Sinf: 10 –“B” fan: biologiya mavzu: O‘zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari darsning maqsadi


Download 173 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi173 Kb.
#231075
Bog'liq
O`zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari


Zarafshon shahar 11- MFCHO`IDU maktabining biologiya fani o`qituvchisi O`ktamova Mo`tabarning “O`zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari “ mavzusida dars ishlanmasi



SANA: 19.01.2021

SINF: 10 –“B”

FAN: BIOLOGIYA

MAVZU:O‘ZGARUVCHANLIKNING UMUMIY QONUNIYATLARI

Darsning maqsadi:

1. Ta’limiy: O‘zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari xaqida o’quvchilarga bilimlar berish

2. Tarbiyaviy: Mavzuga oid bilimlar asosida o’quvchilarga tarbiyaviy tushunchalar berish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash

3. Rivojlantiruvchi: tranzitsiya, transversiya, deletsiya, duplikatsiya, inversiya,

Translokatsiya xaqida o’quvchilar bilimini rivojlantirish.



Fanga oid kompetensiyalar:

Biologik ob’ekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetentsiyasi.

Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilde o’zaro muloqotga kirish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars jihozi: «Biologiya» darsligi, «Biologiya fanidan o’quv uslubiy qo’llanma», fanga oid ko’rgazmali qurollar va rasmlar, darsni takrorlash va mustahkamlash uchun topshiriqlar.

Darsda qo`llaniladigan metodlar: “O`rnini top” o`yini, suhbat, maruza, aqliy hujum, “Mutatsiya sodir bo`ldi” o`yini

Darsning bosqichlari:




Bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

4

Mustahkamlash

15 daqiqa

5

O`quvchilarni baholash

2 daqiqa

6

Mashg`ulot yakuni. Uyga vazifa berish

3 daqiqa

O`tgan darsni takrorlash: “O`rnini top” o`yini.

Bu bosqichda o`quvchilar uchun odamning nafas olish va ovqat hazm qilish sistemasi organlari rasmi tushirilgan plakat beriladi. Har bir ichki organning orqasiga savol yozilgan bo`lib javob bergan o`quvchi shu ichki organni joyiga yopishtiradi.



Savollar.

1)Dominant belgiga misol ayting.

2)Gastrulatsiya nima ?

3)1-qon guruhining genotipi yozing .

4)Kurtaklanib ko`payuvchi organizmni ayting.

5)Geterotrof organizm nima?

6)Hazm qilish organlarini ayting.

7)Meyoz fazalarini ayting.

8)Chigirtkada jinsiy xromasomalar qanday ifodalanadi?



Yangi mavzuning bayoni

O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi. Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida genlarning differensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifikatsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi. Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida otaona xromosomalarining qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.





Darsni mustahkamlash: darsni mustahkamlashda “Mutatsiya sodir bo`ldi” o`yini tashkil qilinadi.Bunda DNKning bir zanjiri beriladi va ushu DNK bo`lagida tranzitsiya, transversiya sodir bo`lishi, poliploidiya va anueploidiyada sodir bo`ladigan jarayonlar ifodalanishi so`raladi.

Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: __________ _______________________________
Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling