Dasturiy injiniringi


Download 55.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi55.16 Kb.
#1523452
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari



O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI 
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG‘ONA FILIALI 
DASTURIY INJINIRINGI
fakulteti 
KOMPYUTER INJINIRINGI
yo‘nalishi 
AXBOROT XAVFSIZLIGI
kafedrasi 
Mavzu: 
Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari
 
Bajardi:
Mo‘minova N. Guruh: 611-20 
Qabul qildi: 
Xudoynazarov U. 
Farg‘ona 2023 
 


Autentifikatsiya_va_shifrlash_jarayonlari.'>SIMSIZ TARMOQLAR XAVFSIZLIGI PROTOKOLLARI. 
 
 
REJA: 
1. Autentifikatsiya va shifrlash jarayonlari.
2. Simsiz tarmoqlarni himoya qilish usullari.
3. Simsiz tarmoq xavfsizligi protokollari va ularning qulayliklari.
 


Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti kompyuter jinoyatchiligi, 
konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy 
hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Simsiz aloqa tarmoqlari bundan mustasno 
emas, uning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘pgina muzokarali qarashlar gobal 
tarmoq orqali keng tarqalmoqda. Qanday qilib, tarmog‘ingiz xavfsizligini yuqori 
darajaga ko‘tarish mumkin? 
Har qanday tarmoq kirish nuqtasi va simsiz mijoz aloqasi quyidagicha qurilgan: 
Autentifikatsiya — mijoz va kirish nuqtasi bir — birlariga qanday 
tanishtirilishi va o‘zaro aloqa qilishga huquqini tasdiqlaydi; 
Shifrlash — uzatiluvchi ma’lumotlarda qanday shifrlash algoritmlari 
qo‘llanilishi, qanday qilib shifrlash kaliti shakllantirilishi va u qachon o‘zgartirilishi. 
Simsiz aloqa tarmog‘i ko‘rsatkichlari, birinchi navbatda uning nomi, tarmoq 
paketlari yordamida bog‘lanish nuqtasi bilan doim aloqada bo‘ladi. Kutilgan xavfsizlik 
sozlamalaridan tashqari, xohishga ko‘ra bir necha ko‘rsatkichlar uzatilishi mumkin: 
QoS (xizmat ko‘rsatish sifati) va 802.11n (simsiz aloqa standarti) ma’lumot almashish 
tezligi hamda boshqa qo‘shnilar haqida axborot beradi. Autentifikatsiya mijozni kirish 
nuqtasiga o‘zini tanishtirishni aniqlab beradi. 
Yuz berishi mumkin bo‘lgan variantlar: 
Openochiq tarmoq, barcha ulanuvchi qurilmalar oldindan avtorizatsiya 
qilingan; 
Shared — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi kalit yoki parol bilan tekshirilishi 
lozim; 
EAP — ulanuvchi qurilma haqiqiyligi tashqi server EAP protokoli bilan 
tekshirilishi lozim. 
Tarmoqning ochiqligi istalgan kishi unda xohlagan ishini qilishi mumkin degani 
emas. Bunday tarmoqda ma’lumot uzatish uchun qo‘llanilayotgan shifrlash 
algoritmining mos kelishi va unga mos ravishda to‘g‘ri shifrlangan ulanish o‘rnatilishi 
zarur. 

Download 55.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling