Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi
Internet va Java tilining vujudga kelishi
Download 204.72 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
Internet va Java tilining vujudga kelishi
Dasturlash tillarini rivojlantirishdagi keyingi katta muvaffaqiyatlardan biri Java tili bo‘ldi. Dastlab Oak deb atalgan Java ustida ishlash 1991 yilda Sun Microsystems kompaniyasida boshlandi. Djeyms Gosling, Patrik Noton, Kris Vort, Ed Frank va Mayk SHeridan mazkur tilning asosiy ishlab chiquvchilari bo‘lgan. Java S++ tilidan olingan sintaksis va strategiya bilan strukturaviy ob’ektga yo‘naltirilgan til hisoblanadi. Java innovatsiyalari axborot texnologiyalarining
shiddat bilan rivojlanishi va Internet foydalanuvchilari sonining tez sur’atlarda o‘sishi, shuningdek dasturlash texnologiyalarining takomillashtirilishini ta’minladi. Internet ning keng tarqalishigacha yozilgan ko‘plab dasturlar aniq protsessorlar va muayyan operatsion tizimlar uchun kompilyasiya qilindi. Garchi dastur tuzuvchilar muvaffaqiyatli dasturlarni yozishda deyarli har doim koddan takroriy foydalanish savolini bergan bo‘lsalar-da, bu savol birinchi navbatdagisi emas edi. Biroq, Internet ning (ya’ni kompьyuter tarmog‘i orqali turli xildagi protsessorlar va operatsion tizimlarni birlashtirish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi) rivojlanishi bilan aynan dasturni bir platformadan boshqasiga oson o‘tkazish muammosi birinchi rejaga chiqdi. Bu vazifalarni hal etish uchun yangi til zarur edi va u Java bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, dastlab Java nisbatan oddiy rolь o‘ynadi. U til platformasiga bog‘liq bo‘lmagan, o‘rnatilgan kontrollerlar uchun dasturiy ta’minotni yaratishda qo‘llash mumkin bo‘lgan vosita tarzida yaratildi. 1993 yilda kichik miqyosda (o‘rnatilgan kontrollerlar uchun) o‘tkazuvchanlik muammolarini hal qilish uchun foydalaniladigan texnologiyalar katta miqyosda (Internet uchun) foydalanilishi mumkinligi ravshan bo‘ldi. Java ning eng asosiy imkoniyati – platformalararo o‘tkazish kodini yaratish qobiliyati ushbu tilni tez tarqalishiga sabab bo‘ldi. Java da o‘tkazuvchanlik dasturning boshlang‘ich kodlarini bayt-kod deb ataladigan oraliq tilga, keyinchalik Java (Java Virtual Machine, JVM) virtual mashinasi tomonidan bajariladigan translyasiya qilish vositasi yordamida erishiladi. SHunday ekan, Java-dasturi JVM ga ega bo‘lgan ixtiyoriy platformada ishga tushirilishi mumkin. JVM nisbatan oson tatbiq etilishi sababli, u ko‘p sonli platformalar uchun mo‘ljallangan. Bayt-koddan Java da foydalanish amalda har doim mashina kodlari tomonidan kompillyasiya qilinadigan S va S++ tillarida kodlarni qo‘llashdan keskin farq qiladi. Mashina kodi muayyan protsessorlar va operatsion tizimlar bilan bog‘liq, shunga ko‘ra, S/S++-dasturlarini boshqa platformalarda ishga tushirish uchun dasturning dastlabki kodini bu platformalarning (ya’ni dasturning bir nechta ijrochi versiyalari bo‘lishi kerak) har birini mashina kodiga qayta kompillyasiya qilish zarur. Bu ko‘p mehnat talab qiladigan va qimmat jarayon ekanligi tushunarli. Java da esa elegant va samarali qaror – oraliq tillardan foydalanish taklif qilingan. Va bu qaror keyinchalik S# ga tatbiq etilgan. YUqorida ta’kidlanganidek, Java mualliflari yangi qarashlari bilan uni S va S++ (Java sintaksisi S ga asoslanadi, ob’ekt modeli esa S++ dan shakllantirilgan ) negizida yaratishdi. Garchi Java-kod S yoki S++ bilan o‘zaro muvofiq bo‘lmasada, uning sintaksisi mazkur tillar sintaksisidan kelib chiqqan. SHuning uchun S va S++ dan foydalanuvchi dastur tuzuvchilarning katta qismi Java ga ortiqcha qiyinchiliklarsiz o‘tishga muvaffaq bo‘lishdi. S++ ishlab chiqishda Straustrap kabi Java mualliflariga ham mutlaqo yangi tilni yaratish zaruriyati bo‘lmadi. Ular asos sifatida oldin ma’lum bo‘lgan tillardan foydalanishdi va diqqatlarini innovatsion elementlarga jamlay oldilar. Ta’kidlash joizki, Java yaratilganidan keyin S va S++ tillari yangi kompьyuter tillarini yaratish uchun umumqabul qilingan poydevor bo‘lib qoldi.
Download 204.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling