Buyuk geografik kashfiyotlar asri


Download 59 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi59 Kb.
#1775756
  1   2   3
Bog'liq
Buyuk geografik kashfiyotlar asri


Buyuk geografik kashfiyotlar asri
(XVI – XVII asr o`rtasi)
Reja:



  1. Buyuk geografik kashfiyotlar asri.

  2. Ekspeditsiyalar davri.



Buyuk geografik kashfiyotlar asri. XV asrda italiyalik gumanistlar tomonidan qator antik geograflarning asarlari tarjima qilindi va bu asarlarning (ayniqsa Ptolomey asarlarining) ta’siri ostida Buyuk geografik kashfiyotlar oldidan shu epoxaning tasavvurlari shakllandi.Geografik fikr sekin-asta cherkov dogmalaridan ozod bo`la boshladi. Yerning sharsimonlik g`oyasi va u bilan Ptolomeyning Yevropaning g`arbiy sohillari va Osiyoning sharqiy chekkalarining yaqinligi to`g`risidagi g`oyalari qayta tug`ildi. Bu g`oya Hindiston va Xitoyga dengiz yo`li bilan yetib borish maqsad-intilishni amalga oshirishga javob bera olar edi. Ammo maqsadni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar faqat XV asrning oxiriga kelib to`liq yetishdi.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri deb nomlanadigan XV – XVI asrlarda chinakamiga yirik geografik kashfiyotlar qilindi. Yer yzasining dengiz va quriqlik bo`yicha joylanishi, ularning qiyofasi, Dunyo okeanining bir butunligi isbotlandi. Bu kashfiyotlar va fandagi yuksalish, uygonish – renessans – jarayoni bilan bog`liqdir.Bu davrda kartalardan, XVI asrning oxiridan boshlab atlaslardan foydalanish ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi. Ayrim mamlakatlarning asosan iqtisodiyoti va siyosatiga e’tibor qaratilgan batafsil tasvirlashlar yuzaga kela boshladi. Ular orasida L.Gvichchardinining “Niderlandiyaning tasviri” (1557) asari o`z davrining namunasi edi.
Xristafor Kolumbning (1451 – 1505) Amerikani qayta kashf etishi eng katta tarixiy voqeadir. 1492-yil 12-oktyabrda birinchi marta geografiya faniga noma`lum bo`lib kelgan qit`a kashf etildi. Bu - hozirgi Amerika qit`asining Bagam orollari edi. Uni Kolumb o`zining birinchi sayohatida kashf qidi. Bu sana Amerikaning kashf etilgan sanasi sifatida tarixda koldi. Birinchi sayohatida Kuba, Gaiti orollarini kashf etdiki, aslida Kolumb ertaklardagidek juda boy mamlakat Hindistonga bordim deb uylagan. U Hindistonga – Osiyoga garbga tomon yurib sharkdan yetib keldim deb hisoblagan. Kolumb 1493 – 96-yillarda ikkinchi, 1498-yilda uchinchi va 1502 – 1504 yillarda turtinchi bor sayohat kildi. Hayotining ohirigacha Kolumb uzi ochgan yerlarni Hindiston deb hato hisoblanadi. Shu turt marta sayohatning ikkinchisida 1499 yilda Aleksandre Oheda boshchiligidagi kema tarkibida hizmat kilgan Amerigo Vestuchchining nomi bilan yangi ochilgan materik Amerika deb ataldi. Bu nomlanish ham tasodifiy holda yuz berdi deyish mumkin. Amerigo Vespuchchining yozib koldirgan maktublari Germaniyaning Sen Per shahrida matbuotda bosib chikariladi. Nemis kartografi Martin Valdzemyuller boshchiligidagi ilmiy tugarak a`zolari chiqargan e`lon kilingan maktubda yangi ochilgan qit`aning tabiati haqqoniy ta`riflangan va bu materikka Vespuchchining uzi boshchiligida sayohat uyushtirilganligi ko`rsatilgan. Aslida Vespuchchi biron bir ekspedittsiyaga bosh bo`lganini tarixiy dalillar isbotlaydi, bunday sayohat bo`lmagan. Valdzemyuller tuzgan kartada yangi ochilgan qit`aga Amerika deb nom berilgan ediki, kartalarda bu nomni Valdzemyullar izohlab shunday yozadi. Shu vaqtgacha ma`lum bo`lgan qit`alar ayollar nomi bilan atalgan, yangi qit`aga erkak kishining nomini qo`yishni taklif etaman. Avval Amerika nomi faqat janubiy materikka, keyinchalik 1538-yilda Merkator proyeksiyasi bilan tuzilgan kartada har ikkala materik Amerika deb atalgan. Bu materiklarning tub joy aholisi Kolumb Hindistonni ochdim deb hisoblagani uchun “hindlar” deb yuritila boshlandi.
1498-yilda Portugaliyalik sayohatchi Vasko da Gama (1469 – 1524) Hindistonga Afrikani aylanib boradigan yo`lni ochdi. 1513-yilda ispan konkistadori – boylik orqasidan quvgan ishbilarmon – Vasko Nukes de Balbao Panama bo`ynini kechib o`tib, Tinch okean sohillariga chiqdi. 1519 – 22-yillarda portugaliyalik Fernan Magellan (1480 – 1520) boshchiligida dunyo bo`ylab aylanma sayohat natijasida Yerning sharsimonligi va Dunayo okeanining bir butunligi isbot etildi. Kolumb, Magellan va boshqalarning sayohatlari natijasida Yerning shakli, quruqlik va suvli tarqalishining umumiy juz’iyatlari amalda isbot xilindi. Materiklarning ichki xismlari haxida hali ma`lumotlar kam edi. 1552-yilda topshirig`i bilan «Rossiya davlatini yerlararo boriladigan tushurish» ga kirisxildi. Sibirga boriladigan Qozoq va Astraxan xonliklari bosib olindi. 1582-yilda German Timofeyevich Sibir xoni Kuchimxonni yengib, Sibirni bosib oldi.
1605-yilda hollandiya sayyohi Villem Yanszon Avstraliyaning Keyp – York yarim oroliga birinchi bor qadam qo`ydi. «Dreyfkek» kemasida sayohat qilgan Yanszon o`z ochgan yerlarni Yangi Gveniya orolining bir qismi, deb hisoblasa ham bu sana Avstraliya materigining kashf etilish sanasi sifatida tarixda qoldi.
XV-XVII asrlar madaniyat va fanning umumiy yuksalishi sharoitida geografiya ham taraqqiy etadi.Geografiya muhim fanga aylangan holda deyarli butun quruqlikning tabiati va aholisi to`g`risidagi ma`lumotlar bilan boyoydi, umumiy va juz’iy geografiyaga ajrala boshlaydi. Merkatorning kartasida materiklarning deyarli haqiqiy qiyofasi aks etadi, Leonardo da Vinchining kartasida esa gipotetik Janubiy materik ko`rsatiladi. Rossiyada esa 1627 – yilda Rus davlatining “Katta chizmasi” yaratildi.
Buyuk geografik kashfiyotlardan so`ng geografiya bilimning muhim sohalaridan biriga aylandi. U turli mamlakatlar, savdo yo`llari, bozorlar, tabiiy boyliklar to`g`risida batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlar edi va asosan ma’lumotnomalar bazifasini bajardi. Yevropa mamlakatlarida Ptolomeyning “Geografiya”si (o`zgartirishlar bilan) va turli “kosmografiyalar’ ko`p bora nashr qilindi. Ammo, bu nashrlarning ilmiyligi yuqori emas edi: yangi ma’lumotlar ko`pincha eskilari bilan almashib ketar, harxil g`alati voqealarga va uydirmalarga katta e’tibor berilar edi. Geografik kashfiyotlar davomida Dunyo okeanining birligi aniqlandi, issiq mintaqada aholi yashjamasligi to`g`risidagi tasavvurga barham berildi, doimiy shamollar mintaqasi, dengiz oqimlari aniqlandi, ammo materiklarning tabiati kam o`rganilganicha qoldi. XVI-XVII asrlarda mexanika va astronomiya katta yutuqlarga erishdi. Ammo fizika geografik hodisalarni tushuntirib berish uchun yetarli imkoniyatlarga ega emas edi. Geografiyada umumiy Yer bilimi yo`nalishi amaliy sajiyaga ega bo`lgan holda asosan navigatsiya manfaatlariga (Yer sayora sifatida, geografik koordinatlar, dengiz oqimlari, qalqishlar,shamollar) xizmat qildi. Ammo, umumiy Yer bilimi bo`yicha original umumlashtirmalar deyarli bo`lmadi, mashur “kosmografiyalar”da va geografiya bo`yicha darsliklarda tabiatga juda kam o`rin ajratildi.
XV asrda kitob bosishning yuzaga kelishi geografik sayyohatlar va kashfiyotlar to`g`risidagi ma’lumotlarning saqlanib qolishiga sabab bo`ldi. Bu borada italiyalik geograf va nashrchi Jovanni Ramuzio, ingliz geografi va nashrchi Richard Haklyuytning xizmatlari ayniqsa katta bo`ldi.R.Haklyuyt 1574-yildan boshlab Oksford universitetida o`qituvchilik qilgan va universitetda “Yangi geografiya” deb atalgan kurs bo`yicha ma’ruza mashg`ulotlarini olib borgan (P.Jeyms,J.Martin, 1988).
XVII asr umumlashtirish, izohlash va axborotning samaraliroq metodlari tarkib topishiga olib kelgan ilmiy inqilob davri bo`ldi. Kam uchraydigan ob`ektlarni imkoni boricha aniqroq tasvirlashga yo`naltirilgan sa`y – harakatlar bu ob`yetlarda ularning barcha majmuasi uchun xos bo`lgan juz’iyatlarni ko`rish imkonini beradigan umumiy nazariyani ishlab chiqishga intilish bilan almashdi.
XVII asrda geografiyaning vazifalarini qayta anglab olishga dastlab ongli va jiddiy ravishda, Buyuk geografik kashfiyotlarning ilmiy yakunlarini nazariy jihatdan umumlashtirishga hollandiyalik geograf Bernhard Varenius (Vareniy,1622 – 1650) harakat qildi. B. Vareniusning geografiya to`g`risidagi u yashagan va ijod qilgan davrdan ancha ilgarilab ketgan edi. B. Vareniusning fikricha, geografiya o`zining e`tiborini Yer yuzasiga qaratadi va bu yuzaning iqlim, relyef, suvlar, o`rmonlar va cho`llar, minerallar, hayvonlar, inson va boshqa juz’iyatlatini o`zaro bog`liqliqda va aloqada o`rganadi.
U o`zining “Umumiy geografiya (Geographia generalis…,1650)” kitobida geografiyani tasvirlovchi fan sifatidagi tasavvurlardan voz kechib, Yer to`grisida top`langan barcha bilimlarni bir tizimga solishga harakat qildi. Y.G.Saushkinning (1973) fikricha B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi” geografiya bo`yicha birinchi nazariy asardir. B. Varenius o`zining kitobida Yer yuzasi va yuza tabiatini boshqaradigan qonunlar to`grisida yozadi.Yerning Olamdagi o`rnini belgilashda B. Varenius geliosentrik ta’limotga tayanadi va geografiyani amaliy matematikaning bir qismi sifatida qaraydi. K.K. Markov (1978) ta`biricha, B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi” Uyg`onish davrining g`oyalari va faktlari asosida yozilgan umumiy tabiiy geografiyadan boshqa narsa emas”.
B. Varenius Yer yuzasida uchta geografik mintaqa (zona)ni – issiq (torrida), sovuq (frigida) va mu`tadil (temperata) mintaqalarini ajratadi.
B. Vareniusning “Umumiy geografiyasi”da yagona geografiyada bo`linish (differensistsiya) tendensiyalari yaqqol ko`rinadi. O`z davrida B. Varenius predmeti yer – suv shari bo`lgan geografiyani umumiy holda umumiy geografiyaga va juz’iy (maxsus) georafiyaga ajratgan edi. Uning fikricha, umumiy geografia Yerni o`rganadi, uning juz’iyatlarini tushuntirib beradi; juziy (maxsus) geografiya esa Yer sharining har bir oblastining (turli mamlakatlarning) o`rni va holatini ko`rsatadi.Juz’iy geografiyada B. Varenius xossalari nazarda tutiladigan quyidagi uch bo`limni ham ajratadi: 1) “yerga mansublik” xossalari (mamlakatning o`rni, chegaralari, qiyyofasi, maydoni, relyefi, ma’danlarini qazib olish, suvlari,tuproqlari, o`simliklari, hayvonot dunyosi); 2) “osmonga mansublik” xossalari (joining kengligi, Quyosh balandligi, yil mavsumlarining uzun-qisqaligi, iqlim zonalligi, meteorologik hodisalarning yo`nalishi, astronomic kuzatishlar); 3) “insoniylik” xossalari.
B.Vareniusning o`z davridan ancha ilgari surilgan ilmiy go`yalari ilmiy geografiyaning tarkib topishi uchun sezilarli ta`sir ko`rsata olmadi, chunki XVII asrning o`rtasida geografiyaning imkoniyatlari cheklangan edi. Bu davrda Yer yuzasi to`g`risida ma`lumotlarning to`liqmasligi sababli geografiya tahlil va sintezga o`ta olmas edi.Vaholanki, shu asrning o`rtasidan boshlab Yer yuzasida dengizning quruqlikka nisbatan ustunligi aniq bo`la boshladi, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshida Yer yuzasining o`lchamlari hamda Yerning shakli to`g`risida aniqroq tasavvurlar shakllandi. XVII asr geografiyasi osmon jismlarini o`rganadigan astronomiydan farq qilgan holda Yerni va mamlakatlarni o`rganish bilan mashg`ul bo`ldi. G.Lyebnits ta’biri bilan aytganda “astronomiya mendan yuqoridagi, ya’ni osmondagi jismlar olamini, geografiya esa men bilan yonma-yon turgan jismlar olamini, ya’ni mamlakatlarni o`rganadi”.
XYII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning birinchi yarmi asosan Yerning kartalarini tuzishdagi yutuqlar bilan ajralib turadi. Shuningdek, turli mamlakatlarning tabiiy sharoitlarini o`rganishga bo`lgan qiziqish ham sezilarli darajada oshdi va Yer taviati va uning jarayonlarini tushuntirib berishga bo`lgan say`i-harakatlar ham kuchaydi. [Germaniyada G.Leybnits, Fransiyada J.Byuffon, Rossiyada M.V.Lomonosov] Tabiat monografik regional tadqiqotlarning ob’yekti bo`lib qoldi (masalan, S.P.Krashennikovning “Kamchatka yerining tasviri” (1756) monografiyasi).
Geografiyada differehsiatsiya XVII – XVIII asrlarda ayniqsa keskin namoyon bo`ldi. Bu davrda tabiiyotshunoslikning umumiy yuksalishi fonida geologiya mustaqil fan sifatida sakllandi, meteorologiya, iqlimshunoslik, fitogeografiya, okeanografiya va boshqa fanlar shakllana boshladi. XYII – XYIII asrlarda Yer yuzasinig imkoni boricha to`liq va aniq kartasini yaratish asosiy ilmiy vazifa bo`lganligi sababli kartografiya geografik bilimlar doirasida eng oldingi o`rinni egalladi. Shu tufayli bu davrning bir qator olimlari geografiyani kartografiya sifatida qaraydilar.
O`z nazariyasiga ega bo`lgan hozirgi fanlar XYIII asrda “ildiz ota boshlagan” edi. Chunki bu asrda tadqiqot metodlari ishlab chiqildi va gipotezalar tekshirilib ko`rildi.Ayni paytda XVIII asrda geografiyaga tarixning ta`siri ham katta bo`ldi. Kapitalistik ishlab chiqarish ehtiyojlariga bog`liq holda fanlar tezroq rivojlana boshladi, tabiatshunoslik tuzilmasida muhim o`zgarishlar sodir bo`ldi, tabiiy geografiya qayta shakllandi va rivojlana boshladi.
Matematika, mexanika va astronomiya bilan bir qatorda dastlab fizika, biroz keyinroq biologiya avj rivojlana boshladi Tabiatshunoslikning barcha sohalaridan fizika ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Uning nazariy konsepsiyalari va tadqiqot metodlariYer to`g`risidagi fanlar – geologiya, meteorologiya, tabiiy geografiyaning vujudga kelishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Yaqin atrof olamiga yangicha qarashning vujudga kelishida, tabiiy geografiya va Yer to`g`risidagi unga yaqin fanlarning rivojlanishida I. Kantning “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi” (1755) va M.V.Lomonosovning “Yer qatlamlari to`g`risida” (1763) mashhur asarlari muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu mashhur asarlarda tabiatning rivojlanishi o`z tasdig`ini topdi, ya’ni Yer va unimng hozirgi jismlari va hodisalari makonda qaraldi.
Faylasuf va geograf Immanuil Kantning (1724 – 1804) falsafiy, umumilmiy va geografik qarashlari juda qiziqarli edi. I. Kantning tabiiy geografiya bo`yicha1801—02-yillarda nashr qilingan ma’ruzalari geografik qonuniyatlarni bilishga juda kam yangilik qo`shgan bo`lsada, geografiyaga xorologik (makondagi) fan sifatida qarashning g`oyaviy asosini tashkil etadi.I.Kant M.V.Lomonosov kabi rasmiy geograf edi. U 42 yil davomida Kenigsberg universitetining geografiya professori bo`lgan.
I.Kantning “Geografiya”asarida uning dunyo qarasining salbiy tomonlari geografik g`oyalarida ham o`z aksini topdi. Bu asarda tabiatning yarim komponentlari insonni ham o`z ichiga olgan holda mashhur sayyohlardan olingan ma’lumotlar asosida tasvirlangan. Uning fikricha makonda hodisalarning almashinishini geografiya, zamondagi ketma-ketligini (tadrijiyligini) esa tarix o`rganadi.
V.N.Tatishchev va M.V. Lomonosovning nomlari bilan Rossiyada original ilmiy geografiya boshlandi.Har ikkala olim Rossiyaga “geografiya” termini iste’molga kirgan paytda o`zlarining faoliyatini boshlashdi.

Download 59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling