Dasturlash tillari va ularning afzalliklari


Download 84.53 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi84.53 Kb.
#1524407
Bog'liq
Dasturlash tillari va ularning afzalliklari. (4)

Dasturlash tillari va ularning afzalliklari.

TALABA: ELMURODOV SHAMSHOD

Kirish.

Inson kabi kompyuter ham óziga xos tilda muloqot qiladi. Bu til faqat kompyuter tushunadigan til bólib, u cheklangan lug'at va qat'iy yozish qoidalaridan iboratdir. Kompyuter tushunadigan va muloqot olib boradigan "til" DASTURLASH TILI deb ataladi. Istalgan dasturlash tilini bilgan shaxs óz dasturini bemalol tuza oladi. Protsessor dasturlash tilida yozilgan dasturni tóg'ridan - tóg'ri tushunmaydi. Buning uchun dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ótkazib beruvchi) tarjimon tili - translyatordan foydalaniladi.

Tarjimon tilining ikkita turi mavjud: kompilyator va interpretator .

  •  KOMPILYATOR dasturlash tilida yozilgan dastur kodini tólaligicha óqib , mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini bajariladigan yaxlit bitta faylga yig'adi.
  • INTERPRETATOR dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma -bosqich mashina kodiga aylantirib , tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma- ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bólsa, ósha zahoti xabar beradi.

Dasturlash tillari juda kóp bólib, ularning har biridan óziga xos masalalarni yechishda foydalanish mumkin. Quyida ularning eng mashhurlari haqida ma'lumotlar bilan tanishamiz.

  • C kompyuter operatsion tizimlarini yozish uchun móljallangan til.
  • JAVASCRIPT interfaol web-saytlarni yozish uchun móljallangan til.
  • JAVA kompyuter, mobil telefon va planshetlar uchun móljallangan dastur yozuvchi til.
  • PHP dinamik web-saytlar yaratish uchun móljallangan til.
  • PYTHON turli masalalarni yechish , sun'iy intellekt tizimlari uchun móljallangan dasturlash tili.

Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni bir necha bosqichni óz ichiga oladi.

  • Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qóllanilishi, kirish va chiqish ma'lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish , uni joriy etishning narxi baholanadi.
  • Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi 
  • Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bólib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi.

Kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni bir necha bosqichni óz ichiga oladi.

  • To'rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning tóg'ri tuzilganligi , ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
  • Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bólsa, u holds bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va ma'lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar óqitiladi.
  • Oltinchi sónggi bosqichda qóllab- quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek , foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga

PYTHON dasturlash tili afzalliklari:

PYTHON dasturlash tili afzalliklari:

  • Moslashuvchanlik - tilning asosiy ustunligi, chunki uning egiluvchanligi tufayli til ko'plab ishlab chiquvchilar orasida mashhurlikka erishgan.
  • Sintaksisning soddaligi. Sintaksis keraksiz hamma narsa sintaksisdan olib tashlanadi, kod toza va keraksiz qavs va iboralarsiz tushunarli bo'ladi.
  • Open Source - Python tarjimon kodi ochiq manba bo'lib, tilni rivojlantirishga qiziqqan har bir kishiga uning rivojlanishida ishtirok etish va uni takomillashtirish imkonini beradi.

Kamchiliklari. Ko'pgina ishlab chiquvchilar va tilni yaratuvchining o'zi ham Python biz xohlagan darajada aqlli emasligiga rozi. Buning sababi, Python - bu talqin qilingan til. Ammo boshqa talqin qilingan tillar bilan taqqoslaganda ham, Python ishlashda yutqazishi seziladi. Dinamik terish tufayli Python imkon qadar ko'proq resurslarni sarflaydi.

E’tiboringiz uchun rahmat!

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 84.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling