Operasion tizimlar va ularning turlari


Download 336 Kb.
bet6/11
Sana18.02.2023
Hajmi336 Kb.
#1212131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3 MA’RUZA. Operatsion tizimlarning turlari.

Uskunaviy dasturlar
Kompyuterga xizmat ko’rsatuvchi, uning yurilmalarini tekshirib, nazorat yiluvchi, foydalanuvchining ma’lumotlarini, dasturlarini yaratish imkonini beruvchi dasturlardir. Foydalanuvchi yoki dasturchi ushbu dasturlar yordamida o’z hujjatlarini yaratishi, tahrirlashi, boshqa amaliy dasturlarini yaratib, sozlashi mumkin.
Uskunaviy dasturiy vositalaramaliy yoki tizimli dasturlarni yaratish, tahrirlash yoki takomillashtirish jarayonida ishlatiladigan dasturlardir.
O’z vazifalariga ko’ra ular dasturlash tizimlariga yayin. Uskunaviy dasturlarga yuyidagilar kiradilar:

  • muharrirlar - matn muharrirlari (redaktorlar);

  • dasturlarni komponovka qilish vositalari;

  • yaratilayotgan dasturdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish imkonini beruvchi sozlash dasturlari;

  • tez-tez ishlatib turiladigan tizimli amallarni bajaruvchi yordamchi dasturlar;

  • grafik dasturlar paketi;

  • jadval protsessorlari, taqdimotlar yaratish dasturlari;

  • tovushli ma’lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar paketi va boshqalar.

Uskunaviy dasturiy vositalardan dasturiy ta’minot yaratish jarayonining barcha bosqichlarida foydalanish mumkin.
Amaliy dasturlar
Amaliy dasturlar pog’onasida foydalanuvchi ehtiyojlarini yondiradigan va unga xizmat yiluvchi amaliy jihatdan muayyan masalani yechish dasturlari joylashadi. Ular yordamida matnlar yaratilishi, tahrirlanishi, chizmalar va tasvirlar yaratilishi va ularga ishlov berish, musiyiy tovushlarni yayta ishlash, insonlarni muloyotga chorlash va shu kabi ko’pgina masalalar yeiladi. Amaliy dasturlar kezi kelganda quyi pog’ona dasturlaridan foydalangan holda yurilmalarga murojaat yiladilar.
Amaliy dastur - berilgan muammoli sohaning muayyan masalasini yechish imkonini beruvchi ixtiyoriy muayyan dasturdir.
Masalan, qandaydir firmaning moliyaviy faoliyatnni kompyuter yordamida nazorat qilish masalasini yechish uchun to’lov qaydnomalarini tayyorlash dasturi amaliy dastur bo’ladi. Amaliy dasturlar umumiy xarakterga ega bo’lishi ham mumkin. Masalan, hujjatlarni yaratish va chop etishga yo’naltirilgan dasturlar.
Amaliy dasturlar yoki avtonom yoki boshqa dasturlar, paketlar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin.

  1. Amaliy dasturlar paketi

Amaliy dasturlar paketimuayyan muammoli soxada umumiy foydalanish uchun yaratilgan dasturiy majmua bo’lib, undan foydalanish bo’yicha texnik hujjatlar (yo’riqnomalar) bilan to’ldiriladi
Yechiladigan masala turiga yarab amaliy dasturlar paketini quyidagi turlarga ajratish
mumkin:

  • tipik muhandislik, iytisodiy, umum ilmiy masalalarni yechishga mo’ljallangan paketlar;

  • tizimli dasturlar paketi;

  • avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari va ilmiy tadqiqotlarni avtomatlashtiruvchi tizimlar uchun yaratilgan paketlar;

  • pedagogik dasturlar paketi va boshqalar.

Foydalanuvchi muayyan masalani amaliy dasturlar paketidan foydalangan holda yechishi uchun paket o’sha masalaga xos parametrlarni sozlash imkoniga ega bo’lishi kerak (qo’shimcha ma’lumotlar kiritish).
Har bir paket ma’lumotlarni yayta ishlash metodlari va ularni tasvirlash shakllariga, to’liq diagnostika qilish imkoniga ega bo’lishi kerak
Amaliy dasturlar paketi foydalanuvchining dasturlash bo’yicha kasbiy mahorati saviyasiga bo’lgan talablarni kamaytirishni ta’minlaydi, ya’ni dasturchisiz o’z masalasini yechish imkonini yaratadi.
Ko’pincha amaliy dasturlar paketida ma’lumotlar bazasi ham qo’llab-quvvatlanadi. Bunday baza hisoblashlar uchun kerakli bo’lgan koeffitsiyentlar, boshlang’ich parametrlarni saylab, ularni amaliy dasturga uzatadi.

  1. Dasturiy qobiqlar

Ko’pgina operatsion tizimlar uchun buyruqlarni aniq va xatosiz kiritish, ba’zi qo’shimcha ma’lumotlarni ham buyruq bilan birga kiritilishi talab etiladi. Biroq foydalanuvchilar uchun har bir buyruq sintaksisi va semantikasini tushunib, eslab qolish mushkul. Shuning uchun operatsion tizim asosida ishlaydigan, foydalanuvchilarga qulay bo’lgan muloqot qilish dasturlari yaratilgan. Bunday dasturlar dasturiy qobiq deyiladi. Bugungi kunda NORTON COMMANDER, VOLKOV COMMANDER, WINDOWS COMMANDER dasturiy qobiqlarini ko’plab foydalanuvchilar ishlatib kelmoqdalar.
1990 yilda Piter Norton tomonidan ishlab chiqilgan NORTON COMMANDER dasturiy qobig’idan so’ng operatsion tizimlar bilan ishlash osonlashtirildi. Foydalanuvchilar dasturiy qobiq bo’yicha har bir buyruq uchun biriktirilgan funksional klavishalar vazifalarini bilsalar, operatsion tizim buyruqlari bo’yicha bajariladigan vazifalarini oson boshqarishlari mumkin.

  1. Translator, kompilyator i interpretator

Translyator (inglizcha translator — tarjimon) — tarjimon dastur. U yuqori darajadagi dasturlash tillaridan birida yozilgan dasturni mashina tiliga tarjima qiladi.
Translyatorlar kompilyatorlar va interpretatorlar ko’rinishida ishlab chiqiladilar. Ishlash nuqtai-nazaridan kompilyatorlar va interpretatorlar bir-birlaridan jiddiy farq qiladilar
Kompilyator (inglizcha. compilertuzuvchi, yig’uvchi) yuqori darajadagi tilda yozilgan dastur matnini to’liq o’qib, uni mashina tiliga tarjima qiladi. Tarjima qilingan mashina tilidagi dastur keyin kompyuter tomonidan bajariladi. Agar yuqori darajali tilda yozilgan dastur matnida xatoliklar bo’lsa, kompilyator bu haqda foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar beradi, mashina tilidagi dastur bajarilmaydi.
Interpretator (inglizcha interpreter — talqin qiluvchi, ogzaki tarjimon) yuqori darajali dasturlash tilida yozilgan dasturdagi har bir satrni alohida tahlil qilib, uni bajaradi. Agar satrda xatolik bo’lsa, bu haqda ogohlantiruvchi ma’lumot berilib, satr bajarilishi to’xtatiladi. Agar xatolik bo’lmasa, u mashina tiliga tarjima qilinib, bajariladi va keyingi satr tahlil qilinadi. Shu tariqa dastur satrlari ketma-ket tahlil qilinib, bajariladi.
Yuqori darajadagi dasturlash tilida tuzilgan dastur kompilyatsiya kilingach, boshlang’ich dastur matni va kompilyatorning o’zi kerak bo’lmaydi. Interpretator esa har gal dastur bajarilishida uning satrlarini ketma-ket tarjima qilishi uchun ishlatiladi.
Kompilyatsiya qilingan dasturlar tezroq ishlaydi, lekin interpretatsiya qilingan dasturni sozlash va o’zgartirish oson.
Har bir muayyan dasturlash tili yoki kompilyatsiya yoki interpretatsiyaga yo’naltirilgan. Masalan, Paskal tili murakkab masalalar yechishda tezlik nuqtai-nazaridan ishlatiladi. Shuning uchun ushbu til kompilyator ko’rinishida ishlab chiqilgan.
Boshqa tomondan Beysik dasturlash tili boshlvchi dasturchilarga mo’ljallangan bo’lib, ular dastur har bir satri bajarilishini kuzatishlari va tahrirlashlariga imkon yaratadi.

  1. Dasturlash tizimlari

Dasturlash tizimlari — ular muayyan dasturlash tillarida yangi dasturlar yaratiish uchun ishlatiladilar. Zamonaviy dasturlash tizimlari foydalanuvchiga o’z dasturini yaratishda qudratli va qulay bo’lgan bir qancha vositalarni taqdim etadilar. Ularga:

  • kompilyator yoki interpretator;

  • yaratish uchun integrallashgan muhit;

  • dastur matnini yaratish va tahrilash vositalari;

  • keng ko’lamdagi standard dasturlarning kutubxonalari va funksiyalari;

  • dasturni sozlash va xatoliklarini bartaraf etish uchun ishlatiladigan maxsus dasturlar;

  • foydalanuvchi uchun «do’stona» bo’lgan muloqot muhiti;

  • ko’p oynali rejimda ishlash;

  • grafik tasvirlarning kutubxonalari, ushbu kutubxonalar bilan ishlashni ta’minlovchi xizmatchi dasturlar


  • Download 336 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling