Dasturlash iii(Adobe Flash va ActionScript) fanidan Laboratoriya ishi №2 Mavzu: Flashning uskunalar paneli. Flashning ish maydoni. Vaqt diagrammasi. Ishning maqsadi


Download 366.45 Kb.
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi366.45 Kb.
#189601
1   2
Bog'liq
3-sem. 2-mavzu laboratoriya topshiriqlari

Topshiriqlar:

1-topshiriq variantlari:

1-jadval



Masalaning sharti



Flashda uy loyihasini yarating. Bunda uy qismlari har xil ranglarda va har bir qism alohida qatlam(sloy)larda joylashsin. Orqa fondagi rasm alohida qatlamda. Loyiha davomiyligi 10 sekundga moslashsin. Qatlamlarning har biri maqsadidan kelib chiqib nomlansin.



Flashda o’rmon loyihasini yarating. Bunda o’simliklar alohida qatlamda, daraxtlar alohida qatlamda, o’rmon hayvonlari alohida qatlamda joylashsin. Qatlamlarning har biri maqsadidan kelib chiqib nomlansin.



Tabiat loyihasi yaratilsin. Bunda tabiat orqa foni alohida qatlamda qushlar alohida qatlamda hamda loyihani 50-kadridan quyosh paydo qilinsin.



O’rmon loyiha yaratilsin. Bunda o’simlik va daraxtlar alohida qatlamda, hayvonlar alohida qatlamda, quyosh alohida qatlamda joylashsin. Quyosh qatlamining 60-kadrida quyosh oyga aylansin. Qatlamlarning har biri maqsadidan kelib chiqib nomlansin.



Yo’l loyihasi yaratilsin. Bunda tepa o’ng burchakdan quyosh joy olsin. Loyiha vaqt davomiyligi 5 sekunddan iborat bo’lsin va har sekundda yangi mashina qo’shilsin.



Yo’l loyihasi yaratilsin. Bunda tepa chap burchakdan qushlar joy olsin. Loyiha vaqt davomiyligi 5 sekunddan iborat bo’lsin yo’l boshidan ikkita mashina yo’lga chiqsin va 3-sekundda mashinalardan birining rangi o’zgarsin.



Auditoriya loyihasi yaratilsin. Loyiha davomiylik vaqti 5 sekundga moslashsin va har sekundda audotoriyaga 2 tadan talaba qo’shilib borsin.



Futbolchi loyihasi yaratilsin. Loyiha davomiyligi 7 sekunddan iborat bo’lsin. Bunda boshlang’ich kadrda futbolchi to’pni tepganda har bir sekundda to’p ko’tarilib borsin va vaqt o’rtasidan to’p pasayib borib vaqt oxiriga yetganda to’p yerga tushsin.



Tovuq fermasi loyihasi yaratilsin. Loyiha davomiyligi 6 sekundga moslansin. Kadr boshida tovuq tuxum qo’yish jarayoni va har sekundda tuxumlar bittaga ko’payib borsin.



To’p loyihasi yaratilsin. Loyiha davomiyligi 7 sekundga moslansin. Bunda birinchi kadrda sportchi to’pni yerga uloqtirsin. To’pni yerga urilib sakrash jarayoni sekundlarga moslansin. Masalan 1-sekundda to’p uloqtirldi, 2-sekundda yerga urildi, 3-sekundda osmonga sakradi va h.k.



Qo’ylar uyuri loyihasi yaratilsin. Loyiha davomiyligi 5 sekundga moslansin. Har bir sekundda qo’ylar soni 3 taga ortib borsin.



Alifbo nomli loyiha yaratilsin. Bunda har sekundda harflar soni 4 tadan ko’payib boraversin. Loyiha so’ngida lotin alifbosidagi barcha harflar mujassam bo’lsin.



Telefon nomli loyiha yaratilsin.Loyiha davomiyligi 6 sekunddan iborat bo’lsin va har bir sekundda telefon haqidagi ma’lumotlar qo’shilib boraversin.



Mashina nomli loyiha yaratilsin.Loyiha davomiyligi 8 sekunddan iborat bo’lsin har bir sekundda mashina tezligi oshib boraversin. Mashina tezligi mashina tepasidagi tabloda namoyon bo’lsin.



Sabzavotlar do’koni nomli loyiha yaratilsin. Loyiha davomiyligi 6 sekunddan iborat bo’lsin. Har bir sekundda sabzavotlar soni ortib boraversin.



O’quvchi nomli loyiha yaratilsin. Loyiha davomiyligi 7 sekunddan iborat bo’lsin har bir sekundda o’quvchi stolidagi o’quv qurollari ortib borsin.



Batareya quvvati nomli loyiha yaratilsin. Loyiha davomiyligi 5 sekunddan iborat bo’lsin. Bunda boshlang’ich kadrda batareya quvvati 5% va qizil rangda har sekundda batareya quvvati ortib boraversin loyiha oxirigacha quvvat 100% ga yetsin va rangi yashilga aylansin.



Tungi sayyoh nomli loyiha yaratilsin. Loyiha davomiyligi 8 sekund va sayyoh yo’lga chiqqanda yani birinchi kadrda osmonda yulduzlar yo’q kunduz kuni har sekundda yulduzlar soni ortib borib oxirgi kadrda yulduzlar bilan birga oy ham chiqsin.



Massiv saralash nomli loyiha yarating. Loyiha davomiyligi 10 sekunddan iborat. Berilgan massiv elementlari ham 10 ta sonda iborat, Kadr boshida sonlar aralash tartibda joylashgan. Har sekundda sonlar saralanib borsin. Loyiha so’ngida massiv saralansin.



Chat nomli loyiha yaratilsin. Loyiha davomiyligi 10 sekund. Bunda ikki kishining so’zlashuvi aks etgan muloqot oynasi gavdalansin. Har bir sekundda birinchi shaxs bergan savolga ikkinchi shaxsning javobi aks etsin. Loyiha yakunida berilgan 10 ta savolga 10 ta javob gavdalansin.

Download 366.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling