Dasturiy mahsulotlarning rivojlanish tendensiyasi
Download 57.04 Kb.
|
DASTURIY MAHSULOTLARNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dasturiy mahsulotlar va ulaming asosiy tavsifnomalari
DASTURIY MAHSULOTLARNING RIVOJLANISH TENDENSIYASI Reja: 1. Dasturiy mahsulotlar va ulaming asosiy tavsifnomalari 2. Dasturiy mahsulotlarning sinflari 3. Dasturiy ta ’minot va uning turlari, tuzilishi, strukturasi. Sistemaviy va amaliy dasturiy vositalar. 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Dasturiy mahsulotlar va ulaming asosiy tavsifnomalari Dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan. Dasturiy mahsulotlarni yaratishga ko‘plab mehnat, moddiy va moliviy zaxiralar talab etiladi. • Dasturiy ta’minot to‘g‘risida • Servis dasturiy ta’minoti. Malumotlarni qayta ishlash texnik asosi sifatida kompyuterning imkoniyatlari uning dasturiy ta’minotiga bog’liqdir. Dastur (rrogram, routine) — vazifani yechish uchun kompyuter buyruq (ko‘rsatma)larining tartiblashgan ketma-ketligidir. Dasturiy ta’minot (sowtware) — m’alumotlarni qayta ishlash dasturlari va ulami ishlatish uchun kerakli hujjatlar to ‘plamidir. Dasturlar mashina yordamida vazifani yechish uchun ishlatiladi. Vazifa va ilova atamalari informatikada va dasturiy ta’minotda ko‘p ishlatiladi.Vazifa (rroblem, task) — yechilishi kerak boigan muammodir. Ilova (arrlication) — vazifani kompyuterda dasturiy yechishdir. Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funksiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh: tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo’lish mumkin. Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT ba’zida kompyuteming bir qismi deb ham hisoblashadi. Amaliy dasturiy ta’minot foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moijallangan. Tizimli DTni tarkibiga quyida- gilar kiradi: • Operatsion tizimlar; • Servis dasturlar; • Dasturlashtirish tillari translyatorlari; • Texnik xizmat dasturlari. Operatsion tizimlar (ОТ) axborotni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o'rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. ОТ ning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish-chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydala- nuvchi hal etadigan amaliy vazifalami bajarishni boshqarishdir. ОТ kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashlarga xalaqit beruvchi vaziyatlami tahlil qiladi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajariladigan vazifalaridan kelib chiqib, ОТ niuch guruhga boiish mumkin: • Bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi); • Ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi); • Tarmoqli. Bir vazifali ОТ bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq bir vazifani bajarishi uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizim- laming tipik vakili MS DOSdir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).K o‘p vazifali ОТ vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa boiib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur-vazifalar bo‘ladi va prosessor kompyuter resurslarini vazifalar o'rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi ОТ ning tipik vakillari: IBM korporatsiyasining OS/2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlaming paydo boiishi bilan bog'liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo'ljallangan. Tarmoqli ОТ laming tipik vakillari: Novell NetWare, Microsoft Windows NT, Banyan Vines, IBM LAN, UNIX, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir. Quyidagi ОТ rivojlanishining asosiy yo'nalishlari keltirilgan: • Operatsion tizimlar narxlarining kamayishi; • Dastur ko‘rinishida amalga oshirilgan ОТ ko'plab funksiyalaming mikrodastur ko‘rinishida ro'yobga chiqishi; • Ko‘p protsessorli kompyuterlar ishining ta’minoti; • Kompyuterlaming turli turlari (avlodlari) uchun dasturlar muvofiqligini ta’minlash; • Paralel dasturlaming bajarilishini ta’minlash; • Taqsimlovchi hisoblash tarm og‘ini hosil qiluvchi turli kompyuterlar protsessorlarida alohida vazifalar amalga oshiriladi. Servis dasturiy ta’minoti — foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo'shimcha xizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshimvchi dasturiy mahsulotlar yig‘indisidan iboratdir. Biroq, funksional imkoniyatlariga ko‘ra, servis vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: • Foydalanuvchi interfeysini yaxshilovchilar; • Ma’lumotlami buzilish va qoidasiz kirishlardan himoya qiluvchilar; • Ma’lumotni qayta ishlovchilar; • Disk va tezkor xotira qurilmasi o'rtasida ma’lumot almashuvini tezlashtiruvchilar; • Virusga qarshi vositalar.Tashkil etish va amalga oshirish usuliga ko‘ra servis vositalar qobiqli utilitalar va mustaqil dastur holida taqdim etilishi mumkin. Qobiqlar va utilitalar orasidagi farq ko‘proq faqat birinchisining unevirsalligi va ikkinchisining ixtisoslashganligida ifodalaniladi. OT ning sozlovchisi boigan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi. Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan boiib, har biri o‘z vazifasini bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tasnifi o‘z vazifasi va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.Qobiq foydalanuvchiga sifat jihatidan yangi interfeys taqdim etadi. OT foydalanuvchi operatsiya va buyruqlarini ikir-chikirigacha bilishdan ozod etadi. Ko'pgina qobiqlar, masalan,MS DOS oilasiga mansublarining vazifalari fayllar va kataloglar bilan ishlashga yo‘naltirilgan hamda fayllami tez topishni ta’minlaydi. Utilitalar foydalanuvchiga qo'shimcha xizmatlami (maxsus dasturlar ishlab chiqishni talab etmaydigan) asosan disklar va faylli tizimlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ko'rinishida taqdim etadi.Utilitalar ko‘pincha quyidagi vazifalami bajarish imkonini beradi: • disklarga xizmat ko‘rsatish (axborotni tartibga solish, uni saqlash, to'xtatish va tiklash imkoniyati); • fayl va kataloglarga xizmat ko‘rsatish (xuddi qobiqlar kabi); • arxivlami yaratish va yangilash; • kompyuter resurslari haqida, diskli makon xususida, dasturlar o‘rtasida TXKni taqsimlash to‘g‘risida axborot taqdim etish; • turli rejim va formatlarda matnli va boshqa fayllami bosish; • kompyutemi viruslardan himoya qilish. Virusga qarshi himoya dasturiy vositalar viruslami topish va ulami yo‘qotishda qo'llanadi. Virus turli yo'llar bilan boshqa dasturiga kirib oigan holda ko‘payishga qodir boigan dastur demakdir.Dasturlashtirish tili translyatori deb dasturlashtirish tilidan (odat-da) mashina kodiga moslab matnni taijima qiluvchi dasturga aytiladi. Dasturlash tirishning kirish tili, translyator, mashina tili, standart dasturlar kutubxonasi, translyatsiya qilingan dasturlami sozlash va jamlash vositalarini majmuyi dasturlashtirish tizimi deb ataladi. Dasturlashtirish tizimida translyator dasturlashtirishning kirish tilida yozilgan dastumi aniq bir EHMning mashina buyrugi tiliga taijima qiladi. Kirish tilidan taijima qilish usulga bog'liq holda translyatorlar kompilyator va interpretatoiiaig bo'linadi.Kompilyatsiyalashgan dastur mashina tilida obyektli modullar turkumiga aylanadi, so‘ngra magnit diskda fayl ko‘rinishidabajarish va saqlanishga tayyor yagona mashina dasturlariga yig‘iladi (jamlanadi). Bu dastur takror translyatsiyasiz bajarilishi mumkin.Interpretator translyatsiya va boshlang‘ich dastur operatorlarini darhol bajarishni amalga oshiradi: dasturlashtirish kirish tilining har bir operatori mashina tilining bir yoki bir necha buyrug'iga translyatsiya qilinadi, ular shu ondayoq diskda saqlanmagan holda bajariladi. Kompilyatorga nisbatan interpretatoming asosiy afzalligi uning oddiyligidadir. Dasturlashning kirish tili quyi darajali deb ataladigan mashina tiliga nisbatan yuqori darajali til deb ataladi.Eng ko‘p tarqalgan dasturlashtirish tillari Basic, C + + , Fortran va boshqalardir. Rivojlanish tendensiyasi — Visual Basic turidagi to'rtinchi avlod tillarining paydo boiishidir.Texnik xizmat ko'rsatish dasturlari deganda kompyuter ish jarayoni yoki umuman hisoblash tizimida diagnostika va xatolami topish uchun dasturiy-apparat vositalarining majmuyi tushuniladi. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • EHM va uning ayrim qismlari ishining to‘g‘riligi diagnostik va test nazorati vositalari, shu jumladan ulaming EHMda muayyan lokalizatsiyasi boigan xatolar va shikastlanishlami avtomatik izlash; • axborot tizimi hisoblash muhiti diagnostik va nazorat qilishning maxsus dasturlari. • Dasturiy mahsulotlar •Dasturiy mahsulotlarni tayyorlash Foydalanish xususiyati va foydalanuvchilar kategoriyalariga ko‘ra barcha dasturlarni ikki sinfga — utilitar dasturlar va dasturiy mahsulotlarga bo’lish mumkin. Download 57.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling