Dasturiy ta’minot ishlab chiqishning hayotiy sikli modellari. Atdt assistenti Raxmonova M. R


Download 39.72 Kb.
bet6/17
Sana17.08.2023
Hajmi39.72 Kb.
#1667840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Dasturiy injiniringning asosiy tushunchalari-kompy.info

Dasturiy ta'minotning Incremental ishlab chiqish usullari moslashuvchan usullarining asosiylaridan bo’lib, u sharshara usulidan ko’ra ishlab chiqish jarayonida talablari o'zgaruvchan bo’lgan tizimlarni yaratishda qulay hisoblanadi. Aksariyat biznes tizimlari bu usul yordamida ishlab chiqiladi. Masalani hal qilish usuliga qarab Incremental ishlab chiqish amalga oshiriladi. Kamdan-kam hollarda muammoning to'liq yechimini oldindan topiladi, xatoga yo'l qo'yilganini topilganida, orqaga qaytib, ketma-ket qadamlar bilan yechimga o'tiladi. Dasturiy ta'minotni bosqichma-bosqich ishlab chiqish orqali unga o'zgartirishlar kiritish arzonroq va osonroq bo'ladi.

Incremental rivojlanish sharshara modeliga nisbatan uchta asosiy afzalliklarga ega:

1. Talablardagi o'zgarishlarni amalga oshirishga ketadigan xarajatlari kamayadi. Qayta ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan tahlil va hujjatlar miqdori sharshara modelida talab qilinadiganidan ko’ra kamroq bo’ladi.

2. Ishlab chiqilgan ishlari bo'yicha mijozlarning fikr-mulohazalarini olish osonroq bo’ladi. Mijozlar dasturiy ta'minot haqida fikr bildirishlari va oldingidan ko’ra amalga oshirilgan ishlarni ko'rishlari mumkin. Mijozlarga dasturiy ta'minotni loyihalash hujjatlaridan uning rivojlanish bocqichlarini baholashi qiyinroq bo’ladi.

3. Foydali dasturiy ta'minotni mijozga erta yetkazib berish va joylashtirish, hatto barcha funksiyalar kiritilmagan bo'lsa ham mumkin. Mijozlar ertaroq dasturiy ta'minotdan foydalanishlari hamda foyda olishlari mumkin.

Boshqaruv nuqtai nazaridan, incremental yondashuv ikkita muammoga ega:


  • Jarayon ko'rinmaydi. Menejerlar rivojlanish darajasini o'lchash uchun muntazam natijalarni bilib turishlari lozim. Agar tizimlar tezda ishlab chiqilsa, tizimning har bir versiyasini aks ettiruvchi hujjatlarni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan samarali emas.

  • Yangi qo'shimchalar qo'shilishi bilan tizim strukturasi yomonlashadi. Muntazam o'zgartirish tartibsiz kodga olib keladi, chunki har qanday usulda yangi funksiyalar qo'shiladi. Tizimga yangi xususiyatlarni qo'shish tobora qiyin va qimmatga tushadi. Tuzilmaning buzilishini va kodning umumiy chalkashligini kamaytirish uchun moslashuvchan usullar dasturiy ta'minotni muntazam ravishda qayta ishlash (yaxshilash va qayta qurish) kerakligini taklif qiladi.

Download 39.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling