Dasturiyinjiniring


Ikki biologik populyatsiyaning o'zaro ta'sirida kichik tebranishlar modeli qanday qurilgan?


Download 37.94 Kb.
bet3/6
Sana05.01.2022
Hajmi37.94 Kb.
#223245
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 - mavzu

Ikki biologik populyatsiyaning o'zaro ta'sirida kichik tebranishlar modeli qanday qurilgan?

Populyatsiya – (fransuzcha populations) xalq, aholi degan ma’nolarni bildiradi. Ekologik nuqtai nazardan populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan yoki o‘sadigan va bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisiga aytiladi. Populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir. Yana bir xususiyati o‘zini son jihatdan idora etishidir. Populyatsiyaning optimal sonini saqlab turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. Populyatsiyani guruhli birlashma deb atash mumkin. Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jinsi, yoshi hamda morfologik, fiziologik, hulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi, jinsi, hayot siklining turli fazalariga, beqaror guruhlarga mansubligi bilan farq qiladi. Populyatsiyalar ekologiyasining asoschisi ingliz olimi Ch. Elton bo‘lib, populyatsiyalar ekologiyasi fani 1930 yilda vujudga keldi. Ch. Elton o‘zining “Hayvonlar ekologiyasi” kitobida ayrim organizmlarni o‘rganishdan populyatsiyalarni o‘rganishga o‘tish kerakligini aytgan. Chunki bunday o‘rganilganda populyatsiyadagi organizmlarning moslashishi va boshqarilishi yaqqol ko‘rinadi, bunda asosiy masala populyatsiya sonining dinamikasi hisoblanadi. Populyatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumot populyastion genetikada paydo bo‘ldi va turlar murakkab tizim deb qaralganidan keyin rivojlana boshladi. Amaliy ehtiyojlar ham populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Populyatsiyalar ekologiyasining rivojlanishiga S.A.Severstov, S.S.Shvarst, N.P.Naumov, G.A.Viktorov kabi olimlar katta hissa qo‘shdi. O‘simliklar 43 populyatsiyasini o‘rganishga Sinskaya E.N. (1948), T.A.Rabotnov., A.A.Uranov asos soldi. S.S.Shvarstning "Hozirgi ekologiyaning uslublari" nomli asarining birinchi qismida "Ekologiya— populyatsiyalar to‘g‘risidagi fan" deyilgan, populyatsiya esa hayvonlar uchun asosiy va birdan-bir yashash formasidir deyilgan. Populyatsiyani o‘rganishda ikkita metodologik yondashish mavjud: birinchisiga muvofiq, dastlab organizmlarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, keyin ular populyatsiyaning xususiyatlari bilan bog‘lanadi. Ikkinchisiga binoan populyatsiyaning xususiyatlari, yashash muhiti bilan bog‘lanadi deb ta’kidlanadi. Populyatsiya bir butun tizim shaklida, tashqi omillar bilan bog‘langan holda o‘rganiladi. Hozirgi vaqtda biologiyada "populyatsiyalar biologiyasi" sohasi mavjud. Bunda, populyatsiyaning joydagi roli - konsument, produstent va redustentlar, har xil yoshdagi jinsiy guruh va ozuqa zanjirining biotsenozdagi roli o‘rganiladi. Ekologik yondashish populyatsiyalarning muhit fizik-geografik omillariga moslashishini o‘rganish bilan birga, biotik bog‘lanishlarga bog‘liq, organizmlarning ko‘payish va boshqa organizmlar bilan ekotizimda birga yashashini ham o‘rganadi. Populyatsion ekologiya quyidagilarni o‘rganadi: 1) populyatsiyaning ekologik strukturasini maxsus o‘rganish; 2) populyatsiyalarning tur ichidagi bir-biriga bog‘liqligi, o‘zaro munosabati va ta’sirini o‘rganish; 3) tashqi muhit o‘zgarishiga bog‘liq, makon va zamonda populyatsiyadagi genotipik tarkibining o‘zgarishini o‘rganish. Populyatsiyalar ekologiyasi katta ahamiyatga ega bo‘lgan hayvon va o‘simliklarni ko‘paytirish yo‘llarini topish maqsadida vujudga keldi. Bunda, har xil parazitlar, kasal tarqatuvchi organizmlar hisobga olinadi. Populyatsiyalar ekologiyasi kam uchraydigan va yo‘qolib ketayotgan turlarni qo‘riqlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. Atrof - muhitdagi ko‘p hayvon va o‘simliklar tartibsiz iste’mol qilinishi natijasida yo‘qolib ketadi. Uni tiklash choralari populyatsion ekologiyaning vazifalari qatoriga kiradi. Buning 44 uchun populyatsiyalarni tabiiy sharoitda o‘rganish kerak, masalani o‘rganishda va hal qilishda matematik - statistik usullar katta rol o‘ynaydi. Populyatsiyani o‘rganishda ayrim omillar orqali kuzatuvlar olib boriladi. Populyatsiyalar esa doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Populyatsiya tarkibi uning zamon va makonda tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar orqali aniqlanadi. Vaqt ichidagi o‘zgarishlar esa populyatsiyalar sonining o‘zgarishida bilinadi. Populyatsiyalar ekologiyasida o‘sish tezligi, populyatsiya sonining o‘zgarishi kabilarning matematik modellari ishlatiladi. Bu modellarni tuzish, yashovchanlik va o‘lish terminlari bilan bog‘liq. Populyatsion ekologiyaning amaliy jihatlari yana shu bilan ahamiyatliki, zararkunandalarning ko‘payishini oldindan aniqlaydi va unga qarshi kurash yo‘llarini ishlab chiqadi. U turlarning kritik soni va yashovchanligini o‘rganadi. Populyatsiyadagi organizmlar sonining dinamikasi uzoq muddat davomida kuzatishlar olib borib, uning tashqi muhit omillariga bog‘liqligi aniqlanadi. Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o‘rganishdan iborat. Chunki ular hosildorlik va ko‘payish xarakterini ko‘rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish kriteriyasi bo‘lib, o‘lish bilan ko‘payish o‘rtasidagi nisbatni belgilaydi. Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan biri, o‘zini son jihatidan idora etishdir. Individlar o‘rtasida aloqalar bo‘lishi bilan birga, ularning yashab turgan joylari bilan ham aloqalari mavjud. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o‘ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: populyatsiyaning soni, zichligi, tug‘ilishi, o‘lishi, populyatsiyaning o‘sishi, o‘sish sur’ati, biotik potentsiali va boshqalar. Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jinsi va yosh bo‘yicha nisbatlari, morfologik, fiziologik hulqi va genetik xususiyatlar populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi. 45 Populyatsiyadagi individlar bir-biridan yoshi, jinsi, o‘zaro chatishadigan avlodlariga hayot siklining turli fazalar va guruhchalarga (poda, koloniya va boshqalar) mansubligi bilan farq qiladi. Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasi esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy to‘siqlarni yengib o‘ta olish kabi biologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Populyatsiyalar ichida organizmning o‘sishi, tarqalishi va boshqa ko‘pgina sabablarga ko‘ra, ya’ni tashqi muhitning o‘zgarishi, dushmanlar sonining o‘zgarishi kabi qator omillarga bog‘liq holda o‘zgarish vujudga keldi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi, turli yosh va guruhlardagi erkak va urg‘ochi individlarning soni orqali ifodalanadigan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromosomalarning qo‘shilishiga, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog‘liq. Ikkinchidan, unga ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin. Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun urg‘ochi organizmlarning soni muhim ahamiyatga ega. Masalan, odamlar populyatsiyasining potentsial o‘sishi, o‘smir va qariyalar emas, 15 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan ayollar hisobiga to‘g‘ri keladi. Populyatsiyadagi individlarning nobud bo‘lishi va jinslar nisbati amaliy ahamiyatga ega. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanish jadalligi, nobud bo‘lishi darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi. U aniq sharoitga qarab, har bir populyatsiya uchun turning genetik hususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Yosh tuzilmasi har xil usullarda ifodalanadi. Populyatsiyani boshqarish, foydalanish, monitoring va muhofaza vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Chunki populyatsiya sonining boshqarilishi tabiatda kuzatiladi, uning bir qismi olinganda u yana tiklanadi. Shuning uchun populyatsiyani boshqarish muhofaza vositasi bo‘lib xizmat qiladi. U monitoring vositasi hamdir, chunki tur emas, ularning populyatsiyasini kuzatish kerak. Muhofaza qilganda esa populyatsiyalarni muhofaza qilish orqali o‘simlik va hayvon turlarini saqlab qolish mumkin. 46 Hozirgi vaqtda antropogen omillar ta’sirida tabiiy o‘simliklar jamoasida ba’zi bir ko‘p iste’mol qilinadigan dorivor va yem-xashak o‘simliklarining populyatsiyalaridagi organizmlar insonlar tomonidan me’yorsiz foydalanish natijasida yo‘qolib ketmoqda. Masalan, mollar ko‘p yeydigan yem-xashak o‘tlari me’yorsiz foydalanish natijasida Angren adirlari va boshqa joylarda kamayib bormoqda, ularning joyini esa termopsisga o‘xshagan mollar iste’mol qilmaydigan o‘simliklar populyatsiyasi egallamoqda. Shuning uchun foydali o‘simliklar populyatsiyasini saqlab qolishda populyatsiyalarni monitoring yo‘li bilan kuzatish kerak va foydali o‘simliklar populyatsiyasining tiklanishi uchun tabiatdan me’yorda foydalanish kerak. Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi. Bunda ayrim individ va guruhchalarning tarqalish xarakteri ifodalanadi. Odatda tur va ayrim populyatsiyalar ichida individlar bir tekis tarqalmaydi, sababi yashash sharoiti, ya’ni ozuqa resurslari, boshpana kabilar notekis taqsimlangandir. Har qanday populyatsiyadagi individlarning ma’lum darajada bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurishi kuzatiladi. Ba’zi individlar tug‘ilgan joyida umrining oxirigacha yashab qolsa, ba’zi birlari uzoq masofaga ko‘chib ketadi (migratsiya). Individlarning uch turda tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli. Bir tekisda Tasodifiy Guruhli yoki dog‘li Individlar bir tekis tarqalganda, mevali daraxtlar bog‘da o‘tkazilgandek, bir - biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi. Tabiatda bunday tarqalish turi juda kam bo‘ladi. Yetilgan o‘rmonlarda baland daraxtlarning joylanishi bir tekis joylanishga misol bo‘la oladi. 47 Tasodifiy tarqalishda individlar bir - biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo‘lgan bir xil muhitda uchratiladi. Tabiatda guruhli tarqalish turi ko‘p uchraydi. Bunda individlar to‘da hosil qilib bir - biridan turlicha masofada joylashadi. Guruhli tarqalish - notekis muhit ta’siri natijasida, ya’ni muhitning ayrim bo‘limlarida qulay sharoit bo‘lishi, shuningdek, noqulay omillar bilan birga uchraydigan joylar uchun xarakterlidir. Hayvonlar populyatsiyasining etologik (hulqiy) xatti - harakati tuzilmasi. Hayvonlar hulqiy xatti - harakati qonuniyatlarini o‘rganadigan fan - etologiya (yunoncha - «ethos» xarakter) deb ataladi. Bitta populyatsiya a’zolari orasidagi o‘zaro munosabat tizimiga populyatsiyalarning etologik tuzilmasi deyiladi. Organizmlarning butunlay yakka hayot kechirishi tabiatda uchramaydi. Ayrim turlar juda ham kuchsiz bo‘lsa ham kontaktda (birga yashashda) bo‘lishi mumkin. Masalan: xonqizi faqat urug‘lanish oldidan erkak va urg‘ochisi (qarama - qarshi jinslar) uchrashadi, boshqa vaqtlarda bir - biridan alohida yashaydi. Hayvonlarning hulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlarning birgalikda yashashining qator shakllari mavjuddir. Birgalikda yashash - qisqa, uzoq, umrining oxirigacha bo‘lish mumkin. Nasl qoldirish uchun qayg‘urish natijasida oila deb atalmish hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi. Ularning birmuncha yirik birlashmalariga poda, gala va koloniya bo‘lib yashash kiradi. Koloniya – o‘troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikda yashashidir. Ular uzoq vaqt yoki ko‘payish oldidan birga yashashi mumkin. Koloniya bo‘lib hayot kechirish - oilaviy guruhlarning kengayishi hisobiga kelib chiqadi va birgalikda ko‘payish, himoya, o‘zini va bolasini boqish va boshqa funktsiyalarni bajaradilar. Galalar – bir turga kiruvchi ba’zi guruh hayvonlarining biron - bir biologik jihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi. Galalar dushmandan saqlanish, ozuqa topish, migrastiya kabi 48 funkstiyalarni bajarishni yengillashtiradi. Gala bo‘lib yashash baliqlarda, qushlarda va sut emizuvchilardan itsimonlarda uchraydi. Gala bo‘lib yashash baliqlar galasi dushmandan saqlanishda, qushlarda esa mavsumiy migrastiya vaqtida shakllanadi. O‘troq holda yashovchi qushlar o‘rtasida doimo tovush chiqarib turish, ko‘rish bilan bog‘liq signallar mavjud. Bo‘rilar galasi qishda birgalikda ov qilish uchun tashkil topadi. Podalar – galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo‘lgan barcha funkstiyalarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migrastiya, ko‘payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli hulqiy xatti-harakatlari «hukmdor» va «itoatkor» asosidagi o‘zaro munosabatlardan tashkil topadi. Podadagi har bir individ rahbarga itoat etgan holda harakat qiladi.


Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling