Dasturiy injenering


Download 0.58 Mb.
bet4/4
Sana10.04.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1348815
1   2   3   4
Bog'liq
ALISHER ISROILOV.

CSS haqida ma'lumotlar

  • CSS - bu stillar bilan ishlay oladigan kaskadli stillar majmuasidir. Web sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. HTML hujjat ichida teglar bilan birga foydalaniladi. CSS kodlariini kompilyasiya qilish uchun qandaydir kompillyatorlar, qandaydir dasturlar, va bu kod tushuna oladigan qandaydir redaktorlar kerak bo‘lmaydi. Bu kodlarni HTML singari web brauzerning o‘zi kompilyasiya qiladi va natijani chiqarib beradi. Bu stillar jadvali (CSS) to‘liq holatda 1997 yilda tashkil topib, "WWWConsorsium" ida qo‘llab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. O‘sha paytlarda HTML ning 3 versiyasi ommabop edi. CSS ni dastlab Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlarida ko‘rish mumkin bo‘lgan. Hozirda barcha brauzerlar CSS da yozilgan kodlarni tushuna oladi. Bu stillarga oid dasturlash tilini o‘rganish sodda bo‘lib, yangi stillar qo‘shilishi natijasida kengayib bormoda.

CSS hususiyatlari

  • CSS da bloklar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lgan mustaqil strukturaviy birlik hisoblanadi. CSSda bloklar struktura jixatidan olganda, bir-biridan ajratilgan. Qator ko‘rinishidagi bloklar, strukturali blokni ichida joylashadi. Har bir qator ko‘rinishidagi blok, axborotli qismga ega bo‘ladi. bular matn, rasm, yoki boshqa axborot bo‘lishi mumkin. Blokning bu qismi content yoki hujjatning mazmuni deyiladi. Kontentning atrofidagi bo‘sh soha hoshiya (padding) deyiladi. Dizayn nuqta‘iy nazaridan hoshiya kontent uchun estetik ko‘rinish beradi. Hoshiya esa chegara chizig‘i (border) bilan qoplanadi. Bu chiziq turli stil va qalinlikga ega bo‘ladi. Chegara chiziq atrofidagi qo‘himcha bo‘h joy (margin) bo‘lishi mumkin. CSS spetsifikatsiyasiga ko‘ra, padding, border, margin, blokni kengligiga kirmaydi. Shunday qilib, blokni kengligini berganda, uni axborotli qismi nazarda tutiladi.

Xulosa

  • Hozirgi davrda O‘zbekistonda Internet tizimining jadal kirib borishi unga bog‘liq bo‘lgan sohalarga ham o‘zining katta ta’sirini o‘tkazmoqda. Shunday soxalardan biri bu elektron biznes soxasi hisoblanadi. Bu soxada moddiy qiymatdagi va katta xajmdagi mahsulotlarni sotish xali qiyinchilik tug‘dirsada informatsion mahsulotlarni sotish internetda elektron pochtaga ega bo‘lgan har bir shaxs bilan qiyinchiliksiz amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun mijozlarga veb-pullar va internet - magazin haqida tasavvur hosil qilish kerak. Mamlakatimizning elektron biznes soxasiga qanchalik tez kirib borsa, shunchalik uning jaxon bozoriga kirib borishi tezlashadi. Bunday ishlarni amalga oshirish esa birinchi navbatda dasturchilar zimmasiga tushadi. Avvalambor dasturchilarning birinchi galdagi vazifasi savdo korxonalarini bu soxadan xabardor qilish va uning nechog‘lik foyda keltirishini tushuntirishdan iboratdir.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling