Dasturlar article · January 021 citations reads 2,226 author


Download 119.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana15.11.2023
Hajmi119.52 Kb.
#1775170
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SALAYEVAMUXLISA



See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 
https://www.researchgate.net/publication/349125992
IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA QO'LLANILADIGAN AMALIY
DASTURLAR
Article
· January 2021
CITATIONS
0
READS
2,226
1 author:
Nurmuxamad Duisenov
Chirchik state pedagogical Institute
188
PUBLICATIONS
311
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by 
Nurmuxamad Duisenov
on 09 February 2021.
The user has requested enhancement of the downloaded file.


IQTISODIY MASALALARNI YECHISHDA QO’LLANILADIGAN AMALIY 
DASTURLAR 
 
Abstract 
Ko’pchilik hollarda qayta ishlanadiga ma’lumotlarni jadvallar ko’rinishida 
tasvirlaymiz. Shuning uchun jadval katakchalarining bir qismiga boshlang’ich 
ma’lumotlar va boshqa qismiga esa hosil qilinadagan hosilaviy ma’lumotlar yoziladi. 
Masalan: o’quvchilarning kunlik tergan paxtasi uchun mexnat haqini hisoblash talab 
qilinsin, u holda terilgan paxta miqdori –A, bir birlik (1 kg) paxta uchun to’lanadigan 
ish haqi bahosi (sumda) –B, boshlang’ich ma’lumot sifatida va har bir o’quvchining 
bir kunlik jami tergan paxtasi uchun ish haqi miqdori (summasi) hosilaviy ma’lumot 
bo’lib hisoblanadi. 



Katta hajmli tekshirish natijalarini jadval ko’rinishida tasvirlash maqsadiga 
muvofiqdir. Ma’lumotlarni jadval ko’rinishida tasvirlash ularni taxlil qilishni ancha 
soddalashtiradi. Shuning uchun kupchilik hollarda hisob-kitoblar samaradorligi va 
sifatini oshirish uchun avtomatlashtirilgan hisoblashlarni joriy qilish maqsadga 
muvofiqdir. 
Jadval ko’rinishida tasvirlanadigan masalalarni echish uchun maxsus amaliy 
dasturlar paketi ishlab chiqilgan bo’lib ular elektron jadvallar yoki jadval protsissori 
deb ataladi. 
Elektron jadvallar avvalo iqtisodiy masalalarni echish uchun mo’ljallangan, lekin 
uning yordamida injenerlikka doir masalalarni bajarishda ham, masalan, formulalar 
bo’yicha hisob-kitoblar muvaffaqiyatli ishlatilmoqda. 
Elektron jadvallar qo’llanilayotgan sohalar juda ko’p, masalan: moliyaviy, 
buxgalteriyaga oid, xususan ish haqini hisoblash, har xil iqtisodiy-texnik hisoblar
kundalik ho’jalik tovarlari va mahsulotlarni sotib olish va xokazolar. 
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi programma bo’lib, u Windows 
operatsion sistemasi boshkaruvida ishlovchi hamda ma‘lumotli elektron jadvallarni 
tayyorlash va qayta ishlashga muljallangan. 
Excel da tayyorlangan har bir xujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .XLS 
kengmaytmadan iborat fayl buladi. Excel da odatda bunday fayl “Ish kitobi” 
(Workbook) deb yuritiladi. 
Microsoft Excel ning asosiy ish soxasi - bu “Ish kitobi” bo’lib, u bir yoki bir 
nechta ish varaqlardan iborat. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, 
matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan buladi. Excel ning 
buxgalter kitobidan asosiy farki barcha hisob ishlarini uning uzi bajaradi, lekin 
ma‘lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi. 




Download 119.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling