Dasturlash tillari va ularning sinflari


Download 17.99 Kb.
bet1/3
Sana11.05.2023
Hajmi17.99 Kb.
#1450687
  1   2   3
Bog'liq
PAYTHON VA MALUMOTLAR STRUKTURASI


Dasturlash tillari va ularning sinflari Dasturlash tillari o‘tgan asrning 60-chi, 70-chi yillarda paydo bo‘lgan va ular asosan sonli hisoblashlarga mo‘ljallangan. Bu tillarda yaratilgan dasturlar ma’lumotlar saqlanadigan registr ustida bajariladigan chiziqli ketma-ket bajariladigan elementar operatsiyalardan iborat bo‘lgan. Bunday dasturlash tillari “kodli dasturalash tili” deb atalgan.
Zamonaviy dasturlash tillari xilma-xil va ularning funksional vazifalari bo‘yicha quyidagicha sinflash mumkin:  Deklarativ algoritmik tillar (Haskell va boshqalar);  Funksional dasturlash tillari (LISP va boshqalar);  Mantiqiy dasturlash tillari (Prolog, Mercury va boshqalar);  Strukturali dasturlash tillari (Basic, Pascal, Fortran, Pl/1 va boshqalar);  Ob’ektlarga mo‘ljallangan tillar (Object Pascal, C++, Java);  Komponentalarga mo‘ljallangan tillar (C#, Eiffel, Oberon va boshqalar);  Ssenariylarga mo‘ljallangan tillar (HTML, PHP, JavaScript, VBScript, PowerScript, LotusScript va boshqalar);  Parallel hisoblashlarni qo‘llovchi algoritmik tillar (Ada, Modula-2, Oz va boshqalar).
Python tilning boshka algoritmik tillardan ajralib turadigan jixatlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:  Ma’lumotlarni dinamik tiplashtirish;  Xotirani avtomatik boshqaruv;  Moduli dasturlash (funksiya va sinflar modullarga birlashtiriladi);  Ko‘p oqimli hisoblashlarni qo‘llashlik;  «Bulut» texnologiyasini kullab-kuvvatlash;  Inkorlarni qayta ishlash mexanizmining mavjudligi va boshqalar.  Tilning interpritatsiyalashuchanligi. Dasturlash vaqtida har xil interpritatorlardan, masalan, grafikli interfeyslar, kalkulyator va boshqalar, foydalanishi mumkin.  Ob’ektlarga mo‘ljallangan yondashuv. Bu yondashuv Python da boshqa tillardagi yondashuvdan quyidagilar bilan farqlanadi:  Sinflar dastur ichki ob’ektlari bo‘lishi mumkin;  Ko‘pvorislik quvvatlanadi;  Sinflarning virtual polimorfizmi;  Konstruktorlar, destruktorlarning bazaviy tuzilmasida mavjudligi;  Metadasturlash
Python ning ishlash pritsipi Mashina komandasiga dastur boshlangich kodini ugiradigan 2 xil translyatorlar mavjud: interpretatorlar va kompilyatorlar. Interpretator yukori boskichli dastur (dastur boshlangich kodi)ni ukiydi va tugridan-tugri operatsion tizim bilan boglanib uni bajarishga kirishadi. Dasturni mashina kodiga aylantirish satrma-satr amalga oshiriladi. Kompilyatorlar dastur boshlangich kodini tulik xolda muayan platforma (MS DOS, Windows DOS, Unix, Linux)dagi mashina kodi (ob’ektli kod, .exe fayl)ga aylantiradi, uni operatsion tizim mustakil ravishda bajarishga kirishadi. Ya’ni, komponovkalashtirilgan dasturni kompilyatori mavjud bulmagan kompyuterlarda xam ishga tushirish imkoniyati yaratilgan buladi.

Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling