Dasturiy taminot qurilmasi va evolutsiyasi


Download 81.97 Kb.
bet2/4
Sana02.06.2024
Hajmi81.97 Kb.
#1836141
1   2   3   4
Bog'liq
5-amaliy

Hodimlarni boshqarish
Dasturiy taminot ishlab chiqaruvchi tashkilotlarda ishlayotgan hodimlar
tashkilotning qimmatli hodimlaridir. Bu yaxshi hodimlarni(mutaxassislarni) ishga
jalb qilish va saqlab qolishda ko‘p ahamiyatga ega va tashkilotning sarmoyadan
mumkin bo‘lgan eng yaxshi foyda kelishini ta`minlash ham dasturchilarga bog`liq.
Mivofaqqiyatli kompaniyalar va xo‘jaliklarda hodimlar tashkilot tomonidan
xurmat qilinganda, malakasi va tajribasini ko`rsatadigan javobgarlik belgilanganda
erishiladi. Dasturiy loyiha boshqaruvchilari dasturiy ta‘minot rivojlanish ishiga
ta‘sir qiluvchi texnik masalalarni tushunishi muhim. Shunga qaramay, baxtga
qarshi, yaxshi dasturiy injinerlar kerakli darajada yaxshi shaxs boshqaruvchilari
emas.
Dasturiy injinerlarda kuchli texnik malaka bor, lekin loyiha yaratuvchi
jamoani umumlashtirish va boshqarish imkoniyatini beruvchi hislat yo‘q. Loyiha
boshqaruvchisi sifatida, siz hodimlarni boshqarishning potensial muammolaridan
xabardor bo‘lishingiz va boshqaruv malakangizni oshirishga urinish kerak.
Mening fikrimcha, hodimlarni boshqarishda to‘rtta muhim omil bor:
1. Loyiha jamoasidagi bir xil hodimlarga qiyosiy yo‘sinda munosabat
bo‘lishi kerak. Hech kim hamma mukofot bir xil bo‘lishini kutmaydi lekin
hodimlar ularning tashkilotga hissasi past baholanganini his etmasligi kerak.
2. Turli hodimlarda turli mahorat borligini hurmat qiling va menejerlar bu
farqlarni hurmat qilishi lozim. Jamoaning har bir a`zosiga o‘z xissasini qo‘shishi
uchun imkon berish kerak. Bazi hollarda, albatta, hodimlarni jamoaga mos emas
deb hisoblaysiz va ular davom etolmaydi, lekin loyihaning dastlabki bosqichlarida
hulosaga shoshilmaslik kerak.
3. Jalb qilingan hodimlar boshqalar uni tinglayotganini his etganda samarali
hissa qo‘shadi va taklifini ham hisobga oladi. Ishchi muhitni rivojlantirish juda
muhim qayerdaki, hamma fikrlar, hatoki u eng quyi hodimga tegishli bo`lsa ham,
hisobga olingan joyda.
4. Menejer sifatida rostgo‘ylik, siz doim jamoada nima yaxshi v anima
yomon ketayotganligi haqida rostgo‘y bo‘lishingiz lozim. Siz texnik bilim
darajangiz haqida va ochiq ko`ngillik bilan zarurat bo‘lganda yetarli bilim
ta‘minlash uchun ishni kechiktirishda ham rostgo‘y bo‘lishingiz kerak. Agar siz
bilimsizlik va muammolarni yopib yuborsangiz, sizdan habar topishadi va jamoani
hurmatini yo‘qotasiz.
Hodimlarni boshqarish, fikrimcha, tajribaga bog‘liq bo‘lgan narsa, kitobdan
o‘rgangandan ko‘ra. Bu bo‘limdan mening maqsadim va keyingi jamoaviy ish
haqidagi bo‘lim oddiygina muhim insonlarni va jamoani boshqarishdagi dasturiy
loyiha boshqaruviga ta‘sir etuvchi muammolarni tanishtirish. Umid qilamanki,
texnik talantli jamoalar bilan kelishishda menejerlar duch keladigan bir qancha
muammolarga ta`sirchanligingizni oshirdi.

Download 81.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling