Dasturlash / Ma ’ lumotlar bazalari
Dastur ishlab chiqish bayoni o‘quv maqsadi
Download 0.95 Mb.
|
2. 1 Dasturiy ta’minot ishlab chiqish masalasining qo‘yilishi 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1 Tasvirlashning asosiy texnikalari
3. Dastur ishlab chiqish bayoni o‘quv maqsadi
O‘quv maqsadi O‘quvchi tavsifning eng muhim elementlarini biladi, struktura diagrammasini o‘qiy oladi (Struktogramm) va struktura diagrammasida qo‘yilgan vazifani tasavvur qila oladi. Mazmuni Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasi (blok-chizma) Echimlar jadvali Dasturning mantiqiy chizmasi Struktura diagrammasi (Struktogramm) 2-faza bobida dasturiy ta’minotni turli xil yondashuvlar bilan muvofiq ko‘rib chiqib, 3-bobga esa texnik, dasturchi qanday qilib qo‘yilgan ishlab chiqarish iqtisodiy yoki texnik vazifalarni mantiqiy dastlabki strukturasiga kirisha olishi mumkinligi izohlanadi. Shu bilan birga gap ko‘rsatish uchun qabul qilingan qarorning dasturlashtirilgan jarayonlarini va ularning natijalarini qog‘ozda ifodalash uchun xizmat qiluvchi loyiha usuli haqida ketayapti. Masalan, struktura diagrammasi (Struktogramme) singari tasvir unsurlari strukturalashtirilgan dastur loyihasini tutib turgan bir paytda, misol uchun, qarorlar jadvali qabul qilingan qarorlarning tugalligini ta’minlaydi. Tasvirning standart texnikalari shuningdek, dasturchi bo‘lmaganlarga ham ma’lumotlar oqimi va dasturlashtirilgan jarayonlarni tushunishga yordam beradi va bu bilan foydalanuvchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasidagi munosabatning ochiq oydin bo‘lishiga ko‘maklashadi. Quyida xujjatlashtirishni olib borishning ba’zi muhim va keng tarqalgan texnikalari bayon qilib berilgan. 3.1 Tasvirlashning asosiy texnikalariQuyidagi asosiy tasvir texnikalari «blok-chizma» (Inglizcha: Flowchart) guruhiga tegishlidir. Tasvir texnikalari internatsional qo‘llanuvchi standart belgilardan foydalanadi. 3.1.1 Tasvirlashning asosiy texnikalariMa’lumotlar oqimining o‘tish chizmasi (Inglizcha: Data Flowchart, DFD) ma’lumotlarning mantiqiy oqimi xomaki rejasini va kompyuterdagi kiritish/chiqarish jarayonini bajaradi. Ma’lumotlar oqimi yo‘nalishi uchun standart belgilar va ko‘rsatkich(strelka)dan foydalaniladi. Bu belgilar shuningdek tasvirning boshqa texnikalarida ham (mas.,dasturning mantiqiy chizmasida) mavjud. Umumiy jarayon Qo’l jarayoni, qo’lda ishlov berish Ma’lumot tashuvchilarning batafsilroq belgilarisiz berilgan, umumiy ma’lumotlar Qo‘lda kiritish qurilmasi (mas. klaviatura) Xujjat, mas. bosishga chiqarish, kvitansiya Bir qancha xujjatlar Tezkor xotira Ekranga chiqarish, optik yoki akustik ma’lumotlar Bevosita kiritiladigan ma’lumotlar tashuvchi, mas. qattiq disk Tarmoqlanish Cheklovchilar, mas. Boshlanishi, oxiri Ishora qilish bo’yicha jarayon (mas. dastur osti) Umumiy ma’lumotlar oqimi Ma’lumotlarni masofadan uzatish 3.1-rasm: Ma’lumotlar oqimi o‘tish chizmasidagi va boshqa diagrammalardagi razmlar Keyingi rasm inglizcha/amerikacha nomlar bilan belgilar to‘plamini ko‘rsatadi: 3.2-rasm: Ma’lumotlar oqiminig o‘tish chizmasi va boshqa diagrammadagi belgilarni, inglizcha nomlari Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling