Operasion tizimlar va ularning turlari
Bir foydalanuvchili, bitta masalali
Download 336 Kb.
|
3 MA’RUZA. Operatsion tizimlarning turlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir foydalanuvchili ko’p masalali operatsion tizim.
Bir foydalanuvchili, bitta masalali operatsion tizimlar. Ular yordamida bitta foydalanuvchi klaviaturadan foydalanib muayyan vaqt oralig’ida faqat bitta masalani yechish imkoniga ega bo’ladi;
Bir foydalanuvchili fon rejimida chop etishga mo’ljallangan operatsion tizim. Ushbu tizim yordamida foydalanuvchi bir masala yechishi davomida fon rejimida boshqa ma’lumotini chop etishi mumkin; Bir foydalanuvchili ko’p masalali operatsion tizim. Bunday tizimda bitta foydalanuvchi parallel ravishda kompyuterda bir necha masalani kayta ishlashi mumkin; Ko’p foydalanuvchili, ko’p masalali operatsion tizim. Bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchi o’z masalalarini parallel ravishda qayta ishlashlari mumkin. Bunday operatsion tizim uchun ko’plab kompyuter resurslari talab etiladi. Operatsion tizim foydalanuvchiga ko’rinmaydigan holda apparatura qurilmalarini boshqarish, ularga axborotni uzatish yoki ulardan qabul qilish jarayonlarini boshqarishni amalga oshirib, foydalanuvchiga qulayliklar yaratadi. Operatsion tizim insonga kompyuterda o’z ishini samarali tashkil etish imkonini beradi. Bugungi kunda dasturiy ta’minotning quyidagi guruhlari shakllanib, rivojlanmoqda: operatsion tizimlar va kobiklar; dasturlash tizimlari (translyatorlar, qism dasturlar kutubxonasi, sozlovchilar va shu kabilar); uskunaviv tizimlar; integrallashgan (iamlangan) dasturlar paketi; dinamik elektron iadvallar; mashinaviv grafika tizimlari; ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT); amaliy dasturiy ta’minot. Dasturiy ta’minot strukturasi rasmda keltirilgan. Tizimli dasturlar sirasiga shuningdek turli xizmatchi dasturlar - utilitalar (lotincha utilitas — foyda) kiradilar. Ular operatsion tizim imkoniyatlarini kengaytiradilar yoki to’ldiradilar yoki ayrim muhim vazifalami mustaqil bajaradilar. Bunday xizmatchi dasturlarga: Kompyuter qurilmalari ishini nazorat, testlash, diagnostika qilish dasturlari; Drayver-dasturlar; Arxivator dasturlari; Antivirus dasturlari; Disk sohasini optimal boshqarish dasturlari; Tashqi xotirada saqlanayotgan ma’lumotlarni tiklash, himoyalash va disklarni formatlash dasturlari; Kompyuterlar o’rtasida axborotlarni ayirboshlash imkonini beruvchi kommunikatsiya dasturlari; Operativ xotiradan samarali foydalanish imkonini beruvchi xotirani boshqarish dasturlari; CD-ROM, CD-R va boshqa shu kabi tashki xotira vositalariga axborotni yozish dasturlari va boshqa shu kabi dasturlar kiradilar. Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiritilgan, boshqalari esa mustaqil ravishda foydalanuvchi tomonidan yuklanib, bajariladilar. Download 336 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling