Dasturlash tillari tarix dasturlash tillari guruhlari delphi va c++ dasturlash tillari
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi
Download 367.5 Kb.
|
DASTURLASH ORQALI TEKISLIK VA FAZODA MURAKKAB FIGURALARNI QURISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- translyatorlar
- obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari
- Paskal
- DELPHI DASTURLASH TILI HAQIDA Delphi tizimida ishni boshlash uchun uni dasturlar menyusidan topib ishga tushiramiz. Пуск=>Программы=>Borland Delphi=>Delphi
- Java dasturlash tilining texnologiyalari
Yuqori darajali dasturlash tillaridagi ko`rsatmalar inson tiliga yaqin bo`lgan so`zlar majmuidan iborat. Ular yordamida amallarni bajarish quyi darajadagi tillardan ko`ra yengil bo`lib, dasturchidan deyarli adreslar va qurilmalar bilan bevosita bog`liq axborotlarni bilish talab etilmaydi. Bu tilda tuzilgan dasturlarni kompyuterlar bajara olishi uchun translyatorlar deb nomlanuvchi maxsus dasturlar raqamli ko`rinishga o`tkazib beradi.
Keyingi yillarda juda ko`p yuqori darajadagi dasturlash tillari ishlab chiqarilgan bo`lib, ular qatoriga Pascal, Ada, KARAT, С++, Delphi, Visual Basic Application kabi tillarni qo`shish mumkin. Hozirgi kunda ishlab chiqilayotgan dasturlash tillari biror yo`nalishdagi masalalarni hal qilishga mo`ljallangan bo`lib, ularni obyektga yo`naltirilgan dasturlash tillari deb atashadi. Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan ma’lumot berilgan.
Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Paskal (Pascal) dasturlash tilidir. Paskal dasturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o`rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo`lsa-da yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tillari o`zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqllari ishlab chiqilgan bo`lib, ular Paskal tilining boshlang`ich naqlidan farq qilishi mumkin. DELPHI DASTURLASH TILI HAQIDA Delphi tizimida ishni boshlash uchun uni dasturlar menyusidan topib ishga tushiramiz. Пуск=>Программы=>Borland Delphi=>Delphi Delphi oynasi ko'rinishi odatdagidan ancha boshqacharoq bo'lib, u o'z ichiga beshta oynani oladi: bosh oyna - Delphi Project1; forma oynasi - Form1; ob'ekt xossalarini taxrirlash oynasi-Object Inspector; ob'ektlar ro'yxatini ko'rish oynasi - Object tree View; dastur kodlarini tahrirlash oynasi - Unit Java dasturlash tilining texnologiyalari Java dasturlash tili bugungi kunga kelib ko’plab sohalarda qo’llanilmoqda, shuningdek bu til web ilovalar yaratishga qulay bo’lgan til hisoblanadi. Chunki u bizga sinf yaratib beradi, bu sinfni applet orqali bemalol web ilovalarda ishlatish mumkin. Java dasturlash tili Sun Microsystems kompaniyasi xodimlari James Gosling, Patick Naughton, Christ Warth, Ed Frank va Mike Sheridan lar tomonidan 1991 yilda yaratilgan. Uning birinchi ishga yaroqli versiyasini tayyorlash uchun 18 oy vaqt sarflangan. Bu dasturlash tilining birinchi nomi oldin ta’kidlab o’tganimizdek, “Oak” deb nomlangan, so’ngra, 1995 yilda “Java” nomiga o’zgartirilgan. Java texnologiyalari. Java SE (Java Standart Edition) - serverda, shaxsiy kompyuterda desktoplarda ishlovchi dasturlar, appletlar yaratish uchun ishlatiladi. Bu texnologiya yordamida yaratilgan dasturlar deyarli barcha operatsion tizimlarda ishlay oladi. Shu bilan birga JavaSE barcha Java tillarining asosi hisoblanadi. Java EE (Java Enterprise Edition) - Java texnologiyalari orasida eng ko’p tarqalgan tur hisoblanib, unda serverda ishlovchi dasturlar yaratiladi, masalan ko’p foydalanuvchili web-saytlar yaratishda keng qo'llaniladi, asosan internetda ishlovchi dasturlar luzishda foydalaniladi. Java SE ni Java EE dan eng asosiy farqi Java EE o’z tarkibiga Java SE ni olibgina qolmay shu bilan birga ko’pgina boshqa qo’shimcha paketlarni, shuningdek *.jar ni ham o’z ichiga oladi. Bunday paketlar sirasiga Servlet, JavaMail, JSF(Java Server Face) va boshqa ko’pgina internetga asoslangan qo’shimcha paketlar kiradi. Java ME (Java Micro Edition) - Java SE ning ba'zi qismlarini o’z ichiga oladi. JavaME yordamida kichik qurilmalar uchun dasturlar yozish mumkin, masalan, mobil telefon uchun o’yinlar kabi dasturlar yaratish mumkin. Java kompilyatori aytib o’tganimizdek, biz yozgan kodni bayt-kodga o’giradi. Odatda kompilyatsiyadan o’tgan dastur kodlari *.class kengaytmali faylda saqlanadi. Keyingi bosqichda kompilyatsiyadan o’tgan *.class kengaytmali fayl Java Virtual Machine(JVM) ga yuklanadi va JVM esa bu bayt-kodli faylni interpretatsiya qiladi, ya'ni mashina tiliga o’giradi, shu bilan birga undagi kodni imkoni boricha optimallashtiradi. Download 367.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling