Operasion tizimlar va ularning turlari


Download 336 Kb.
bet8/11
Sana18.02.2023
Hajmi336 Kb.
#1212131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 MA’RUZA. Operatsion tizimlarning turlari.

MS-DOS -16 razryadli mikroprotsessorlar uchun
CP/M – 8 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
UNIX – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun;
Windows 95, 97,…, XP – 32 razryadli mikroprotsessorlar uchun. 
Operatsion sistemalar orasida Digital Research kompaniyasi prezidenti Geri Kildel tomonidan yaratilgan CP/M (Control Programm for Microcomputers)– shaxsiy kompyuterlar uchun ishlab chiqarilganlarining dastlabkisidir. U 1974 yilda 8 razryadli kompyuterlarga ko’plab o’rnatilgan va katta hajmdagi dasturiy ta’minot uchun tuzilgan. Masalan, Beysik, Paskal, Si, Kobol, Ada tillari translyatorlari, matnli, grafikli va jadvalli paketlar uchun mo’ljallangan.
UNIX operatsion sistemasi tarmoqda ishlash uchun tuzilgan. UNIX operatsion sistemasida bitta kompyuter boshqaruvchi qolganlari unga tobe bo’ladi.
Operatsion sistema odatda kompyuterning tashqi hotirasi – diskda saqlanadi. Kompyuter ishga tushirilganda u kompyuterning tezkor xotirasiga o’qiladi. Bu jaroyon operatsion sistemani yuklanishi deyiladi.
Operatsion sistema quyidagi asosiy qismlardan iborat:
ma’lumotlarni xotiraga kiritish va chiqarish dasturi (BIOS nomi bilan ifodalangan);
operatsion sistemani faollashtiruvchi dastur (Boot Record);
ma’lumotlarni kiritish-chiqarish sistemasini kengaytirish moduli;
amallar bajarishda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan uzilishlarni tahlil qilish moduli;
buyruq protsessori.
Shunday qilib, operatsion sistemalar kompyuter dasturlari orasida eng murakkabi bo’libgina qolmay, ular kompyuterni nafaqat amal bajarishga, balki o’zi bajarayotgan ishlarni ham nazorat qilishga majbur etadi. Bunday dasturlar bizning vazifalarimizni bajarish uchun emas, balki bizning ko’rsatmalarimizni bajarishda kompyuter qurilmalarida biror kamchilik, muammo yuzaga kelmasligi uchun ishlab chiqariladi va qo’llaniladi. 
OC lardan quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:

  1. Ishonchlilik. OC o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlashi, uni tahlil qilishi va tiklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. OC foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.


  2. Download 336 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling