3 - MA’RUZA: Operasion tizimlar va ularning turlari.
Reja:
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti, dasturiy ta’minot turlari.
Operatsion tizimlar. Platformalar.
Mobil qurilmalar operasion tizimlari. Android operatsion tizimi. Mobil qurilmalar operatsion tizimlar imkoniyatlari.
Xizmat ko’rsatuvchi dasturlar va utilitalar. Disklami defragmentatsiyalash.
Rezerv nushalash amali (Backups). Dasturiy ta’minot litsenziyasi
. Foydalanuvchi interfeysi. Dasturiy ta’minot ishonchliligi.
Tayanch so’zlar va tushunchalar: tizimli, uskunaviy va amaliy dasturlar; utilita - xizmatchi dastur; operatsion tizimlar; dasturiy qobiq; translyator; kompilyator; interpretator; dasturlash tillari.
Ma’lumotlar va dasturlar.Sonli, matnli, tasvirli (grafik) va tovushli axborotlarni kompyuter yordamida qayta ishlash uchun ularni kompyuter xotirasida ma’lumotlar shaklida saqlash zarur. Ma’lumotlar kompyuterda ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar. Ularni qayta ishlovchi dasturlar ham ikkilik sanoq sistemasida saqlanadilar.
Kompyuterning protsessor qurilmasi ma’lumotlar ustida qanday amal bajarilishi kerakligini «bilishi» uchun u ma’lum buyruqni (ko’rsatmani) olib bajarishi kerak. Bunday buyruq, masalan, «ikki sonni qo’sh!» yoki «bir belgini boshqa bir belgi bilan almashtir!» kabi ko’rsatmalarning bajarilishi haqida bo’lishi mumkin.
Odatda qandaydir masalani yechishda protsessorga bir emas, bir necha buyruqlar ketma- ketligi zarur bo’ladi. Bunday ketma-ketlik dastur deb aytiladi.
Shunday qilib:
Kompyuterda raqamli shaklda saqlanadigan va qayta ishlanadigan axborot ma’lumotlar deyiladi.
Qayta ishlash jarayonida kompyuter tomonidan bajariladigan buyruqlar ketma-ketligi dastur deyiladi.
Kompyuterlarning dasturiy ta’minoti
Do'stlaringiz bilan baham: |