Dasturlash asoslari. Algoritmni tasvirlash usullari. Fortran tili
Download 309.38 Kb.
|
xamdamm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assembler tili
Basic tili
Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog`ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug`i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o`girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi. Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o`zgaruvchi dastur nazarda tutiladi. Assembler tili Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. 1960 yil oxirlarida Niklaus Wirth tomonidan yaratilgan. Bu til, 17 asrda yashab o`tgan fransuz matematigi Blaise Pascal sharafiga atalgan. Blaise Pascal sonlarni qo`shish uchun yaratilgan dastlabki mexanik mashinalardan birining ixtirochisi bo`lgan. Pascal tili tuzilmalashgan dasturlash tili bo`lib hisoblanadi. Dastlab Pascal dasturlashga o`qitish uchun foydalanilgan. Hozir xilma xil dasturlarni tuzishda keng qo`llanmoqda. Oddiy til, xilma xil turdagi ma’lumotlarga ishlov berish imkonini beradi va turli kompyuterlarda oson amalga oshiriladi. Pascal tili Yuqori pog`onadagi dasturlash tili. Bell Labs kompaniyasida Dennis Ritchie tomonidan 1970 yil o`rtalarida ishlab chiqilgan. Si tilidagi birinchi ahamiyatli dastur UNIX operatsion tizimi bo`ldi, bundan keyin bir necha yil davomida Si tili UNIX bilan chambarchas bog`landi. Ammo, hozirga kelib, Si tili UNIX dan mustaqildir. Soddalik, samaradorlik va boshqa operatsion tizimlarga yengil ko`chirish imkoni bu tilni keng tarqalgan tillardan biriga aylantirdi. Si tilida zamonaviy yuqori pog`onadagi tillarning alomatlari va Assembler tili bilan uyushadigan kompyuterni texnika vositalarini manzillash imkoni muvaffaqiyatli qo`shilib ketgan. Si tili kasbiy dasturchilarni jalb qiladigan qulay sintaksisga ega. Si tili ISO tomonidan standart sifatida tasdiqlangan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmadan foydalanilishi kengaytirilgan C++ tili paydo bo`lishiga olib keldi. Ci tili Ingliz tilida “see-sharp” deb talaffuz qilinadi. Microsoft NET maslagi uchun obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili. Ci va C++ tillarining chatishmasi bo`ladi. Microsoft kompaniyasi tomonidan Sun kompaniyasining Java tiliga raqobatdosh sifatida ishlab chiqilgan. Microsoft kompaniyasining mutaxassislari aytishlaricha, C# o`zida C++ tilining quvvatini va Visual Basic muhiti soddaligini mujassamlantirgan. C# veb-qo`llanmalarni ishlash tezligini va samaradorligini oshirishga yo`naltirilgan. Til qat’iyan statatik namunalashgan bo`lib, qat’iy obyektga-yo`naltirilgan dasturlash tili emas (obyektlar turlaridan tashqari ma’lumotlar turlariga ega). U polimorfizm, operatorlarning ortiqcha yuklanishi, ko`p oqimli hisoblar, vakil - funksiyalar, hodisalar, xossalar, istisnolar va XML formatidagi sharhlarni quvvatlaydi va chiqindilarni avtomatik tarzda yig`adi. C# ilk bor 2000 yilda chiqqan, uning so`nggi rusumi bo`lib C# 2.0 hisoblanadi. C# tili Ixtisoslashgan PERL (Practical Extraction and Report Language bosh harflaridan olingan) til. Matn fayllarini ko`rib chiqishga, ulardan axborot chiqarib olishga va choplashga mo`ljallangan. PERL tili 1987 yili paydo bo`lib, avval tizimli dasturlashga mo`ljallangan edi. So`ngra uning imkoniyatlari sezilarli darajada kengaytirildi. Til o`rganish uchun oson, hajmi katta emas, foydalanishda yengil va yuqori samaradorlik bilan tavsiflanadi. PERL tilining sintaksisi Si tilining sintaksisi bilan to`la mos keladi. PERL tili ishlaydigan ma’lumotlar hajmi cheklanmagan. Obyektga-yo`naltirilgan me’moriy tuzilmani quvvatlaydi. Turli maslaklarda ishlay oladi. Bepul tarqatiladi. PERL tili CGI skriptlarni yozishda keng tarqalgan tillardan biri bo`lib qoldi. PERL da yozilgan dasturlar server tomonidan ishga tushirib yuboriladi. Asosan, UNIX-yo`naltirilgan veb-serverlarda qo`llaniladi. Ma’lumotlar bazalaridan erkin foydalanishni ta’minlash, dinamik sahifachalarni yaratish uchun foydalaniladi. Download 309.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling