Bu misolda biz birinchi navbatda faylni rejim ko’rsatgan holda
open
funksiyasi bilan ochyapmiz. Rejim o’qish uchun («r»), yozish uchun («w») yoki fayl
oxiriga yozuvni qo’shish uchun («a») bo’lishi mumkin. Faylni yana qanday holda
o’qish, yozish yoki matn qo’shish holatini ham ko’rsatish mumkin: («t»)
tekst
ko’rinishida yoki («b») binar ko’rinishida.
Bizning holatda faylni yozish («w»)
rejimida ochyapmiz va write metodi
yordamida matnni faylga yozyapmiz. Shundan so’ng faylni
close metodi yordamida
yopyapmiz. So’ng xuddi shu faylni o’qish rejimida ochamiz.
Bu holda rejimni
ko’rsatishga hojat yo’q. Sababi agar rejim ko’rsatilmasa, fayl o’qish
rejimida
ochiladi. Faylni qatorma-qator
readline metodi yordamida, sikl ichida o’qib olamiz.
Qachonki bu metod bo’sh
qator qaytarsa, u holda bu
biz faylning oxiriga yetib
borganimizni anglatadi va
break yordamida siklni to’xtatamiz.
Shundan so’ng
print funksiyasi yordamida o’qib
olinayotgan satrlarni
ekranga chop qilamiz. Oxirida
close metodi yordamida faylni yopamiz. Haqiqatda
dastur matnni faylga
yozganligini tekshirish uchun poem.txt faylini
tekshirib
ko’ring.
Pickle
Pythonning
pickle moduli yordamida har qanday obyektni faylga saqlash va
keyinchalik fayldan o’qib olish mumkin. Bunday imkoniyat ob’yektlarni uzoq
muddat saqlashda qo’l keladi.