Dasturlash fanini о‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish uslublari va tavsiyalarini yaratish


Download 21.89 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi21.89 Kb.
#1011130
Bog'liq
МАҚОЛА КОНФЕРЕНЦИЯ 150422105156


DASTURLASH FANINI О‘QITISH JARAYONIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USLUBLARI VA TAVSIYALARINI YARATISH.
S.E.Nizomxonov, Z.K.Xodjayeva, D.T.Yusupov (TATU Nurafshon filiali)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida axborot texnologiyalari sohasidagi kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davlat organlari va tarmoq tashkilotlarini malakali IT-mutaxassislar bilan ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratilayotgani ta’kidlangan1.
Bugungi kunda global tarmoq hayotimizga tobora chuqur kirib kelmoqda. Internet bizning hayotimizni deyarli qamrab oldi, hattoki hozir siz maqolani o‘qib turgan vaqtingizda ham sizdan tashqari bir necha yuz million kishi internetdan foydalanmoqda. Har soniyada undan turli ma’lumotlar qidiramiz, internet kitoblar o‘rnini allaqachon egallay oldi.
Shunday globallashuv davrda dasturlash fanini о‘qitish jarayonida ham talabalarga dasturlash asoslarini о‘rgatuvchi yaratilgan va mavjud virtual majmualar, dasturiy ta’minotlar va boshqa shu kabi internet manbalaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berib boriladi. Mazkur fan nazariy va amaliy o‘rganiladi.
Talabalar dasturlash fanidan nazariy materialni mustaqil o‘rganishlarini tashkil etishda quyidagi turdagi elektron o’quv resurslaridan foydalanish mumkin:
Videoma’ruza. Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi. Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshitish mumkinligi va qiyin joylariga to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.
Multimedia ma’ruza. Bunda asosan mustaqil ta’lim uchun o‘rgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin. Bunday o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanishda har bir talaba o’zi uchun qulay bo‘lgan o‘rganish trayektoriyasini, optimal o‘rganish tempini va usulini tanlashi mumkin. O‘zlashtirish ko‘rsatkichi ko‘p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko‘tarilishi mumkin.
An’anaviy resurslar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar va hokazo.
Amaliy mashg’ulot – nazariy bilimlarni manbalarni muhokama qilish va amaliy masalalarni yechish orqali mustahkamlashga qaratilgan o‘quv jarayonining tashkil etilish shaklidir.
Amaliy mashg’ulotlarda foydalaniluvchi elektron o‘quv resurslari talabaga mavzu bo‘yicha mashg’ulotni o‘rganish tartibi va maqsadi to‘g‘risida ma’lumot berishi, o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishi, kerakli nazariy material va amaliy ko‘rsatmalarni taqdim etishi, shuningdek bilimini baholashi kerak.
Dasturlash fanini o‘qitishda o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarining tadbiq etilishi talabalarning mustaqil o‘zlashtiradigan bilimlari xajmining ortib borishi bilan birga ketmoqda. Aslida elektron o‘quv resurslarining barcha mavjud turlari mustaqil ta’limni tashkil etish uchun asos bo’lishi mumkin. Bu jarayonda axborot texnologiyalaridan virtual majmualar, internet tarmog’i resurslari, elektron ma’lumotlar bazalari, kutubxonalar katalog va fondlari, arxivlar va hokazolardan foydalanish mumkin.
Hozirgi paytda o‘quv jarayonini hamda talabalar bilimini nazorat qilishning Lms tizimi talabalarga o‘qitilayotgan fanlardan joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar vazifasini o‘z ichiga oladi. Bunday integratsiyalashgan tizim o‘zgartirish mumkin bo‘lmaydigan mustaqil tizim bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan to‘ldirib, modifikatsiyalangan ochiq qobiq ekanligi muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘z navbatida talabalarning dasturlash fanidan qo‘shimcha elektron manbalar bazasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berish lozim deb hisoblaymiz.
Shu maqsadda talabalarning dars mashg’ulotlaridan tashqari vaqtlarida fan bо‘yicha bilim, malaka va kо‘nikmalarini muntazam oshirib borishlari uchun fan olimpiada masalalarini ishlashga tayyorlanishlari uchun robocontest.uz, projecteuler.net, acmp.ru, w3schools.com saytlaridan, hamda Play market ilovasi orqali yuklab olinuvchi C++ Programming compiler, Учим C++, C++ dasturlash tili – Programmer UZ, QCM C++ Entrainement Avec explications detaillees, C++ Notes, C++ Programming App, C++ Quiz, Learn C++ Programming OFFLINE, C++ Editor kabi mobil ilovalaridan foydalanishlari uchun tavsiyalar berib boriladi.

1 О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi Qarori PQ-4851 06.10.2020.



Download 21.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling