Dasturiy ta’minot tasnifi
Kompyuterda ishlatiladigan barcha dasturlarni, ya’ni dasturiy ta’minotni shartli ravishda uchta toifaga ajratish mumkin:
Kompyuter resurslarini (xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari kabi) boshqarish, saqlanayotgan axborotlardan nusxa olish, kompyuter qurilmalari ishini nazorat qilish, foydalanuvchiga turli xil uzilishlar haqida ogohlantirishlar berish kabi turli funksiyalarni bajaruvchi tizimli dasturlar;
Yangi ma’lumotlar, hujjatlar, dasturlar yaratish, shuningdek, ma’lumotlar bazalarini boshqarish imkonini beruvchi uskunaviy dasturlar;
Bevosita foydalanuvchi uchun zarur bo’lgan amaliy masalalarni yechishni ta’minlovchi.
amaliy dasturlar.
2.1-rasm. Dasturiy ta’minot tuzilmasi
2.2-rasm.Dasturiy ta’minot konfiguratsiya pog’onalari
Hisoblash texnikasining shiddat bilan rivojlanishi va uning qo’llanilish sohasining kengayishi dasturiy ta’minot evolyutsiyasi jarayonini keskin tezlashtirdi. Bu holat dasturiy ta’minotni tasniflashda, albatta, inobatga olinishi kerak.
Agar avvallari dasturiy ta’minotning asosiy toifalari - operatsion tizimlar, translyatorlar, amaliy dasturlar paketi sanoqli darajada bo’lgan bo’lsa, endilikda vaziyat tamomila boshqacha tus olgan.
Kiritish-chiqarishning bazaviy tizimi
Quyi pog’onada kiritish-chiqarish amallarini bajarilishini ta’minlovchi bazaviy tizim (BIOS). Ularning kodlari kompyuter mikrosxemasida qat’iy ravishda yozib quyilgan bo’lib, ular domiy ravishda saqlanadilar. Kompyuterga kuchlanish berilgach, ushbu dasturlar kompyuter qurilmalarini tekshirib oladilar va klaviatura hamda monitor qurilmalari ishini muvofiqlashtirib turadilar. Klaviaturada qaysi klavisha bosilsa, unga mos belgi monitor ekranida tasvirlanishi ta’minlanadi. Foydalanuvchi ushbu dasturlar bilan o’zaro munosabatda bo’lishi deyarli cheklangan. Faqat kompyuter ishining dastlabki soniyalarida foydalanuvchi ularni kuzatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |