Dasturlash ii” fanidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar Quyidagi jumlalarga qisqacha izoh bering
Download 68.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq5-6 mustaqil ish topshiriqlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Bir nechta massivlarni e’lon qilish 1.3. Massiv elementiga murojaat
- Chiziqli qidirish
“Dasturlash II” fanidan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar 1. Quyidagi jumlalarga qisqacha izoh bering: Indeks Indeks (Lotincha: index — koʻrsatkich, roʻyxat) — nom, ism yoki boshqa kombinatsiyalar koʻrsatkichi va roʻyxati hisoblanadi. Shuningdek, indeks, shartli ifodalar (harfli, raqamli) tizimi, bibliografik, nashriyot, kitob savdosi, pochta, oziq-ovqat mollari, dorilarning chiqarilgan vaqti va saqlash muddatini ifodalashi ham mumkin. Indeks matematikada esa ifodalarni bir-biridan farq qilishi uchun ularning yoniga yoziladigan belgilar — son yoki harflardir: Mac, a, ar x5, xp, u1, u’ (bunda: 1, i, 5, n, j — indekslar). Sonlar nazariyasi va boshqa sohalarda ham maxsus Indeks tushunchasi bor 1.2. Bir nechta massivlarni e’lon qilish 1.3. Massiv elementiga murojaat Bir hil tipdagi miqdorlar ustida biror amalni (amallar ketma-ketligini) bajarish talab etilganda massivlardan foydalaniladi. Shuni aytish kerakki agar ushbu miqdorlarning har biriga dastur ishi davomida faqat bir marta murojaat qilinsa, unda bunday masalalarni massivlardan foydalanmasdan ham ishlab chiqish mumkin. Masalan sonlar ketma-ketligning maksimumi, minimumi, yig‘indisi yoki o‘rta arifmetigini topish talab etilsa, massivdan foydalanish shart emas, chunki bunjay masalalarda har bir miqdorga bir marta murojaat kilish yetarli. Lekin berilgan miqdorlar ketma-ketligida nechta miqdor ularning o‘rta arifmetik qiymatidan katta ekanligini aniqlash uchun massivdan foydalanish zarur, chunki o‘rta arifmetik miqdor hisoblab topilgandan so‘ng o‘rta arifmetik miqdordan katta sonlarni aniqlash uchun miqdorlarga yana bir marta murojaat qilish zarur. Massiv – bir tipga tegishli miqdorlarning nomerlangan ketma-ketligi bo‘lib, massivning har bir elementiga murojaat qilish uchun massivning nomi, shu elementning ketma-ketlikdagi nomeri (indeksdan) foydalaniladi. Massiv elementlari kompilyator tomonidan xotirada ketma-ket joylashtiriladi va shu sababli uning biror elementiga murojaat qilishda, massivning boshlanish adresi va element nomerini bilish yetarli. C++ tilida massiv quyidagicha e’lon qilinadi int A[10]; Yuqoridagi misolda 10 butun tipdagi sondan tashkil topgan massiv e’lon qilingan. C++ tilida massiv elementlari 0 dan boshlab indekslanadi. Demak massivda 10 element mavjud bo‘lsa, birinchi elementning nomeri 0 va oxirgi elementning nomeri 9 ga teng bo‘ladi. 1.4. Chiziqli qidirish Chiziqli qidirish algoritmi qanday ishlaydi Aytib o’tganimizdek, bu algoritm juda ham sodda ishlaydi va tasavvur qilishga ham oson. Arrayning birinchi elementidan tekshirish boshlanadi. Element olinadi va u berilgan shartga tekshirib ko’riladi. Agar shartni qanoatlantirsa, uning qiymati yoki joylashgan o’rni (qiymati yoki shunchaki true) qaytariladi va algoritm tugaydi. Shart qanoatlantirilmasa, keyingi elementga o’tiladi va 2-qadamga qaytiladi Array tugab, element topilmasa, buni anglatuvchi qandaydir qiymat qaytariladi (-1 yoki false…) Ko’rinishidan ko’pdek tuyulsa ham, aslida bu algoritm hayotdagi odatiy qidirish bilan bir xil ishlaydi. Keling uni visual holda tasavvur qilamiz. Chiziqli qidirish algoritmining vaqt bo’yicha murakkabligi uning nomidan ham ma’lum, ya’ni chiziqli O(n). Ya’ni, eng yomon holat sifatida element array bo’lmagan holat qaraladi va bunda algoritm maksimum n ta qadam ish bajarishi kerak bo’ladi. Xotira jihatidan, algoritm ortiqcha joy talab qilmaydi. Chiziqli qidirish algoritmi ko’pincha real hayotdagi holatlar uchun ancha sekinlik qiladi. Shuning uchun ham bunday holatlarda undan boshqa tezroq ishlaydigan algoritmlar qo’llanilishi kerak bo’ladi (masalan, ikkilik qidirish). Lekin, bu algoritmning ham ikkilik qidirishdan o’ziga yarasha avfzal tomonlari mavjud. 1.5. Ikkilik qidiruv Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling