Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


Internet va Java tilining vujudga kelishi


Download 204.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi204.72 Kb.
#234142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza

Internet va Java tilining vujudga kelishi 

Dasturlash tillarini rivojlantirishdagi keyingi katta muvaffaqiyatlardan biri Java tili 

bo‘ldi. Dastlab Oak deb atalgan Java ustida ishlash 1991 yilda Sun Microsystems 

kompaniyasida boshlandi. Djeyms Gosling, Patrik Noton, Kris Vort, Ed Frank va 

Mayk SHeridan mazkur tilning asosiy ishlab chiquvchilari bo‘lgan. 

Java  S++  tilidan  olingan  sintaksis  va  strategiya  bilan  strukturaviy  ob’ektga 

yo‘naltirilgan  til  hisoblanadi.  Java  innovatsiyalari  axborot  texnologiyalarining 



shiddat bilan  rivojlanishi va  Internet foydalanuvchilari sonining  tez  sur’atlarda 

o‘sishi, shuningdek dasturlash texnologiyalarining takomillashtirilishini ta’minladi. 

Internet ning keng tarqalishigacha yozilgan ko‘plab dasturlar aniq protsessorlar va 

muayyan operatsion tizimlar uchun kompilyasiya qilindi. Garchi dastur tuzuvchilar 

muvaffaqiyatli dasturlarni yozishda deyarli har doim koddan takroriy foydalanish 

savolini bergan bo‘lsalar-da, bu savol birinchi navbatdagisi emas edi. Biroq, Internet 

ning  (ya’ni kompьyuter tarmog‘i orqali turli xildagi  protsessorlar va  operatsion 

tizimlarni birlashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi) rivojlanishi bilan aynan 

dasturni bir  platformadan boshqasiga oson  o‘tkazish muammosi birinchi rejaga 

chiqdi. Bu vazifalarni hal etish uchun yangi til zarur edi va u Java bo‘ldi. 

Ta’kidlash kerakki, dastlab Java nisbatan oddiy rolь o‘ynadi. U  til platformasiga 

bog‘liq bo‘lmagan, o‘rnatilgan kontrollerlar uchun dasturiy ta’minotni yaratishda 

qo‘llash mumkin bo‘lgan    vosita tarzida yaratildi. 1993 yilda  kichik  miqyosda 

(o‘rnatilgan kontrollerlar uchun) o‘tkazuvchanlik muammolarini hal qilish uchun 

foydalaniladigan  texnologiyalar  katta  miqyosda  (Internet  uchun)  foydalanilishi 

mumkinligi  ravshan  bo‘ldi.  Java  ning  eng  asosiy imkoniyati –  platformalararo 

o‘tkazish kodini yaratish qobiliyati ushbu tilni tez tarqalishiga sabab bo‘ldi. 

Java da o‘tkazuvchanlik dasturning boshlang‘ich kodlarini bayt-kod deb ataladigan 

oraliq  tilga,  keyinchalik  Java  (Java  Virtual  Machine,  JVM)  virtual  mashinasi 

tomonidan bajariladigan translyasiya qilish vositasi yordamida erishiladi. SHunday 

ekan,  Java-dasturi JVM  ga  ega  bo‘lgan  ixtiyoriy platformada  ishga tushirilishi 

mumkin. JVM nisbatan oson tatbiq etilishi sababli, u ko‘p sonli platformalar uchun 

mo‘ljallangan. 

Bayt-koddan Java da  foydalanish amalda har doim  mashina kodlari tomonidan 

kompillyasiya qilinadigan S va S++ tillarida kodlarni qo‘llashdan keskin farq qiladi. 

Mashina kodi muayyan protsessorlar va operatsion tizimlar bilan bog‘liq, shunga 

ko‘ra, S/S++-dasturlarini boshqa platformalarda ishga tushirish uchun dasturning 

dastlabki kodini bu platformalarning (ya’ni dasturning bir nechta ijrochi versiyalari 

bo‘lishi kerak) har birini mashina kodiga qayta kompillyasiya qilish zarur. Bu ko‘p 

mehnat talab qiladigan va qimmat jarayon ekanligi tushunarli. Java da esa elegant 

va  samarali  qaror  –  oraliq  tillardan  foydalanish  taklif  qilingan.  Va  bu  qaror 

keyinchalik S# ga tatbiq etilgan.  

YUqorida ta’kidlanganidek, Java mualliflari yangi qarashlari bilan uni S  va S++ 

(Java  sintaksisi S  ga  asoslanadi, ob’ekt modeli  esa  S++  dan  shakllantirilgan ) 

negizida yaratishdi. Garchi Java-kod S yoki S++ bilan o‘zaro muvofiq bo‘lmasada, 

uning sintaksisi mazkur tillar sintaksisidan kelib chiqqan. SHuning uchun S va S++ 

dan  foydalanuvchi  dastur  tuzuvchilarning  katta  qismi  Java  ga  ortiqcha 

qiyinchiliklarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. S++ ishlab chiqishda Straustrap kabi 

Java mualliflariga ham mutlaqo yangi tilni yaratish zaruriyati bo‘lmadi. Ular asos 

sifatida oldin ma’lum bo‘lgan tillardan foydalanishdi va diqqatlarini innovatsion 

elementlarga jamlay oldilar. Ta’kidlash joizki, Java yaratilganidan keyin S va S++ 

tillari  yangi  kompьyuter tillarini  yaratish uchun  umumqabul qilingan  poydevor 

bo‘lib qoldi.  


Download 204.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling