1. KURS ISHINING TUZILISHI VA RASMIYLASHTIRISH TALABLAR
Oliy ta'limi talabasi tayyorlagan kurs ishi rahbarning topshirig'iga binoan odatdagi ishlab
chiqarish va o'quv muammolarini hal etishni o'z ichiga olishi va zamonaviy ilmiy-texnik daraja va
amaliy yo'nalishni aks ettirishi kerak.
Kurs ishi mundarija, kirish, kurs ishi mavzusiga oid ilmiy-uslubiy adabiyotlarning tahlilini
ko'rib chiqish, tahliliy va loyihalash- tadqiqot qismlari, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
va ilovalardan iborat bo'lishi kerak.
Kurs ishining muayyan tuzilmasi va hajmi rahbar tomonidan kurs ishi turiga, uni bajarish
uchun topshiriqqa, uning mohiyati va mazmuniga muvofiq belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |