Dasturlash orqali yuzni tanish texnologiyasi
Download 158.43 Kb.
|
Dasturlash orqali yuzni tanish texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Visual Studio Code
Dasturlash orqali yuzni tanish texnologiyasi (Face recognition) Yuzni aniqlash vositasi Mahsulot haqida: Ushbu yuzni aniqlash vositasi ma'lumotlar bazasida aniqlangan yuzlarni saqlash orqali odamlar zich joylashgan joylarda xavfsizlikni va yuqori tanib olish darajasini ta'minlaydi. Bosqinchilar tomonidan noqonuniy kirishni oldini oladi • ID karta, MIFARE karta (ixtiyoriy), odamning yuzi • Tomonlarning nisbati 16: 9 • Ekran o'lchamlari 1280 x 800r • 2 MP keng burchakli kamera • WDR • 10000 yuz uchun xotira • RS-232, RS-485 • Spikerlar Kompaniya haqida: Kompaniyamiz videokuzatuv mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Yaratilishidan buyon bizning kompaniyamiz ko'p qirrali zamonaviy videokuzatuv uskunalari bilan ta'minlaydigan etakchi kompaniya bo'lib kelgan. Bizning kompaniyamiz turli sohalardagi ob'ektlar uchun talablar va xavfsizlik standartlariga to'liq mos kelishini ta'minlaydi. Hozirda zamonaviy axborot texnologiyalar juda ko’p qurilmalarda ishlamoqda. Jumladan, kameralar yoki radarlar mashinaning nomerini tez aniqlab oladi. Ushbu maqolada esa qanday qilib yuzni tanish texnologiya ishlatishni ko’rib chiqamiz. Albatta, biz bu texnologiyani boshidan o’zimiz yozmaymiz. Web sahifani tahrirlash va kompyuterda ishga tushirish uchun bizga Visual Studio Code dasturi kerak bo’ladi. Dasturni code.visualstudio.com saytidan yuklab olamiz. Dasturni o’rnatib bo’lgach, dasturni ishga tushirib Extensions (CTRL + SHIFT +X) bo’limiga o’tib, “Live server” ni o’rnatib olamiz.
Ushbu faylni yuklab olamiz va arxivdan chiqarib olamiz. Visual Studio Code dasturining “File” menyusidan “Open Folder” ni tanlab arxivdan chiqarib olgan papkani ochib olamiz. Endi serverni ishga tushirish uchun ALT + L + O tugmalarini bosib olamiz va web brauzerda ochib beradi. Video tasvirga olishga “Ruhsat berish” (Allow) tugmasini bosamiz va biroz kutamiz. Kompyuter kamerasi orqali ishlab boshlaydi. Endi esa yanada qiziqarli qismga o’tamiz. Ushbu faylni yuklab olib Visual Studio Code da ochib olamiz. “rasmlar” degan papkani ichiga kiramiz. Endi Shaxslar uchun papkalar ochamiz. Masalan, ‘Nodirbek Ergashev’ nomli va ichiga 1.jpg nomli 3×4 rasm yoki yuz kesib olingan rasm yuklab qo’yamiz. Huddi shunday qilib boshqa shaxslar rasmlarini yuklab qo’yamiz. rasmlar/Nodirbek Ergashev/1.jpg rasmlar/Ism Familiya/1.jpg rasmlar/Test Uchun/1.jpg Visual Code Studio da kirib script.js faylini ochib kodga o’zimiz qo’shgan shaxslar nomlarini kiritib chiqamiz. Xulosa, ushbu tayyor Javascript kutubxonadan boshqa dasturlarga biriktirib ishlatsa bo’ladi. Bundan tashqari ushbu kutibxona yosh, jins va videoda real vaqtda ma’lumotlar uzatishi mumkin. . Download 158.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling