Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


S# tilining yaratilishi – dasturlashning zamonaviy davri boshlanishidir


Download 204.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi204.72 Kb.
#234142
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-maruza

S# tilining yaratilishi – dasturlashning zamonaviy davri boshlanishidir 

S# tili 1972 yilda Nьyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories 

kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richi tomonidan yaratilgan. Bu 

til  o‘zini  shunchalik  yaxshi  ko‘rsatdiki,  oxir  oqibatda  unga  Unix  operatsion 

tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi. (Ma’lumki, ular oldin past darajadagi til – 

assemblerda yozishgan). S# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, 

Pascal  ulardan  eng  mashhuri  hisoblanadi  va  u  etarli  darajada  muvaffaqiyatli 

foydalanilgan.  

1960 yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo 

bo‘lishiga  olib  kelgan  katta  o‘zgarishlar  S#  tilini  yaratish  uchun  asosiy 

imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga qadar 

katta dasturlarni yozish  qiyin  bo‘lgan. Satr kodlari miqdorining oshishi sababli 

dasturlarning  o‘tish  joylari  chalkash  masalalarga  aylanib  ketishiga  olib  keladi. 

Strukturaviy  tillar  dastur  tuzuvchisiga  shartli  operatorlarni,  lokal  o‘zgaradigan 

tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qo‘shib bu muammoni hal qildi. SHu 

tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. 

Aynan S# tili kuch, elegantlik va ma’nodorlikni o‘zida muvaffaqiyatli birlashtirgan 

birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar mas’uliyatini 

tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan 



holda  sintaksisdan foydalanishdagi  qisqalik va  osonlik kabi  xususiyatlari  tezda 

ko‘plab tarafdorlarini topdi. 

Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni o‘z o‘zidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, 

lekin  S#  da  birinchi  marotaba  dastur  tuzuvchiga  zarur  bo‘lgan  ajoyib  yangi 

imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S# strukturaviy 

dasturlash tillari orasida eng ko‘p foydalaniladiganlaridan biri bo‘lib qoldi.  

Biroq,  dasturlashning  rivojlantirish  choralariga  ko‘ra  bundan  ham  kattaroq 

dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib  chiqmoqda. Loyiha kodi  ma’lum bir 

hajmga etgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan 

instrumentlarga  bog‘liq  bo‘ladi,  lekin  taxminan  5000  satr  kodlari  nazarda 

tutilayapti)  S#-dasturlarini  tushunish  va  kuzatib borishda  qiyinchiliklar  yuzaga 

keladi. 



Download 204.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling