Dasturlash tillarida ma’lumotlar turlari


Download 151.77 Kb.
bet7/20
Sana14.05.2023
Hajmi151.77 Kb.
#1461347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Bog'liq
1-laboratoriya mashg\'uloti materiali

1.3.7. Klasslar
Klass – bu dasturchi tomonidan ixtiyoriy kiritilgan mavjud tiplar asosida yaratilgan strukturalangan toifa hisoblanadi. Klasslar lokal va global o’zgaruvchilar va ular ustida amal bajaradigan funksiyalar to’plamidan iborat bo’lishi mumkin. Klasslar quyidagicha tasvirlanadi:
class klass_nomi{
;

};
Klasslarga oid misol:
#include
using namespace std;
class daraxt
{
public:
unsigned int uzunligi ;
unsigned int yoshi;
int o_sish(int i){
i++;
return i;
};
};
int main()
{
int k=2;
daraxt olma_daraxt;
olma_daraxt.uzunligi=5;
olma_daraxt.yoshi=7;
cout<
system(‘pause’);
}


FUNKSIYALAR VA MASSIVLAR
Funksiya va uning tuzilishi.
C++ da dasturlashning asosiy bloklaridan biri funksiyalardir. Funksiyalar dasturchi ishini juda yengillashtiradi. Funksiyalar yordamida programma modullashadi, qismlarga bo'linadi. Bu esa keyinchalik dasturni rivojlantirishni osonlashtiradi. Bunda dasturchi yozgan funksiyalar C++ ning standart kutubhonasi va boshqa kutubhonalar ichidagi funksiyalar bilan birlashtiriladi. Bu esa ishni osonlashtiradi. Ko'p holda dasturda takroran bajariladigan amalni funksiya sifatida yozish va kerakli joyda ushbu funksiyani chaqirish mumkin. Dastur yozilish davrida hatolarni topishni yengillashtiradi. Bir misolda funksiyaning asosiy qismlarini ko'rib chiqaylik.
int foo(int k, int t) {
int result;
result = k * t;
return (result);
}
Yuqoridagi foo funksiyamizning ismi, () qavslar ichidagi parametrlar – int tipidagi k va t lar kirish argumentlaridir, ular faqat ushbu funksiya ichida ko'rinadi va qo'llaniladi. Bunday o'zgaruvchilar lokal (local - mahalliy) deyiladi. result foo() ning ichida e’lon qilinganligi uchun u ham lokaldir. Demak biz funksiya ichida o'zgaruvchilarni va sinflarni (class) e’lon qilishimiz mumkin ekan. Lekin funksiya ichida boshqa funksiyani e’lon qilib bo'lmaydi. foo() funksiyamiz qiymat ham qaytaradi. Qaytish qiymatining tipi foo() ning e’lonida eng boshida kelgan - int tipiga ega. Biz funksiyadan qaytarmoqchi bo'lgan qiymatning tipi ham funksiya e’lon qilgan qaytish qiymati tipiga mos kelishi kerak - ayni o'sha tipda bo'lishi yoki o'sha tipga keltirilishi mumkin bo'lgan tipga ega bo'lishi shart. Funksiyadan qiymatni return ifodasi bilan qaytaramiz. Agar funksiya hech narsa qaytarmasa e’londa void tipini yozamiz. Yani:

Download 151.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling