Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


OYD ning vujudga kelishi va S++ tilining yaratilishi


Download 204.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana05.01.2022
Hajmi204.72 Kb.
#234142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza

OYD ning vujudga kelishi va S++ tilining yaratilishi 

1970 yillar oxirida ko‘plab loyihalar S strukturaviy dasturlash tili yordamida qayta 

ishlash  uchun  oson  bo‘lgan  eng  yuqori  ko‘rsatkichga  erishgan.  Endi  bularga 

yangicha munosabat talab qilina boshlandi va ushbu muammoni hal etish uchun 

dastur tuzuvchiga katta hajmdagi dasturlar bilan ishlash imkonini beruvchi ob’ektga 

yo‘naltirilgan dasturlash (OYD) yaratildi. Garchi, o‘sha vaqtda S eng ommabop til 

bo‘lishiga qaramasdan OYD  ni  qo‘llab-quvvatlamadi. SHu  bois  uning  ob’ektga 

yo‘naltirilgan (keyinchalik S++ deb atalgan) versiyasini yaratish zaruriyati tug‘ildi.  

Bu  versiya o‘sha  Bell  Laboratories kompaniyasining xodimi  Bьyarn Straustrap 

tomonidan 1979 yil  boshida ishlab chiqilgan. Dastlab yangi til  “S  sinflar bilan” 

degan nom oldi. Lekin,  u 1983 yilda S++ deb qayta nomlangan. Bo‘lib, o‘zida S 

tilini  to‘la qamrab oladi (ya’ni, S  S++ uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi) va 

ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan yangi 

imkoniyatlarni  namoyon  qiladi.  Aslida  S++  S  tilining  ob’ektga  yo‘naltirilgan 

versiyasi hisoblanadi. SHuning uchun S# ni biluvchi dastur tuzuvchi uchun S++ da 

dasturlashga  o‘tishda  yangi  tilni  emas,  balki  faqatgina  OYD  ning  yangi 

konsepsiyasini o‘rganish kifoya qiladi.  

S++ tili uzoq vaqt mobaynida sifatga eьtibor bermay, faqat miqdor oshirish, hajmni 

kengaytirish jihatidan rivojlandi. 1990 yillar boshida u ommaviy ravishda qo‘llanila 

boshlandi va katta yutuqlarga erishdi. O‘n yillikning oxirida esa dasturiy ta’minotni 

qayta ishlashda eng  keng foydalaniladigan va bugungi kunda ham peshqadamlik 

qilayotgan tilga aylandi. 

SHuni anglash muhimki, S++ ni ishlab chiqilishi yangi dasturlash tilini yaratishga 

intilish hisoblanmaydi, balki mavjud tilni faqatgina etarli darajada muvaffaqiyatli 

takomillashtiryapti va to‘ldiryapti. Bunday qarash, hozirda ham kompьyuter tillarini 

rivojlantirishning yangi yo‘nalishlarida ham qo‘llanilayapti. 




Download 204.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling