Iqtisodiy ma’lumotlarni yig’ish va ularni statistik qayta ishlash
Download 59.62 Kb.
|
EKONAMETRIK MODELLARNI TUZISH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy muammoning qo’yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish.
- Ekonometrik modellashtirishning bosqichlari
- Modelni matematik tahlil qilish.
- Matematik modelni qurish.
EKONAMETRIK MODELLARNI TUZISH USULLARI Reja 1. Ekonometrik modellar haqida tushuncha 2. Ekonometrik modellar tuzish usullariEkonometrik modellashtirishning bosqichlari Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichlari turli sohalarda, shu jumladan, iqtisodiyotda ham o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi. Iqtisodiy-matematik modellashtirish bitta tsiklining bosqichlari ketma-ketligi va mazmunini tahlil qilaylik. Iqtisodiy muammoning qo’yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bu bosqich modellashtiriladigan ob’ektning eng muhim xususiyatlari va xossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob’ektning tuzilmasi va uning elementlarini boѓlovchi asosiy boѓlanishlarni o’rganishni; ob’ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’lmaganda dastlabki) gipotezalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modelning umumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu erda tadqiqotning sof matematik usullari qo’llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida echimning mavjudligi, yagonaligi, echimga qaysi o’zgaruvchilar (noma’lumlar) kirishi mumkinligi, ular orasidagi munosabatlar, bu o’zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga boѓliq ravishda o’zgarishi, ularning o’zgarishining yo’nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modelning analitik tadqiqoti empirik (sonli) tadqiqotiga nisbatan shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalar model tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchini saqlaydi. Shunga qaramay, murakkab iqtisodiy ob’ektlarning modellari juda katta qiyinchilik bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Analitik usullar bilan modelning umumiy xossalarini aniqlashning ilojisi bo’lmaydigan hamda modelni soddalashtirish Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoni formallashtirish, uni tayinli matematik boѓlanishlar va munosabatlar (funktsiyalar, tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko’rinishida ifodalash bosqichidir. Odatda avval matematik modelning asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so’ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o’zgaruvchilar va parametrlarning konkret ro’yxati, boѓlanishlar shakli) aniqlashtiriladi. 15
Download 59.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling