Dasturlash nima?


Alfavit belgilaridan kelib chiqqadi


Download 22.94 Kb.
bet6/6
Sana21.02.2023
Hajmi22.94 Kb.
#1219335
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dasturlash 5

Alfavit belgilaridan kelib chiqqadi:
1. Identifikatorlar;
2. Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar;
3. O‘zgarmaslar;
4. Amallar belgilanishlari;
5. Ajratuvchilar.
Bu tillarda tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular satriy va blokli ko‘rinishlarda bo’ladi. Satriy izohlar uchun “//”, blokli izohlar uchun “/*”, “*/” belgilari ishlatiladi.
Bugunga kelib O'zbekistonning o'zida bir necha dasturlash yo'nalishlari va tillariga talab ortib bormoqda.


Bularga quyidagilar kiradi:
-Web dasturlash
-Java
-C/C++


Web dasturlash - saytlar, brauzerda ishlovchi ilovalar yaratishga qaratilgan bo'lib, tarkibiga HTML, CSS kabi tushunish sodda bo'lgan narsalardan tortib PHP, Yii, SQL kabi boshni og'ritadigan narsalar kiradi. Web dasturlashning boshqa dasturlardan farqli va bir vaqtning o'zida ustun tomoni shundan iboratki, siz qilingan ishning natijasi va kamchiliklarini oson ilg'aysiz, HTML va CSS (eng oson qismi)ni o'rganib ham yaxshi bir maoshli ish topishingiz mumkin. Lekin shunga qaramay, yaxshi mutaxassis bo'lish uchun qolgan tillarga nisbatan juda ko'p narsani o'rganish kerak. Web dasturlashning yomon tomoni ham shundadir. Chunki, bu soha kundan kunga rivojlanayotgani sabab unda qo'llaniluvchi kutubxonalar, dasturlar, kengaytmalar va boshqalar yildan yilga yangilanmoqda, bu esa Web dasturlashni o'rganishni istagan odamlarda qayerdan boshlash kerakligi bo'yicha tushunmovchilik keltirib chiqaradi. Gapimni soddaroq qilib quyidagicha tushuntiraman:
Avval HTML – endi HTML5; avval CSS – endi CSS3;

Sodda qilib shuni aytish mumkinki, Web dasturlash o'rganish uchun sodda va bir vaqtning o'zida qiyin bo'lgan dasturlash yo'nalishidir. Bu sohada ishlovchilar HTML-CSS ni bilibgina 800 ming so'mdan 2,5 mln so'mgacha oylik olishlari mumkin. Web dasturlashni to'la egallagan mutaxassislarning maoshi O'zbekistonning o'zida 4 mlndan 16 mln so'mgacha.


Java. Agarda siz turli dasturlar yaratishga, android tizimidagi qurilmalarga o'yin yoki ilovalar yaratishga qiziqsangiz unda Java siz uchun. Ochig'i, bu sohaga ayni vaqtda qiziqish sal-pal so'ngan, avvalgidek talab u qadar ko'p emas, lekin maoshi 1,5 mln so'mdan 5 mln gacha bo'lgan ishlar vaqti vaqti bilan chiqib turadi. Javani yaxshi bilganlar GooglePlayga pullik ilovalar qilib o'zlari uchun kerakli mablag'ni bemalol topa olishadi.

Python – bu tilni odatda Web dasturlashga bog'lashadi. Agarda siz Pythonni yaxshi bilsangiz, biror bir Web dasturlashning backend qismini biluvchi tanishingiz bilan bemalol ishlashingiz mumkin. Bu tilni biluvchilarga qachon maosh to'lashlarini bilmayman. Lekin ayrim saytlardagi ilovalar aynan Pythonda yaratiladi va u saytning bahosi ancha qimmat hisoblanadi.
C/C++ va C+ odatda biror bir texnikalarga dastur yozish uchun qo'llaniladi. Ayniqsa C tili mikrokontrollerlar, qurilmalar, robotlarga dastur kiritishda juda muhim rol o'ynaydi. To'g'ri, bu tillarni talab qiluvchi tashkilotlar soni O'zbekistonda sanoqli, lekin oylik yetarlicha baland. Agarda siz bu tillardan birortasini yaxshi bilsangiz qiyin bo'lmagan ishga qo'rqmasdan kamida 3 mln so'rashingiz mumkin, chunki bu soha bo'yicha mutaxassislar O'zbekistonda kam.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Dasturlash bu kelajak kasbidir!!!!
Download 22.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling