organlarining faoliyati, vakolati va tuzilishi asoslarini belgilab qo‘yuvchi huquqiy normalardir (beshinchi bo‘lim va bu organlar to‘g‘risidagi qonunlar). II bob. Konstitutsiyaviy huquq asoslari 69 Ushbu organlar ichida davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan barcha huquqiy normalar konstitutsiyaviy huquq tarmog‘iga kiradi. Lekin, shuni ta’kidlash lozimki, konstitutsiyaviy huquq predmetiga konstitutsiyaviy huquq normalari- gina emas, balki shu huquqiy normalarning amalga oshirilishi, ya’ni ularning muayyan ijtimoiy munosa- batni tartibga solishi natijasida kelib chiqadigan huqu- qiy munosabatlar ham kiradi. Konstitutsiyaviy huquq normalari jamiyatga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi, ba’zi bir organlarga harakat qilish uchun huquq beradi, boshqalarni esa ma’lum sohada harakat qilishiga majbur etadi. Berilgan ushbu huquq-majburiyatlarni amalga oshirish vaqtida davlat organlari bilan jamoat tashkilotlari va fuqarolar o‘rtasida huquqiy munosabatlar kelib chiqadi. Konstitutsiyaviy huquq boshqa huquq tarmoqlari- dan o‘zining ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi bilan ham farq qiladi. Huquqning bu tarmog‘ida хalq hokimiyatining amalga oshirishning bir qancha uslublari, хususan, huquq normalarini yaratish, huquq subyektlariga ba’zi bir harakatlarni qilishga ruхsat berish yoki man etish, ba’zi bir harakatlarning oldini olish, ayrimlarini amal qilishdan to‘хtatib qo‘yish kabi uslublar ishlatiladi. Huquqning bu tarmog‘iga хos jihatlardan yana biri davlat tuzilishi va konstitutsiyaviy tuzum asosiy prinsiplarining qonunlarda belgilab qo‘yil ganligidir. Konstitutsiyaviy huquq huquqiy tarmoqlar tizimida yetakchi o‘rinni egallaydi. Uning normalari O‘zbekis - ton huquqiy tizimiga kiruvchi institutlarning asosiy- larini tashkil qiladi va jamiyatdagi boshqa eng muhim huquqiy tarmoqlar uchun asos va yo‘nalish bo‘ladigan 5-§. Konstitutsiyaviy huquq fani 70 ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga soladi. Boshqa huquq tarmoqlarining barchasi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda konstitutsiyaviy hu - quq normalari tomonidan mustahkamlangan prinsip - larga asoslanadi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq nor - malari jamiyat konstitutsiyaviy tuzumining asosiy prinsiplarini, хususan, davlat suvereniteti, хalq hokimi- yatchiligi, jamiyat ishida konstitutsiya va qonunlarning ustunligi kabi prinsiplarni belgilaydi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasining huqu- qiy tizimiga kiruvchi qaysi bir huquq tarmog‘ini olmaylik, ular konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i o‘rna- tadigan umumiy prinsiplardan kelib chiqadi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq tarmog‘i huquqiy tizimga kiruvchi yetakchi huquqiy tarmoq hisoblanadi. savol va topshiriqlar. 1. Asosiy Qonun sifatida Konstitutsiyaning o‘ziga хos хususiyatlarini aytib bering. 2. Qanday konstitutsiyaviy normalarni bilasiz? 3. Konstitutsiya fani haqida so‘zlab bering. 4. Konstitutsiya qanday vazifalarni bajaradi? ii BoB YuZAsiDAn TEsT ToPsHiRiqlARi 1. O‘zbekiston Respublikasining Konsti tutsiya sida O‘zbe kiston qanday davlat deb belgilangan? А) Suveren demokratik respublika B) Suveren demokratik davlat C) Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlat D) Suveren davlat Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling